Mavzu: pulning va uning vazifalari


yilda chiqarilgan pul banknotasi



Yüklə 475,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix19.02.2022
ölçüsü475,53 Kb.
#83921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
700. PULNING VA UNING VAZIFALARI с паролем.

2021 yilda chiqarilgan pul banknotasi 

Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi 

va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga 

 

2



 

Xodiev B.Yu., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: Barkamol fayz-media, 2017. – 783 bet.

 

 



 

asosan  muomala  uchun  zarur  bo’lgan  pul  miqdorini  qo’yidagi  formula  bilan 



ifodalash  mumkin.  Shunday  qilib,  muomala  uchun  zarur  bo’lgan  pul  miqdoriga 

ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan turli xil omillar ta’sir 

ko’rsatadi.  

Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil - 

bu  tovarlar  va  xizmatlar  bahosi  hisoblanadi.  Pul  miqdori  tovarlar  va  xizmatlar 

bahosiga  to’g’ri  proportsional,  ya’ni  tovarlar  va  xizmatlar  bahosining  oshishi 

muomalaga ko’p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi 

omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir 

ko’rsatadi.  Pul  qanchalik  tez  aylansa,  muomala  uchun  zarur  bo’lgan  pul  miqdori 

shuncha kam talab qilinadi va aksincha.  

Muomala  uchun  zarur  bo’lgan  pul  miqdorini  boshqarishda  shu  muhim 

omillarga alohida e’tibor berilishi zarur.  

Muomala  uchun  zarur  bo’lgan  pul  miqdorini  kamaytirish  uchun  quyidagi 

choralarni  amalga  oshirish  muhimdir.  Bular:  iste’mol  kreditni  rivojlantirish; 

kreditga qanchalik ko’p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak 

bo’ladi;  

− naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi;  

− pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.  

Har  bir  jamiyat  pul  muomalasi  qonuni  talablarini  hisobga  olgan  holda  ish 

yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur 

etkazadi.  Bu  holda  muomalaga  chiqarilgan  pul  miqdori  muomaladagi  tovarlar 

bahosidan  oshib  ketishi,  ya’ni  inflyatsiya  bo’lishiga,  yoki  pul  ocharchiligiga 

(etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.  

Pul nazariyalari to’g’risida umumiy tushuncha. Pul nazariyalari - pul tabiati 

va  pulning  ishlab  chiqarishni  shakllantirishga  ta’siri  haqidagi  nazariyalardir.  Bu 

nazariyalar  kapitalistik  ishlab  chiqarish  usuligacha  bo’lgan  davrda  vujudga  keldi. 

Kapitalistik  ishlab  chiqarish  usuli  davrida,  pul-tovar  munosabatlari  xo’jalik 

sohasining  hamma  tarmoqlarini  qamrab  olgan  davrdagina  pul  nazariyasi  keng 

tarqaldi. 



 

Pul  va  uning  sotib  olish  quvvati  orasidagi  munosobat  pul  nazariyalarining 



markaziy  masalalaridan  biri  bo’lib  kelgan.  Xullas,  iqtisodchilarning  pulning 

mohiyati,  uning  funktsiyalari  va  pul  muomalasiga  bo’lgan  qarashlari  pul 

nazariyalarini keltirib chiqardi. 

Ilk  tarihiy  pul  nazariyalari  sifatida  nominallik  va  metallik  nazariyalarini 

keltirishi mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu nazariyalar ham o’zgarib 

yangi,  miqdoriy  nazariyaning  paydo  bo’lishiga  asos  bo’ldi.  Yoozirgi  kunda 

monetarizm va iqtisodni pul-kredit munosobatlari orqali tartiblashtirish nazariyalari 

ham mavjud. Ammo eng asosiy pul nazariyalari sifatida metall, nominal va miqdoriy 

pul nazariyalari tadqiqot qilib kelinmoqda. 

Pul  nazariyalarining  kelib  chiqishiga  asosiy  sabab  ishlab  chiqarishning 

taraqqiy  etishi  va  pul  muomalasining  taraqqiyotdan  ma’lum  darajada  oqsashini 

oldini  olish  va  uni  rivojlantirish  masalasi  hisoblanadi.Qo’l  mehnatidan 

manifakturaga,  manifakturadan  sanoat  ishlab  chiqarishiga  o’tilishi  bilan  xalq 

xo’jaligida mehnatning integratsiyalashuvi ham kuchaya bordi. 

Buning natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi pullik munosabatlar 

ham murakkablasha boradi. Feodalizmgacha bo’lgan naqd pullik munosobatlar bu 

davr  talablariga  javob  bera  olmay  qoldi.  Buni  biz  Evropadagi  XV  asrdagi  «pul 

ocharchiligidan»  dan  ko’rishimiz  mumkin.  Xuddi  shu  davrdan  boshlab  pul 

nazariyalari to’g’risidagi ilk fikrlar yuzaga keldi. Bu nazariyalarning o’sha davrdagi 

muammolarini  echishdagi  roli  beqiyos  bo’ldi.  Ilk  bor  vujudga  kelgan  pul 

nazariyalari bu metallik va nominallik pul nazariyalari hisoblanadi. Quyida biz pul 

nazariyalarning ba’zi birlariga qisqacha ta’rif berib o’tamiz 

Pulning metallik nazariyasi. Pulning metallik nazariyasi kapitalning dastlabki 

davrida  taraqqiy  etdi.  Moneta  tarkibini  buzish  (monetaning  og’irlik  miqdorini 

kamaytirish)ga  qarshi  kurashda  progressiv  rol  o’ynadi.  Bu  nazariyalar  o’sha  davr 

ruhi  va  tuzilayotgan  burjuaziya  ehtiyojlarini  aks  ettirib,  merkantilistlar  baquvvat 

metall pullari tarfdori bo’lib chiqdilar. Bu nazariya o’sha davr kapitalizmining eng 

rivojlangan 

davlati 

Angliyada 

maydonga 

keldi. 


Metallik 

nazariyaning 

asoschilaridan  biri  U.Stefford  (1554-1612y.)edi.  U  o’z  qarashlarini  o’zining 



 

Londonda 1581 yilda chop etilgan «Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining 



qisqartmasi»  asarida  bayon  etdi.  Bu  oqim  tarafdorlari  Angliyada  T.Men  (1571-

1641y.),  D.Nors  (1641-1691y.),  Frantsiyada  bu  ta’limotni  A.Monkreten  (1575-

1621y.), Italiyada F.Tamani (1728-1787y.) va boshqalar rivojlantirdi. 

Ularning  fikricha  barqaror  metall  valyuta  jamiyat  iqtisodiy  taraqqiyotining 

muhim 

shartlaridan 



biridir.  Jamiyat  a’zolarining  jamg’arishga  bo’lgan 

intilishiiqtisodchilarning boylikning manbaini o’rganishlariga sabab bo’ladi. Ular bu 

manbani  savdodan  izladilar.  Ularning  e’tirof  etishlaricha  aktiv  savdo  balansi 

mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta’milaydi. 

Shunday  qilib,  ilk  metallik  nazariyasi  tarafdorlari  jamiyat  boyligini 

qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funktsiyalarini bajaradi 

deb  hisoblar  edilar.  Ilk  metall  nazariya  tarafdorlarining  asosiy  kamchiliklari 

quyidagilardan iborat edi: 

 

ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi 



maqsadga muvofiq kelishini tushunib etmadilar

 



ilk  metallchilar  pulning  jamiyat  taraqqiyotida  tovar  muomalasi  asosida 

yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar

 

ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg’arishni tushundilar 



va «bunday boylik manbai savdodir» degan noo’rin fikrga keldilar. 

Ular  jamiyat  boyligi  mehnat  natijasida  vujudga  keladigan  moddiy  va  ruhiy 

qadriyatlar  yig’indisi  ekanligini  tushuna  olmadilar.  Ilk  metallik  nazariyasi 

targ’ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar. 

XVIII  asr  oxiri  va  XIX  asrning  birinchi  yarimiga  kelib  sanoat  burjuaziyasi 

manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariyasi o’z mavqesini yo’qotdi. Ammo 

XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K.Knis 

(1821-1898  y.)  bu  nazariyani  himoya  qilib  chiqdi.  Bu  g’oyaning  qayta 

tiklanishiga1871-1873  y.  da  Germaniyaga  kiritilgan  oltin  tanga  standarti  sabab 

bo’ldi.  K.Knis  targ’iboti  metallchilar  nazariyalarini  yangi  sharoitga  moslashtirdi. 

Knis  pul  sifatida  faqatgina  metallni  emas,  balki  markaziy  bank  banknotalari  ham 



10 

 

e’tirof etdi.



3

  

Bu  paytga  kelib  xo’jalikda  asosiy  rolni  kredit  o’ynay  boshladi  va  bu  oltin 



monetalar  bilan  birga  muomalada  bo’lgan  va  ularga  almashtiriladigan  banknota 

emissiyasining asosini tashkil etdi. K.Knis banknotalarni tan olgan holda hech nima 

bilan ta’minlanmagan qog’oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha pul muomalasi 

metal  bilan  ta’minlangan  banknotalar  va  metall  monetalarga  asoslanishi  shart. 

Qog’oz pullar uning fikricha, xuddi «qog’oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K.Knis 

ta’kidlashicha oltin o’z tabiatiga ko’ra puldir. 

Birinchi jahon urushidan so’ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartni 

qayta tiklash mumkin emasligini tan olib o’z nazariyalarini himoya qilish maqsadida 

oltin  quyma  standart  va  oltin  deviz  standartga  asoslangan  banknota  ishlab 

chiqarishini yoqlab chiqdilar. 

1. Oltin tanga standarti. Oltin standarti birinchi marta 18-asrda Angliyada va 

19-asrning  oxirlarida  boshqa  mamlakatlarda  joriy  etildi.  Bu  standart  oltin 

monometalizmi  deb  ham  ataldi.  Oltin  tanga  standarti  oltin  standartining  ilk 

ko’rinishidir. Bu standart birinchi jahon urushi boshlanishiga qadar hukm surdi. 

Oltin tanga standartga xos bo’lgan belgilar qo’yidagilardan iborat bo’lgan: 

 



tovarlarning  baholari  faqatgina  oltinda  o’lchanardi;  oltin  tanganing 

muomalada  bo’lishi;  davlat  xazinasi  tomonidan  cheklanmagan  miqdorda  moneta 

zarbqilinishi; 

 



 

kredit  pullarini  ularni  nominali  bo’yicha  oltinga  erkin  almashtirilishi; 

 

3

 



 

Razzoqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N.  Iqtisodiy  ta’limotlar tarixi. Darslik (lotin yozuvida).  - T. “Iqtisod-

moliya”, 2007. –320 b.

 

 




11 

 

oltinni olib kirish yoki olib chiqishning ta’qiqlanmanligi; ichki bozorda oltin moneta 



va  banknotalar  bilan  birga  haqiqiy  qiymatga  (ya’ni,  to’la  haqiqiy  qiymatga)  ega 

bo’lmagan paytda chaqalar va ma’lum kursga ega bo’lgan davlat qog’oz pullarining 

muomalada bo’lishi. 

Bu  pul  tizimi  mustahkam  pul  tizimi  bo’lib,  inflyatsiyani  inkor  etar  edi. 

Muomala uchun zarur bo’lmagan oltin miqdori yana xazina ko’rinishiga qaytar edi. 

Ammo  kapitalizmning  krizisi  davrida  bu  muvozanat  izdan  chiqdi.  Ikkinchi  jahon 

urushi  davrida  AQSh  dan  boshqa  urushayotgan  davlatlar  banknotalarni  oltinga 

almashtirishini  va  oltinni  chetga  olib  chiqishni  bekor  qilindi.  Oltin  muomaladan 

surib chiqarilib xazinaga aylantirildi. AQShda esa oltin monetalar 1934 yilga qadar 

muomalada bo’ldi. 

2.  Oltin  quyma  standart.  Birinchi  jahon  urushidan  keyin  20-yillarda  ba’zi 

mamlakatlarda  oltin  quyma  standart  joriy  qilindi.  Bu  standartning  oltin  tanga 

standartdan  asosiy  farqi  shunda  ediki,  muomaladagi  banknotalar  12-12,5  kg. 

atrofidagi  oltin  quymalarga  almashtirilardi.  12,5  kg.  lik  quymaga  banknotani 

almashtirish uchun Angliyada 1700ft. st., Frantsiyada 215 ming fr. talab qilinar edi. 

Bu bilan oltin muomaladan xalqaro oborotga chiqarildi. Ichki oborotda esa bunday 

imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldorlar ega bo’lib qoldilar xolos. 

3.  Oltin  deviz  standart.  Oltin  quyma  standartga  kirmagan  mamlakatlarda 

banknotalarni bevosita oltinga almashtirish tiklanmadi. Bu mamlakatlar o’z kredit 

pullarini  oltin  quyma  standartga  kiruvchi  mamlakatlarning  devizlariga  (ya’ni 

valyutalariga) almashtirishini mo’ljallangan edilar. Bu bir mamlakat valyutasining 

ikkinchi  davlat  valyutasiga  bog’liqlarini  keltirib  chiqarar  edi.  Pul  sitemasining  bu 

ko’rinishi oltin deviz standart nomini oldi. 1929-33 yillardagi jahon krizisidan keyin 

barcha  mamlakatlarda  oltin  deviz  standartning  ba’zi  elementlarini  oltin  dollar 

standart  o’zida  olib  qoldi.  Bu  standartning  o’ziga  xos  xususiyati  shunda  ediki; 

birinchidan, bu standartdan foydalanish huquqi faqatgina chet el emission banklari 

uchungina  saqlab  qolingan  edi,  ikkinchidan,  bu  standartda  faqatgina  AQSh 

dollarigina  oltin  bilan  aloqasini  saqlab  qolgan  edi  xolos.  1971  yil  dekabr  oyidan 

boshlab  dollarning  oltin  pariteti  bekor  qilinishi  bilan  oltin  standartning  barcha 



12 

 

ko’rinishlari o’z kuchini yo’qotdi. 



Oltin  standarti  barbod  bo’lishi  va  iqtisodiyotni  davlat  ishtirokida 

boshqarilishiga o’tilishi bilan metall pul nazariyasining o’rni boshqa nazariya bilan 

almashtiriladi.  Neometalizmoimining  asosiy  kamchiligi  shundaki,  ular  iqtisodni 

davlat  tomonidan  boshqarilishi  bilan  oltinga  almashtirilmaydigan  kredit  pullar 

orasida ichki bog’lig’ini e’tiborga olmadilar. 


Yüklə 475,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə