Mavzu: Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar, islohotlar va ularning istiqbollari Reja



Yüklə 47 Kb.
səhifə1/2
tarix03.03.2023
ölçüsü47 Kb.
#101834
  1   2
Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar, islohotlar va ularning istiqbollari


Mavzu: Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar, islohotlar va ularning istiqbollari
Reja:

  1. Mustaqillik yillarida ilm-fanni rivojlanishi.

  2. Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi.

  3. Ta’limning milliy modelini shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar.

Ta’lim to’g’risidagi yangi qonunning asosiy farqlari haqida qisqacha ma’lumot:


• Birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
• Ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
• Nazariy – ta’lim tashkiloti negizida, amaliy –
Ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
• Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
• Katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish;
• Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari
Bo’lgan bolalar (shaxslar) uchun inklyuziv ta’lim;
• Eksternat tartibidagi ta’lim – o’quv dasturlarini
Mustaqil ravishda o’zlashtirishni o’z ichiga olib, uning yakunlari bo’yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestasiyalaridan o’tish;
• Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi (ta’lim Inspektsiyasi), prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.
• Uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga ko’proq e’tibor qaratilgan:
• Ta’lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, Ustavga talablar;
• Pedagogik xodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar bo’yicha. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan;
• To’rtinchidan, davlat ta’lim standartlari va talablari, o’quv jarayoniga o’quv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperimental va innovasion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bog’liq masalalar tartibga solingan. O’qishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish mexanizmi bayon etilgan;
Beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:

  1. Birinchilarga quyidagilar kiradi:

Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini lisenziyalash – lisenziyalar ta’lim inspektsiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta’lim turi uchun alohida beriladi;
Ta’lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o’tkazish – ta’lim inspektsiyasi tomonidan 5 Yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari lisenziya olingan kundan e’tiboran 5 yil davomida akkreditasiyadan o’tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestasiya va akkreditasiyadan o’tkaziladi. Davlat akkreditasiyasidan o’tgan tashkilotlar maxsus reestrga kiritiladi, bu haqdagi ma’lumotlar ta’lim inspektsiyasining saytiga joylashtiriladi;
Xorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta’lim to’g’risidagi hujjat tan olish, shuningdek ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo’yish. Tan olish va apostil qo’yish ham ta’lim inspektsiyasi vakolatiga kiradi;

  1. Ta’lim inspektsiyasi quyidagilarga haqli: Nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda;

Ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda –ularni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish. Taqdimnoma bajarilmagan taqdirda – ta’lim tashkilotining davlat akkreditasiyasi to’g’risidagi sertifikatini bekor qilish kadrlar tayyorlashning milliy modeli

  1. Shaxs

  2. Davlat va jamiyat

  3. Uzluksiz ta’lim

  4. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish printsiplari

  5. Uzluksiz ta’limni isloh qilish yo’nalishlari

  6. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari.

Maktabgacha ta’lim.
Umumiy o’rta ta’lim.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
Oliy ta’lim Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
Tayyorlash maktabdan tashqari ta’lim

  1. Kadrlar tayyorlash tizimida fan

  2. Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish

Ta’lim yo’nalishida murojaatnomada belgilangan vazifalar quyidagicha bo’ldi:
Maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrovi 25 foizdan 50-60 foizga etkaziladi; OTM davlat granti asosida qabul ikki barobar oshiriladi, shuningdek, qizlar uchun alohida davlat grantlari joriy etiladi;O’qishga kirish soddalashtiriladi;
Ona tili bo’yicha bilimlarni baholashning milliy test tizimi paydo bo’ladi;
Mutaxassislikka aloqasi bo’lmagan fanlar soni ikki baravarga kamayadi;
Oliy ta’lim o’quv jarayonida kredit-modul tizimi joriy etiladi;
Pedagogik ta’limning 6ta yo’nalishi bo’yicha o’qish muddati 3 yil etib belgilanadi;
10ta OTM o’zini-o’zi moliyalash tizimiga o’tib, kamida 5ta OTM transformasiya qilinadi.Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni bog’chalarga qamrab olish ko’rsatkichini 60 foizga etkazish ko’zlanmoqda. Shu bilan birga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimini joriy qilish davom ettiriladi. Shu maqsadda 130 mlrd so’m mablag’ajratiladi. 2020 yilda 36ta yangi maktab qurilib, 216tasi kapital ta’mirdan chiqariladi. Ushbu ishlarga esa 1,7 trln so’m mablag’sarflanishi rejalashtirilgan. Joriy yilda 55ta xususiy maktab tashkil etilishi, ularning respublikadagi umumiy soni 141 taga etkazilishi bildirildi. Yuqori malakali o’qituvchilar maoshini yanada oshirish masalasi davom etadi. Professional kasb-hunar ta’limda yangi tizim yo’lga qo’yiladi: 340ta kasb-hunar maktabi, 147ta kollej va 143ta texnikum tashkil etiladi. Milliy malaka tizim ishlab chiqiladi, natijada 9000ga yaqin kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlanadi.
Respublikamizning oliy ta’lim muassasalari hamda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirib, dunyo rivojlangan davlatlarning tajribasini o`rganib, quyidagi vazifalarni o`z ichiga oladi:
Oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarning malakasini oshirish;
Ta’limning turli yo`nalishlari uchun yangi o`quv dasturlari, zamonaviy o`quv-metodik adabiyotlar yaratilishi;
Oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarning xorijiy ilmiy ammaliy seminar, konferentsiya va simpoziumlarda keng ishtirok etishi;
Professor o`qituvchilarning va talabalarning xorijiy almashinuv dasturlari va treninglarda qatnashuvi;
Xorijiy o`qituvchi va professorlarning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish va tajriba almashinuvi maqsadida ishlashga taklif etish;Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Ummon Sultonligi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, Ukraina va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va …aro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Ummon Sultonligi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, Ukraina va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Ta’lim Vazirligi o`rtasida 1999 yil 8 noyabrdan belgilangan “Ta’lim sohasida hamkorlik” to`g`risidagi shartnoma doirasida Xitoy oliy ta’lim muassasalarida O`zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalaridan 40 ta talaba, fan nomzodlari, va yosh mutaxassislar amaliyot o`tamoqdalar.
Xitoy oliy ta’lim muassasalarida amaliyot xitoy tili va adabiyoti shuningdek, turli texnik va tabiiy fanlar yo`nalishi bo`yicha bilimlarni takomillashtirish maqsadida olib boriladi.
O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, XXR, Malayziya, Hindiston, RF va boshqalar bilan to`g`ridan-to`g`ri muassasalararo shartnomalar asosida hamkorlik olib borishmoqda.
Ushbu shartnomalar parofessor o`qituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning turli konferentsiya va simpoziumlarda ishtirok etishi, qo`shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop ettirish va hokazo vazifalarni ko`rib chiqadi.
O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari Britaniya Kengashi, Gyote nomidagi institut, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Koreya va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha agentliklari, Hindiston va Malayziya texnik hamkorlik dasturi, BMTningg rivojlanish dasturi, JB, ATB, ITB va boshqalar bilan yaqindan aloqa o`rnatgan.
Ushbu barcha dastur va loyihalar davlatda oliy ta’limni rivojlantirish, ilg`or xorijiy tajribani qo`llagan holda o`quv-metodik jarayonni takomillashtirish, professor o`qituvchilarning malakasini oshirish, talabalar almashinuvini kengaytirishga yo`naltirilgan.
O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari Evropa Ittifoqining Tempus va Erazmus Mundus nomli ta’lim dasturlarida faol ishtirokini alohida ta’kidlash joiz.
Ayni paytda respublikada Evropa Ittifoqining Tempus o`quv dasturining 20ta loyihasi tadbiq etilib, ularda O`zbekistonning 40 atrofida oliy ta’lim muassasalari ishtirok etadi.
Tempus loyihasi asosan texnik fanlar va nazariy texnologiyalar sohasidagi magistratura va bakalavriat uchun o`quv dasturlarini ishlab chiqarishga bag`ishlangan. Respublika oliy ta’lim muassasalari evropa universitetlari bilan hamkorlikda turli fanlar bo`yicha yangi o`quv dasturlarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish bo`yicha hamkorlikda ishlar olib boradi. Bundan tashqari, Tempus loyihasi ishtirokchi oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy kompyuter uskuna va texnikasi bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.
Tempus loyihasi shuningdek, oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan. Loyihalar doirasida evropa oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli seminarlar, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, malaka oshirish kurslari olib borilishini alohida ta’kidlash kerak.
O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari Evropa Ittifoqining talabalar, o`qituvchilarning akademik tezkorligi, universitetlar o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Erazmus Mundus dasturida ham ishtirok etadi. Dasturlar doirasida talaba va o`qituvchilar evropa oliy ta’lim muassasalarida ilmiy amaliyot o`tash imkoniyatiga ega bo`lishadi.
Hozirgi kunda xorijiy o`qituvchi va mutaxassislarni o`quv jarayoniga jalb qilish bo`yicha xorijiy sheriklar bilan hamkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo`nalishdagi eng faol ish Koreya va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha agentliklari JICA va KOICA bilan olib borilmoqda.


Yüklə 47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə