Mavzu: poyaning morfologik tuzulishi


Poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi



Yüklə 108,89 Kb.
səhifə5/11
tarix22.03.2024
ölçüsü108,89 Kb.
#180709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BIOLOGIYA KURS ISHI ODINA

2. Poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi

Poya ham odatdagi tuzilishli, o’sishi cheklanmagan polisimmetrik tuzilishdagi o’simlikning vegetativ o’q organi bo’lib, unda barg va kurtaklar bo’ladi. Poyaning asosiy vazifasi tayanch, mineral va organik moddalarni o’tkazishdir, u barg bilan ildizlarni o’zaro bog’laydi. Bulardan tashqari ko’p yillik poyalarda oz miqdorda bo’lsa ham oziq moddalar to’planadi. Epiderma ostida xlorenxima to’qimasi bo’lgan yosh poyalar fotosintez jarayonida faol qatnashadi.


Yopiq urug’li o’simliklarning poya va ildiz uchlarida esa bir necha sondagi initsial g’ujayralar uchratiladi. Ular sitoplazmasining quyuqligi va bir-birlariga nisbatan farq qiladi. Poya va ildizda o’sish konuslarining tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Ildizning nozik uchki meristemasi ildiz qini bilan o’ralgan. Uning o’sish konusida uch turdagi hujayralar guruhini ajratish qabul qilingan: tashqi (dermatogen), o’rta (periblema) va ichki (pleroma).
Dermatogen qatlami hujayralarning antiklinal, ya’ni o’sish konusi yuzasiga nisbatan perpendikulyar bo’linishi natijasida keyinchalik ildizning birlamchi qoplovchi to’qimasi kelib chiqadi. Periblema qavati bir necha qator hujayralardan iborat bo’lib, uning hujayralari periklinal, ya’ni o’sish konusi yuzasiga nisbatan parallel bo’linadi va ulardan asosiy to’qima hosil bo’ladi. Pleroma hujayralari turli yo’nalishda bo’linish xususiyatiga ega bo’lib, ulardan ildizning mexanik va o’tkazuvchi to’qimalari shakllanadi. Poyaning o’sish konusi biri ikkinchisini yopib turuvchi mayda barglar bilan o’ralgan. Ular poyaning uchki qismi bilan birgalikda kurtak hosil qiladi. Poyaning o’sish konusida odatda ikki turdagi hujayralar guruhi ajratiladi: tashqi qavat (tunika) va ichki (korpus). Tunika hujayralari dermatogen hujayralariga o’xshash antiklinal bo’linish xususiyatiga ega va ulardan poyaning epidermasi hosil bo’ladi. Korpus qavati hujayralari turli yo’nalishda bo’linishi sababli ulardan poyaning birlamchi tuzilishiga xos bo’lgan barcha to’qimalar kelib chiqadi.
Poyaning birlamchi ichki tuzilishi. Poyaning birlamchi tuzilishida epiderma, birlamchi po’stloq va markaziy silindlar ajratiladi.
Epiderma tunika qavatidan shakllanadi. Agarda u bir necha qavat hujayralardan iborat bo’lsa, birlamchi po’stloqning tashqi qavatlari ham hosil bo’lishi mumkin.
Birlamchi po’stloq asosiy parenxima to’qimasidan tashkil topib, tashqi qavatidagi hujayralarida xloroplatlar ham kuzatiladi. Kupchilik o’simliklarda birlamchi po’stloq tarkibiga mexanik to’qima kollenxima ham kiradi. Sklerenxima kamdan-kam hollarda uchraydi. Birlamchi po’stloqning ichki hujayralari endoderma halqasini hosil qiladi.
Markaziy silindr endoderma bilan chegaralangan peritsikl, o’tkazuvchi elementlar sistemasi va o’zakdan tashkil topgan. Peritsikl birlamchi yon meristema hisoblanib, u kambiy hujayralari, qo’shimcha ildizlar yoki kurtaklani hosil qiladi. Ko’pchilik o’simliklarda peritsikl butunlay mexanik to’qima yoki asosiy to’qima hujayralariga ajralib ketadi. Markaziy silindrning o’tkazuvchi elementlari o’sish konusidagi maxsus qism, prokambiydan rivojlanadi. Prokambiy birlamchi meristemaning ba’zi hujayralarini bo’yiga bo’linish natijasidan kelib chiqadi. O’ziga xos ingichka va cho’ziq, quyuq, donador sitoplazma bilan to’lgan hujayralar to’dasi paydo bo’lib, ular poyaning markaziga qarab birlamchi yog’ochlik elementlari, chekkalarda esa birlamchi lub elementlarini hosil qiladi. Markaziy silindrning ichki qismi o’zakni tashkil etuvchi parenxima to’qima hujayralaridan iborat. O’zakning bo’lishi poyaning ildizdan farq qiluvchi xarakterli belgisidir. Poyaning o’zak qismi parenxima hujayralaridan tashkil topgan.U birlamchi o’zak nurlari orqali birlamchi po’stloq bilan bog’lanadi. O’zak ba’zi o’simliklarda qisman yoki butunlay yemirilib ketadi. Bunda poyaning o’rtasi bo’shliqdan iborat bo’lib qoladi. O’sish konusida prokambiy turlicha shakllanishi mumkin. Uning shakllanishi va keyingi taraqqiyoti bir pallali o’simliklar poyalarining o’tkazuvchi boylamlarini tuzilishi va joylashish xarakterini belgilaydi.




Yüklə 108,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə