Mavzu: Oʻqitish jarayoni yaxlit tizim sifatida reja


Pedagogik jarayon qonuniyatlari –



Yüklə 25,91 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü25,91 Kb.
#147199
1   2   3   4
OʻQITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA

2. Pedagogik jarayon qonuniyatlari – bu ob’ektiv mavjud bo’lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorlik, mazkur jarayonning alohida tomoni.
Qonuniyatlar nima va pedagogik jarayonda qanday bog’langan, nima bilan u bog’liqlikda ekanligini ko’rsatadi.
Pedagogik taraqqiyot sifatidagi bu qadar murakkab, katta va dinamik tizimda ko’plab turli tavsifiy aloqalar namoyon bo’ladi.
Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning yagona tas-nifi mavjud emas. SHu sababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko’rib o’tamiz.
I. P. Podlasыy tasnifi bo’yicha:
Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy sharoitlardagi tarbiya xarakteri jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, milliy-madaniy o’ziga xosliklari bilan aniqlanadi.
Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning o’zaro bog’liqligini, ularning ko’ptomonlama o’zaro ta’sirini, birligini belgilab beruvchi aloqadorlik.
Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash – faoliyatning turli turlariga tarbiyalanuvchilarni jalb etish demakdir.
Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning ob’ek-ti(shaxs) bir paytning o’zida sub’ekti sifatida aks etsa, tarbiya muva-faqqiyatli amalga oshadi, ya’ni shaxs o’zining faol xulq-atvorini, shaxsiy erkinligini, mustaqilligini, faoliyatdagi ehtiyojini namoyon etadi.
Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim odamlar – o’qituvchilar va ta’lim oluvchilarning o’zaro harakatida kechadi.
Bola tarbiyasi muvafaqqiyati to’g’ridan-to’g’ri shaxslararo aloqalar-ning intensivligi va boyligiga bog’liq bo’ladi.
Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati – ta’lim oluvchining keyingi barcha muvafaqqiyatlarining qimmati uning dastlabki bosqichlar-dagi muvafaqqiyatiga bog’liq bo’ladi.
Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi qonuniyati – shaxs rivoji darajasi va sur’ati:
 irsiyat;
 tarbiya va o’quv muhiti;
 pedagogik ta’sir etish usul va vositalarining qo’llanishiga bog’liq bo’ladi.
O’quv-tarbiya jarayonini boshqarish qonuniyati – pedagogik ta’sirning samaradorligi:
 ta’lim oluvchilar va pedagoglar orasidagi qayta aloqalarning intensivligi;
 ta’lim oluvchilarga ko’rsatiladigan korrektsiyali ta’sirlarning asoslanganligi hamda xarakteri, qimmatiga bog’liq bo’ladi.
Pedagogik jarayonda hissiyot, mantiqiylik va amaliyotning birligi qonuniyati – o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligi:
 hissiy idrokning sifati va intensivligi;
 idrok etilganning mantiqiy anglanishi;
 anglanganning amaliy qo’llanilishiga bog’liq bo’ladi.
Tashqi(pedagogik) va ichki(bilish) faoliyatning birligi qonuniyati – pedagogik jarayonning samaradorligi:
pedagogik faoliyatning sifati;
 tarbiyalanuvchilarning shaxsiy o’quv-tarbiyaviy faoliyatining sifatini shart qilib qo’yadi.
M. Kodjaspirov bo’yicha:
Ijtimoiy shart-sharoitlar bilan shartlanganlik qonuniyati: ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlarga bog’liqligi.
Inson tabiati bilan bog’langanlik qonuniyati:
 shaxsni shakllantirishda muloqot va faoliyatning hal qiluvchilik roli;
 ta’lim va tarbiyaning ta’lim oluvchilarning yosh va individual o’ziga xosliklariga bog’liqligi.
Tarbiviy jarayon mohiyatining shartlanganlik qonuniyati:
 tarbiya, o’qitish, ma’lumot va shaxs rivoji jarayonlarining o’zaro bog’liqligi;
 o’quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs va ijtimoiy guruhlarning o’zaro aloqasi.
M.Kodjaspirovning mazkur tasnifi Yu.K.Babanskiyning tasnfiga juda yaqin. Yagona pedagogik jarayonning qonuniyatlari, aynan akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan sodda va tushunarli ochib berilgan:
Ta’lim va tarbiya jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga bog’liq holda amalga oshadi.
Tarbiya, o’qitish, ma’lumot va rivojlanishning o’zaro bog’liqligi qonuniyati.
Tarbiya va o’zini-o’zi tarbiyalashning birligi qonuniyati.
 Ta’lim va tarbiya jarayonida muloqotning hal qiluvchilik roli qonuniyati.
Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.
Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o’zaro aloqadorlik qonuniyati.
Pedagogik jarayon vazifalari, shakllari, metodlarining o’zaro aloqadorlik qonuniyati.
Yagona pedagogik jarayon qonuniyatlari singari tamoyillari masalasida ham turli qarashlar mavjud. Hatto ba’zi pedagoglar ularni qonuniyat sifa-tida e’tirof etishga moyildirlar. Biroq yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, qonuniyatlar ob’ektiv, eng muhim, barqaror, o’zgarishda, shu bilan birga, aniq sharoitlardagi harakatni ifoda etadi. Pedagogik jarayon qonuniyat-laridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni tamoyillar(printsiplar) deb ataymiz.
Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining ham hozirgacha turli tasnif-lari adabiyotlarda o’z aksini topgan. Agar ularni sinchiklab o’rganib chi-qilsa, tasniflarning bir-biriga yaqinligini ko’rish mumkin. SHu sababli biz quyida ko’pchilik tomonidan tushunarli deb topilgan ikkita (Yu.K.Ba-banskiy, B.T.Lixachev) tasnifini berishni ma’qul deb topdik.
Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining Yu.K.Babanskiy bo’yicha tasnifi:
pedagogik jarayonning maqsadga yo’naltirilganligi;
ta’lim va tarbiya mazmunining ilmiyligi;
ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, tushunarlilik;
tizimlilik va ketma-ketlik;
onglilik, faollik, tashabbuskorlik, ta’lim oluvchilarning ijod-korligi;
ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish mehnati bilan aloqasi;
ta’lim va tarbiyaning jamoaviy xarakteri;
ko’rgazmalilik;
ongli talabchanlik bilan birgalikda ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish;
ta’lim va tarbiyaning qo’lay metod, shakl va vositalarini tanlab olish;
sababiylik, onglilik hamda ta’lim, tarbiya va rivojlanishining amaliy natijalari;
tarbiyaga kompleks yondashuv.
B. T. Lixachev tasnifi:
o’quv-tarbiya jarayonining ijtimoiy-qadriyatli maqsadga yo’nalganligi;
ta’lim oluvchilar faoliyatining turli turlarining o’zaro harakatini tashkil etishga kompleks yondashuvni amalga oshirilishi;
butun o’quv-tarbiyaviy ishlarning hayot bilan bog’liqligi;
ta’lim va tarbiya jarayonida har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish, jamoada ta’lim va tarbiya;
ta’lim oluvchilarga talabchanlik va hurmatning birligi;
ta’lim oluvchilar hayotiga rahbarlik qilishda ularning tashabbus-korliklarini hasobga olish;
barcha ta’lim oluvchilar hayotini estetizatsiyalash;
ta’lim va tarbiyaning boshqaruvchilik roli;
ta’lim oluvchilarning bilish, mehnat va boshqa faoliyatlarini rag’-batlantirishni hisobga olish, ularda ishga bevosita qiziqish uyg’otish orqali axloqiy-irodaviy kuchini faollashtirish;
ta’lim oluvchilarda barcha turdagi fikrlashni rivojlanishini hisobga olish, ketma-ketlik va tizimlilik;
ko’rgazmalilik;
tushunarlilik;
sababiylik.
Umuman olganda, yagona pedagogik jarayon va uning tarkibiy qismla-rining umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligiga xizmat qiladi.

Yüklə 25,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə