Mavzu: O‘quvchilarda miqdor tushunchasini o‘qitish metodikasi ilmiy rahbar



Yüklə 337,82 Kb.
səhifə1/16
tarix25.05.2023
ölçüsü337,82 Kb.
#112842
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
kurs ishi dildora


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA FAKULTETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
60110500-BOSHLANG‘ICH TA’LIM YO‘NALISHI
KUNDUZGI TA’LIM
2-KURS
TILLAYEVA DILDORA
,,MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI’’FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: O‘QUVCHILARDA MIQDOR TUSHUNCHASINI O‘QITISH METODIKASI
ILMIY RAHBAR: o‘qituvchi: RAXIMOV SH.
Kurs ishi Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida bajariladi

Kafedra mudiri: dots. Rabbanaqulov H.
Kurs ishi kafedraning 2023-yil________dagi majlisida himoya qilindi
va______foizga baholanadi

SAMARQAND-2023


Reja:
1.Kirish
II. Asosiy qism
2.1 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash
qobiliyatlarini o‘sdirishda matematika fanidan foydalanishning
samaralari
2.2 Algebraik materiallarni o‘rganish metodikasi
2.3 Boshlang‘ich sinflarda miqdorlarni o‘rgatish metodikasining umumiy masalalari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
1Boshlang‘ich sinflar dasturida arifmetik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli miqdor o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning borliq dunyoning xossalari aks etgan.
Miqdor bu narsa yoki xodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shunday xossasi bilan taqqoslash mumkin va ulardan qaysi biri shu xossaga ega ekanligini bilish katta ahamiyatga ega.
Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, boshlang‘ich maktabning vazifasi shuki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning tushunish usulini tadbiq qilishdir. Natijada bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo‘lishi kerak
Boshlang‘ich maktabda bolalarga uzunlik, yuza, sig‘im, massa, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi.
Har bir miqdorni o‘rganish uslubiyotining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud bo‘lsada, biroq narsa yoki hodisaning hossalarini o‘rganishga umumiy yondashish miqdorlarni o‘rganishning umumiy uslubiyoti haqida chiniqish imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida aniq xissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo‘lgan xossalar bilan tanishtirish.
Maktab, ta’lim – tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab – quvvatlashini talab qiladigan umumiy masaladir.
Hozirda har bir maktabda ta’lim – tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa bo‘lib turibdi. Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z fanini o‘qitishning eng samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o‘rganib borishi orqali o‘z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.
O‘rta maktablarda matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1. Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
2. Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi.
Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni
qo‘yadi:
a) O‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar tizimini berish.
Bu bilimlar tizimi matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida
olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, ya’ni isbotlash va nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak.
b) O‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish.
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida xatosiz so‘zlash, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam
berishi kerak. Bu degan so‘z o‘quvchilarning har bir matematik qoidani o‘z ona tillarida to‘g‘ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning matematik ifodasini formulalar yordamida to‘g‘ri yoza olish qobiliyatlarini atroflicha
shakllantirish demakdir;
v) O‘quvchilami matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o‘rgatish. Bu yerda o‘quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardan tortib to murakkab hodisalargacha hammasining fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko‘zda tutiladi.
Bunday bilim berish orqali o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qilishlari shakllanadi hamda mantiqiy fiklashlari yanada rivojlanadi.
Hozirda ta‘lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta‘lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir. Barcha fan o‘qituvchilari shu jumladan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham dars mashg‘ulotlari
jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng ko‘lamda foydalanmoqdalar.
Interfaol - o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik tufayli dars samaradorligini oshadi, yangi darsni o‘quvchi mustaqil harakat, mulohaza, bahs- munozara orqali o‘rganadi, qo‘yilgan maqsadga mustaqil o‘zi darsda o‘quvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi,ya‘ni ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi o‘zi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab
yetgan o‘quvchilar ta‘lim jarayoniga o‘zlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib ketadilar.
Boshlang‘ich sinflar dasturida algebra materiali mustaqil bo‘lim sifatida ajratilmagan.Boshlang‘ich matematika kursida algebra elementlarini o‘rganish arifmetikani o‘rganish masalalari bilan uzviy bog‘liqdir.Hozir amal qilinayotgan dasturga muvofiq o‘quvchilar matematik ifodalar,sonli tengliklar va tengsizliklar haqida boshlang‘ich ma’lumotlar olishlari lozim, harfiy simvolika,o‘zgaruvch bilan tanishishlari, eng sodda tenglama va tengsizliklarni yechishni o‘rganishlari kerak.
Algebra materialini o‘rganishning har bir bosqichida o‘qituvchi qiladigan ishni ko‘rib chiqamiz.
Boshlang‘ich sinflarda arifmetik materiallarni o‘rganib yakunlash algebraik materiallarni va matematik simvolikani o‘rganish bilan umumlashtiriladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar alfavitni matematik simvol tarzida qo‘llay boshlaydilar. Shu orqali algebraic ifoda,tenglik,tengsizlik,tenglama to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumot oladilar.
Bular to‘g‘risida ma’lumot berishning asosiy maqsadi arifmetik amallarning mohiyatini to‘laroq ochish,shuningdek keying sinflarda o‘rganiladigan algebra fani uchun zaruriy tayyorgarlikni amalga oshirishidir.


Yüklə 337,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə