Mavzu: Parrandachilik xo‘jaliklari uchun loyihalar



Yüklə 16,99 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü16,99 Kb.
#163799
20-amaliy


Mavzu: Parrandachilik xo‘jaliklari uchun loyihalar.


Darsning maqsadi - go‘sht va tuxum yunalishidagi tovuqlar uchun muljallangan parrandachilik fabrikalari va fermalarining asosiy loyihalari bilan tanishish.
Darsga kerakli ko‘rgazmali qurollar va asboblar - tayyor loyihalar, harajat hujjatlari, me’yoriy jadvallar, qurilish albomlari.
Darsning mazmuni - parrandachilik korxonalari yunalishiga ko‘ra tovar (tuxum va gusht) va naslchilik xo‘jaliklariga bo‘linadi. Tuxum yunalishidagi parrandachilik fermalarini quvvatini tuxum beradigan tovuqlar bosh soni belgilasa, gusht yunalishidagi korxonalardan esa yil davomida gushtga boqiladigan yosh tovuqlar soni belgilaydi.
Tovar yunalishidagi xo‘jaliklar 50-100 ming bosh tuxum yunalishidagi tovuqlarga, 750 ming 1,5 mln bosh gusht yunalishidagi tovuqlarga muljallanadi. Kurkalar 25-50-100 ming boshga, o‘rdaklar 125-250-500 ming boshga muljallanadi. Parrandachilik fabrikalari 300 ming boshdan 10 mln boshgacha va undan ko‘pga muljallanadi. Naslchilik xo‘jaliklari 50-200 ming bosh, o‘rdaklar uchun 20-50 ming boshga, kurkalar uchun 15-25-50 ming boshga muljallanadi.
Parrandachilik korxonalarining ishlab chiqarish binolariga – tovuqxonalar, oziqa qabul qilish va tarqatish jixozlari, oziqa sexi, asbob-uskunalarni, idishlarni saqlash binolari ham jixozlanadi. Tuxum saqlash binolari – 10 m2 maydonga ega bulib, har 10 ming bosh tovuq yoki 7,5 ming bosh o‘rdak, g‘oz va kurka tuxumiga muljallangan buladi. Inkubatoriy, laboratoriya, yosh jo‘jalarni ajratish xonalari, xizmat va boshqaruv binolari bo‘lishi shart.
Tuxum yunalishidagi xo‘jaliklar asosan parrandalarni katakda saqlash usuli qullaniladi. Bunda 1 m2 yuzaga joylashadigan parrandalarni zichligi, har bir katakli batariyaning hujjatiga binoan olinadi. Kataklar orasidagi yulakning kengligi 0,55 m batareyalar va devor orasi 0,8 m, ko‘p qavatli bateryalar orasi 0,7 m, batereyalar va devor orasi 1 m bulishi rejalashtiriladi.
Tovuqlarni guruhlarda saqlash kataklarida zichlik me’yori ma’lum darajada belgilangan. 1 - 30 kunlikkacha yoshdagi parrandalar har bir katakda 22 ta, 31-60 kunligi 11 ta, 61-140 kunligi 8 ta, katta tovuqlar 6 ta saqlanadi. Keyingi yillardagi ilmiy-amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki keng hajmli parrandaxonalarda bir qavatli katakli batareya OBN dan foydalanish maqsadga muvofiq ekan. Bu kataklarning afzallik tomoni shundan iboratki, ishlab chiqarish jarayonlarining hammasini bajarishda to‘liq mexanizatsiyani joriy qilish mumkin. Bularning hammasi yuqori mahsuldorlik va parrandalarni sog‘lom saklash va ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasayishiga imkon tug‘diradi.
O‘sishga qo‘yilgan 1 kunlikdan 60 kungacha bo‘lgan yoshdagi jo‘jalar keng hajmli jo‘jaxonalarda polda qalin to‘shamada saqlansa ularni bosh soni 20 mingdan oshmasligi kerak. Bunda bino bir qancha seksiyalarga bo‘linib, har bir qismda naslli jo‘jalar 1000 bosh va yirik fermalarda bo‘lsa 2500 boshdan joylashtiriladi. Zoogigienik me’yor bo‘yicha jo‘jalarning qalinligi har 1 m2 pol yuzasiga 1 bir kunligidan 30 kunligigacha 25 bosh va 31 dan 60 kunligigacha 16 bosh to‘g‘ri kelishi kerak. 1 - 5 kunlik jo‘jalarni bruderlar tagida saqlansa ular atrofiga to‘siqlar qilinib, ichiga oxur va sug‘orish idishlari qo‘yiladi.
O‘sishdagi bosh son polda saqlansa har 1 m2 yuzaga 61 - 150 kunligida 9 boshdan to‘g‘ri kelishi zarur. Ular uchun poldan 50 - 60 sm balandlikda qo‘noqlar qilinadi. Qo‘noq yog‘ochining kengligi 4 sm va ular oralig‘i 20 - 25 sm bo‘lib, har bir jo‘ja uchun 12 - 15 sm hisobida qilinadi. Naslli xo‘rozchalar 60 kunligigacha alohida kataklarda yoki polda |o‘stiriladi. 60 kunligidan so‘ng qalin to‘shama solingan va yayratish maydonlari bo‘lgan binolarda saqlanadi.
Parrandaxonalar katakda saqlashga muljallangan bo‘lsa – 150 ming boshga, yosh kurkalarni ustirish uchun bo‘lsa – 200 ming boshga, polda saqlashga muljallangan bo‘lsa 20 ming boshga rejalashtiriladi. Naslchilik xo‘jaliklarida kataklarda – 16 ming boshga, polda saqlash bo‘lsa 10 ming boshga rejalashtirib tovuqxona quriladi. Parrandalar KMK-4; KMK-7; IMS-4,5; IRS -2,3; KMU – 10; KBM – 3; OBU -12 kataklarda boqiladi.

Nazorat savollari.


1. Parrandachilik fermalari uchun qanday TLM qo‘llaniladi.
2. Parrandachilik fermasi va fabrikasi orasidagi farq nimada.
3. Parrandaxonalarda inkubatoriy nima uchun kerak.
Yüklə 16,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə