Mavzu: Oromgohlarda qo'llaniladigan sharq milliy o'yinlari va uning jismoniy sifatlarini rivojlantirishdagi o'rni


Olimpiya shon-shuhrati muzeyida xalq milliy o`yinlarning tasviri



Yüklə 34,53 Kb.
səhifə3/3
tarix29.11.2023
ölçüsü34,53 Kb.
#141766
1   2   3
Oromgohlarda qo\'llaniladigan sharq milliy o\'yinlari va uning jismoniy sifatlarini rivojlantirishdagi o\'rni

Olimpiya shon-shuhrati muzeyida xalq milliy o`yinlarning tasviri.

O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov Respublika Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 y. 29 avgust) “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzuida nutq so`zlab, “Faqatgina chminakam ma`rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarni, bir so`z bilan aytganda, o`zligina anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqillik davlatimizning jahon hamjamiyatida o`ziga munosib, obruli o`rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”, deb haq gap aytilgan.


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi 284-sonli qarori bilan olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etildi. O`tgan bir yil davomida muzey ma`muriyati uni mazmun va shakl jihatdan boyitishga bor imkoniyatlarini safarbor etdi.
O`zbekiston sportchilarining olimpiya o`yinlariga (1952-1992) qatnashish va ayniqsa, mustaqil jamoa tarzida Lazannada o`tkazilgan qishgi (1994) hamda Atlantadagi yozgi (1996) XXVI olimpiya o`yinlarida ko`rsatgan natijalariga alohida o`rin vav ahamiyat berilgan. YA`ni sportchilarining rangli rasmlar ularning sport buyumlari qo`lga kiritgan medallari, kubok va boshqa rasmiy taqdimnomalari ustalik bilan bezatib qo`yilgan. Bularning bari muzeyining asosiy mazmuni va ko`rkini tashkil qiladi.
YAna shuni ham ta`kidlash lozimki, O`zbekistonning mustaqillik davrida sportchilarining xalqaro sporti maydonida erishgan natijalari ham muzeyida namoyish qilingan. Ayniqsa, Xirosimada (1994) o`tkazilgan. XII Osiyo o`yinlari g`oliblarini nishonlari, futbolchilarimiz egallagan Kubok, Seulda o`tkazilgan (1995) boks bo`yicha osiyo chempionati Kubogi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tennis bo`yicha Kuboklari, Markaziy Osiyo o`yinlariga qo`lga qiritilgan kuboklar muzeyining ko`rkiga zeb bo`lib turibdi.
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov XOQ Prezidenti (1996 y. Fevral) va osiyo olimpiya kengashi (1997) tomonidan Oltin ordenlar bilan mukofatlangan edi. Ana shu ordenlar muzeyining eng to`ridan joy olgan va tomoshanbinlar diqqatini o`ziga tezda jalb etadi. Professional boks bo`yicha uch marta jahon chempionti A.Grigoryanning chempionlik gulchambarchas va zarhallangan belbog`i xam muzeydan haqli ravishda munosib o`rin olganligining guvohi bo`lish mumkin.

Surxon, Zarafshon va Sirdaryo vohalarida xalqimiz qadimdan ot o`yinlari, kurash, tosh (yuk ko`tarish, piyoda poyga, arqon tortinish, nayza uloqtirish, qilichbozlik, dorvozlik va boshqa juda ko`p o`yinlar bilan mashg`ul bo`lib ketgan. Bu o`yinlar hozirgi kunda ham to`ylar, bayramlar, turli ma`rakalarda qo`llanilib kelmoqda. Sport tashkilotlari va turli davlat idoralarining bevosita tashabbusi hamda rahbarligida xalq milliy o`yinlari musoboqalari odat tusiga aylanib bormoqda. Bunga 1991 yil 25 apreldan buyon Jizzax viloyatining Forish tumanida o`tkazib kelinayotgan xalq milliy o`yinlari Respublika musoboqasini ko`rsatish mumkin.


Bunda ko`pkari (uloq) poyga arqon tortinish va boshqa milliy harakatli o`yinlardan foydaniladi. Ana shunga o`xshash rasmiy va yirik musoboqalar haqidagi ma`lumotlar, suratlar muzeydan joy olgan. Navro`z, Mustaqillik kuni hosil bayrami va boshqa umumxalq bayramlari hamda tantanalarida o`tkaziladigan xalq milliy o`yinlari maxsus videofilmlarga olnib, ular muzey fonididan mustahkam o`rin egallangan va tamoshabinlarga doimo namoyish qilib boriladi.
Xalq milliy o`yinlarini tiklash va ularni musoboqa tarzida o`tkazishda bevosita xizmat qilayotgan taniqli olimlar T.S. Usmonxujayev, F.N. Nasriddinov , J.T Toshpo`latov, X.A Miliyev, T.X. Xoldorov va boshqalarning mehnatlarini e`zozlash hamda ularga tasannolar aytish lozim.
O`rni kelganda aytish kerakki, aholi hayotidagi milliy harakatli o`yinlar mazmunini magnit tasmalari va videolarga yozib muzeyga xadya qilish, joylarda maxsus albomlar, metodik qo`llanmalar tayyorlash, metall buyumlar loydan xalq milliy o`yinlari tasvirini yasash maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Xulosa aytganda olimpiya shon-shuhratini muzeyi o`z eksponatlari tarkibiga Respublika sporti tarixi va xalq milliy o`yinlari mazmunini aks ettiruvchi manbalarini yig`ish ularni kelajak avlodga yetkazish hamda bugungi kunda sog`lom avlod tarbiyasini yanada yaxshilashga o`z hissasini qo`shish uchun bor imkoniyatlardan foydaniladi.

Adabiyotlar:



1. Ayrapyans L.P. “Milliy sport turlari va o`yinlarning rivojlantirishning muommolari. Toshkent-1998 yil
2. “1001 o`yin” T.Usmonxo`jayev Toshkent-1995 yil
3. YU. Portnex “Sport va harakatli o`yinlar”. Moskva-1997 yil.
Yüklə 34,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə