Mavzu: Optik rezonatorlar. Mundarija: I. Kirish. I. Bob. Lazerlar haqida umumiy ma’lumot


Rezonatorning aslligi va yo’qotish koeffisiyenti



Yüklə 302,5 Kb.
səhifə4/7
tarix13.01.2023
ölçüsü302,5 Kb.
#98528
1   2   3   4   5   6   7
Optik rezonatorlar

2.2.Rezonatorning aslligi va yo’qotish koeffisiyenti.
Endi rezonatorning eng muhim parametrlari hisoblangan uning asilligi va yo’qotish koeffisentlari ustida to’xtalamiz.
Optik rezonatorlarning ko’zgulari o’zaro qat’iy parallel o’rnatilsa va ko’zgularning qaytarish koeffisiyenti katta bo’lsa rezonatorning aslligi katta bo’ladi. Ko’zgullar oralig’ida uyg’ongan yorug’lik to’lqini chap va o’ng tomonga yugurib, o’zoq vaqt davomida yashaydi. Rezonator ko’zgulari oralig’idagi turg’un to’lqin uzoq, vaqt davomida mavjud bo’ladi. Agar ko’zgu­larning qaytarish koeffisiyenti kichik bo’lsa, yorug’lik to’lqinining bir qismi qaytishda rezonatordan tashqariga chiqib yo’qoladi va generasiyada ishtirok etmaydi. Ko’zgularning o’za­ro paralleligi bo’zilsa, rezonatordagi yorug’lik to’lqinining ko’zgulardan takroran qaytishi tufayli yorug’lik rezonatordan chiqib yo’qoladi. Bu ikki xil hodisa rezonatorning aslligini kamaytiradi. Aktiv moddaning o’ziga tushgan yorug’likni sochishi, yutishi va rezonator ko’zgularining yorug’likni yutishi kabi jarayonlar rezonator aslligini kamaytirishi mumkin, lekin bu jarayonlar kam ulushni tashkil etadi.
Har qanday rezonatorni tebranish sistemasi deb qarash mumkin va tebranish sistemasida elektromagnit to’lqinlar energiyasi to’planadi. Rezonatorning to’plangan energiyani saqlash qobiliyati asllik degan Q kattalik orqali harakterlanadi. Rezonatordagi elektromagnit to’lqinning ko’p martalab tebranishi va tebranishning uzoq vaqt saqlanish qobiliyatlari asllik tushunchasini hosil qiladi. Rezonatorning aslligi universal kattalik bo’lib, u quyidagicha ta’riflanadi. Rezonatorda to’plangan energiyaning rezonatorning bir to’la tebranishida yo’qolgan energiyaga nisbati va u nisbatning 2π ga ko’paytmasi rezonator aslligi deyiladi.
Lekin ko’pincha optik rezonatorning aslligi deganda, re­zonans nurlanish chastotasining spektral kenglikka nisbati tushuniladi:
(2.1)
Misol uchun yoqut lazeri rezonatorining aslligini hisoblash mumkin λ=694,3nm, v0=4,3∙l014Gs, δvaks=3∙1010Gs, Q=1,4∙106. Agar dYe vaqt davomida rezonatordan tashqariga chiqib ketib yo’qoladigai yorug’lik energiyasini , rezonator ichida (ko’zgular orasida) to’plangan energiyani Ye, rezonator ko’zgularining umumiy qaytarish koeffisiyentini R va ko’zgu­lar orasidagi masofa L ni nazarda tutsak, rezonatordan chiqib ketayotgan energiya quyidagicha ifodalanadi:
, (2.2)
yoki
, (2.3)
(2.3) formulani integrallab rezonatordagi energiyaning kamayishi topiladi:
. (2.4)
Rezonator aslligining ta’rifga ko’ra Q ni topamiz:
, (2.5)
ω0=2πv0 – nurlanishning rezonans chastotasi, dE/dt–rezonator­dan chiqib yo’qolayotgan yorug’likning quvvati. Rezonator asl­ligining analitik ko’rinishi:
. (2.6)
Demak, rezonator aslligi ko’zgularning qaytarish koeffi­siyentiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Agar R1R2=R=1 bo’lsa, rezonator aslligi cheksizlikga intiladi. Rezonator asl­ligi yo’qotish koeffisiyentiga bog’liq ravishda o’zgaradi.
Umumiy holda yo’qotish koeffisiyenti rezonator ko’zgula­ri orasida hosil bo’lgan yorug’lik fotonining genera­siyada ishtirok etmasdan yo’qolishini xarakterlaydigan kattalikdir. Aktiv moddada majburiy nurlanish tufayln hosil bo’lgan fotonlarning bir qismi quyidagi sabablarga ko’ra generasiyada ishtirok etmasdan yo’qolishi mumkin:
a) rezonatorda paydo bo’lgan yorug’lik ko’zgularining chetlaridan difraksiyaga uchrab, rezonatordan chiqib ketishi va yo’qolishi;
b) rezonator ko’zgulari majburiy nurlanishning bir qismini yutishi mumkin;
v) rezonator ko’zgulari majburiy nurlanishning bir qismini o’tkazib yuborib yo’qotishi mumkin;
g) aktiv modda generasiya chastotasiga mos kelgan majbu­riy nurlanishni yutishi va sochib yo’qotishi mumkin.
Umumiy holda o’sha yo’qotish koeffisiyentini γ(v) orqali belgilaymiz va u yorug’lik chastotasiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Vaqt birligida rezonatordagi fotonlarning nisbiy kamayishini ifodalaydigan kattalikka yo’qotish koeffisiyenti deyiladi va u quyidagi formula bilan ifodalanadi:
, (2.7)
tF – fotonning rezonatorda yashash vaqti
, (2.8)

Yüklə 302,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə