Mavzu: O‘zbekiston -va yunesko munosabatlari



Yüklə 3,06 Mb.
tarix12.12.2023
ölçüsü3,06 Mb.
#148569
Fotima Qulieva

Mavzu: O‘zbekiston –va YUNESKO munosabatlari

Reja: 1. Jahon sivilizatsiyasi tarkibidagi nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash tashkiloti. 2.O`zbekistonning YUNESKOga a`zoligi. 3. Jahon sivilizatsiyasi tarkibidagi nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash.

Boy madaniy merosi, ma’naviy qadriyatlari, fan va ta’lim sohasidagi ulkan yutuqlari bilan insoniyat tamadduniga salmoqli hissa qo‘shgan xalqlar ko‘p. O‘zbekiston shunday davlatlardan. Dunyoda tinchlik o‘rnatish, barqaror rivojlanishni ta’minlash, ta’lim orqali madaniyatlararo muloqot tuzish, fan sohalarini rivojlantirish, xalqaro madaniy va ma’lumot almashinuviga yordamlashish kabi sohalarda faoliyat yurituvchi YuNESKOning jahon sivilizatsiyasi tarkibidagi nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash yo‘lidagi xizmati katta.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “YuNESKO timsolida eng muhim insonparvarlik masalalarining yechimiga ijodiy yondashishda harakatlanuvchi kuch bo‘lib xizmat qiladigan o‘ziga xos, betakror tashkilotni ko‘ramiz” degan edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi mazkur xalqaro tashkilotga 1945-yilning 16-noyabrida asos solingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, ya’ni 1993-yilning 29-oktabrida YuNESKOga a’zo bo‘ldi. 1996-yilda Toshkentda tashkilot vakolatxonasi ochildi. O‘sha yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashkilot bosh qarorgohiga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim voqea bo‘ldi.

1998-yilning 6-7-noyabr kunlari Toshkentda YuNESKO Ijroiya kengashining yakunlovchi majlisi bo‘lib o‘tdi. MDH miqyosida birinchi marta tashkil etilgan mazkur tadbirda «Jahon madaniyati va YuNESKOning a’zo davlatlardagi faoliyati» nomli Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. YuNESKOning ta’lim sohasidagi asosiy dasturi Birlashgan maktablar dasturi tarmog‘i hisoblanib, unga jahonning olti mingdan ziyod maktabi a’zo. Ushbu dasturning asosiy maqsadi xalqaro hamjihatlik, tinchlik, madaniyatlararo muloqot va barqaror taraqqiyot g‘oyalarini targ‘ib etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.

YuNESKO tomonidan 2003-yilda “Barqarorlik va taraqqiyot uchun ta’lim 10-yilligi” e’lon qilindi. Bu borada mamlakatimizda ham ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu dastur doirasida aholining til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni rivojlantirish, fan-texnika yutuqlaridan yanada keng foydalanishni ta’minlash kabi vazifalar izchillik bilan amalga oshirildi. Mazkur xayrli ishlarning amaliy natijasi misolida yurtdoshlarimizning «Suv va tabiiy manbalarni boshqarish» va «Sahroda voha yaratish» loyihalari barqaror taraqqiyot ta’limi doirasida 2009-yilning eng ilg‘or tajriba loyihalari, deb topildi.

Madaniy va tabiiy merosni aniqlash, muhofaza qilish va saqlash YuNESKO faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2001-yilda YuNESKO davlatlar va nohukumat tashkilotlari o‘rtasida mazkur masalaga bag‘ishlangan ijtimoiy so‘rov o‘tkazib, 2003-yili Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konvensiya qabul qilindi. Shu kunga qadar 88 mamlakatning ajdodlardan avlodlarga asrlar osha o‘tib kelayotgan 300 durdonasi – urf-odat, an’ana, bayram, taom, xalq og‘zaki ijodi, qo‘shiq, raqslari Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

YuNESKOga a’zo 190 dan ortiq davlatning milliy qadriyatlari, tamaddun va madaniyat o‘choqlariga hurmat tashkilotning asosiy mezonidir. Maorif, fan va madaniyat insoniyatni ezgulikka, yorug‘likka olib borishi, dunyo xalqlari yagona oliy istak – do‘stlik va tinchlik g‘oyalari atrofida jipslashishi lozimligini uqtirib kelmoqda. Insonparvar hamda tinchlikparvar O‘zbekiston xalqaro tashkilotning mazkur ezgu maqsadini to‘la quvvatlab, hamkorlik rishtalarini yanada kengaytirish tarafdoridir.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.https://uzbekistan.lv/uz/ozbekiston-yunesko-tinchlik-va-ezgulik-yolidagi-hamkorlik/ 2. http://taqvim.uz/uz/event/view/3779 3.https://www.google.com/search?q=o%27zbekiston+va+yunesko&source=lmns&bih=903&biw=1057&rlz=1C1GCEA_enUZ1027UZ1027&hl=ru&sa=X&ved=2ahUKEwid0Pnh9aCCAxXi-SoKHbIXC_gQ_AUoAHoECAEQAA


Yüklə 3,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə