Mavzu: O’qituvchi odobi va madaniyati



Yüklə 3,22 Mb.
səhifə1/5
tarix17.05.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#110922
  1   2   3   4   5
pedagog madaniyati va odobi.................Sobitova Gulhayo

Mavzu: O’QITUVCHI ODOBI VA MADANIYATI

Bajardi: Sobitova Gulhayo

REJA:

  • O’qituvchi shaxsi haqida.
  • O’qituvchilik tarixiga nazar.
  • O’qituvchi odobi va unga qo’yilgan talablar.
  • O’qituvchi madaniyati. Muloqot taktikasi.
  • Buyuk allomalarning o’qituvchi shaxsi va uning madaniyati to’g’risida fikrlari.

Oʻqituvchi, muallim — turli yoʻnalishdagi oʻrta umumiy taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida oʻquvchilar bilan taʼlim-tarbiya ishlarini amalga oshiradigan mutaxassis.

«Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega», - deyiladi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasida.

«Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega», - deyiladi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasida.


Oʻqituvchilik kasbi juda qadim zamonlardan buyon inson faoliyatining alohida turi sifatida mavjud. Chunki inson faqat taʼlim-tarbiya tufayligini hayotini davom ettira va rivojlantira oladi. Tamaddunning Ossuriya, Bobil, Misr, Turkiston, Hindiston, Xitoy singari qadimiy oʻchoqlarida topilgan tarixiy-madaniy obidalar bu oʻlkalarda oʻqituvchilik kasbi juda qadim zamonlarda shakllanganligini koʻrsatadi. Bu davrlarda eng oqil, tajribali kishilar oʻqituvchilik bilan shugʻullanishgan va ular boshqalarga qaraganda katta imtiyozlarga ega boʻlishgan. Yunonistonda faqat ozod kishilargina oʻqituvchilik qilishga haqli hisoblangan. Boy oilalarda esa, taʼlim-tarbiya ishi bilimli va savodli qullarga topshirilib, ular paydagoglar ("pedagog" soʻzi shundan kelib chiqqan), yaʼni "bola yetaklovchilar" deb atalgan

Rim imperiyasida o’qituvchi imperator nomidan tayinlanadigan davlat amaldori sanalgan. Oʻrta asrlarga kelib, gʻarb mamlakatlarida oʻqituvchilik bilan, asosan, cherkov xizmatchilari shugʻullanishgan. Shaharlarda dunyoviy maktablar tashkil topgach, hunarmandchilik sexlari va savdogarlar gildiyalari tomonidan taklif etilgan yollanma oʻqituvchiLar paydo boʻldi. Texnika taraqqiy etib, oʻqituvchilik eng ommaviy kasblardan biriga aylandi. Chunki maʼlum darajada taʼlim koʻrmagan odam texnika vositalaridan foydalana olmas edi. Buning uchun esa, koʻplab maktab va Oʻqituvchi Kerak boʻlardi. Ayni vaqtda, 18—19-asrlarda boy oilalarda murabbiy, guvernyor singari uy oʻqituvchilaridan foydalanish keng yoyildi.


Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə