Mavzu: psixodiagnostik tekshiruvda qo’llanadigan asosiy metodlar reja: Metod va metodika haqida tushuncha



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə5/17
tarix23.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#90018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
3-mavzu psixodiagnostika

Intervyu metodi.

  • Intervyu metodi.
  • Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng qollaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suxbat metodi kabi intervyu metodi ham so’roq-javob metodiga tegishlidir. Ko’pincha intervyu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o’xshatib, ya`ni ko’p masalalar yuzasidan ko’plab javoblar olishni ko’zlab tuziladi.
  • Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to’gri keladi. Biroq bilimlarni va o’ rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o’rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.

Ekspert baholash metodi.

  • Ekspert baholash metodi.
  • Bu metod shaxs psixologiyasida keng qo’ llaniladi. Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar -bolalar bog’chasi va maktab-internatlarning tarbiyachilarini, sinf raxbarlari, ishlab chiqarish-texnika bilim yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi masterlar, ilmiy jamoa raxbarlari, xarbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari qatnashishlari mumkin.
  • Ekspert baholarni ko’proq xususiyatlarning sifat jixatidan namoyon bo’lishlarini tasvirlash emas, balki o’rganilayotgan xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya`ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor elementlari darajalarini baxolash tarzida o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ekspertlar umumlashtirish bilan bog’liq bo’lmagan xulq-atvor elementlarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd qilishi lozim. Umumlashtirish - ekspertning emas, balki tadqiqotchining ishidir.

Oz-ozini kuzatish metodi.

  • Oz-ozini kuzatish metodi.
  • XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so’nggi yillarda yana ma`lum ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Chunonchi, suxbat va so’roq-javob metodlarini o’z-o’zini kuzatish metodi orqali olingan ma`lumotlarsiz qo’llab bo’lmaydi. Buni suxbat va shaxsiy savol-javob o’tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o’z-o’zini kuzatish garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo’lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega b o’lishi mumkin.
  • O’z-o’zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya`ni tetik kayfiyatni, achchiklanishni, ishchanlikni, kasb bilan bogliq bolgan sermahsul ishlarni o’rganishda ayniqsa foydali b’lishi mumkin.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə