Respublikamiz rahbariyatining xalq ta`limi yuzasidan qabul qilingan
qaror va yo`l-yo`riqlari asosida maktabda bajarilgan va bajarilayotgan ta`lim-
tarbiya ishlarini yuritilgan hujjatlar orqali aniqlash metodi ham mavjuddir.
Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o`qituvchilar va o`quvchilar
jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma`lumotlar olinadi.
Umuman, maktab hujjatlari deyilganda; o`qituvchi va o`quvchilarning
soni va sifati; o`quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik
daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari
daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir
hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o`quvchilarning umumiy
miqdori, uning o`sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o` quvchilarning
fanlar bo`yicha o`zlashtirish darajasiga, sinfda qolishning oldini olish,
rag’batlantirish va jazolash choralari, turlariga, maktabning moddiy
bazasiga e`tibor beriladi.
Ularni tahlil qilish, hisobotlarni ko`zdan kechirish, to`g’ri yoki
noto`g’riligini aniqlash, o`quvchilar faolliklarining o`sishi bilan
taqqoslash,ilg’or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishi
va nihoyat, o`qituvchi-tarbiyachilarning ilmiy-pedagogik faoliyatlarini tekshirish,
tegishli chora, tadbirlar belgilash maqsadida o`tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: