Mavzu: pulning va uning vazifalari


Pulning nominallik nazariyasi



Yüklə 475,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix19.02.2022
ölçüsü475,53 Kb.
#83921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
700. PULNING VA UNING VAZIFALARI с паролем.

Pulning nominallik nazariyasi

 

Nominalizm quldorlik tizimi davridagi faylasuflar ta’limotida yuzaga kelgan 



bo’lib,  bu  ilk  nominalizmdir.  Birinchi  nominalistlar  tanga  tarkibini  buzish 

(tanganing  og’irlik  miqdorini  kamaytirish)ni  ko’r-ko’rona  madh  etuvchilar 

bo’lganlar. Emirilib ketgan tangalarni teng qiymatli tangalar bilan muomalada bir 

xilda yurganligiga asoslanib, ular pulning metall miqdori emas, balki uning nominali 

muhimdir deb da’vo qilib chiqdilar. 

Nominalizm  XVII-XVIII  asrlarda  pul  muomalasi  to’la  qimmatga  ega 

bo’lmagan tangalar bilan to’lgan davrda shakllandi. Xuddi shu to’la qimmatga ega 

bo’lmagan  tangalar  (qog’oz  pullar  emas)  ilk  nominalizmning  asosida  yotar  edi. 

Xuddi metallizm nazariyasi singari ilk burjua nominalizm vakillari ham Angliyadan 

chiqdi.  Bular  episkop,  faylasuf-idealist  Dj.Berkli  (1683-1753y.)  va  iqtisodchi 

Dj.Styuart (1712-1780 y.) lardir. 

Nominalistlar quyidagicha xulosaga keldilar: pulni davlat bunyodga keltiradi 

pulning  qiymati  unda  ko’rsatilgan  nominali  bilan  aniqlanadi.  Xuddi  shu  bilan  bu 

nazariya nominalizm deb atala boshlandi. Nominalizmning asosiy xatosi shundaki, 

bu nazariya bo’yicha pulning qiymati davlat tomonidan aniqlanar emish. Dj. Berkli 

pul aslini olganda marka, uning qanday materialdan yasalganligining va nimani aks 

ettirishining qanaqa ahamiyati bor degan g’oyani oldinga surdi. Xuddi shu bilan u 

mehnat qiymat nazariyasini va pulning tovarlik tabiatini rad etdi. Pulning umumiy 

qiymat ekvivalenti sifatida ob’ektiv ravishda paydo bo’lish mohiyatini tushunmay, 

nominalistlar  uning  qiymati  davlatning  sub’ektiv  xohishi  va  irodasiga  bog’liq 

dedilar. 

Nominalistlar pulning qiymat o’lchovini va baholar masshtabini aralashtirib 




13 

 

yubordilar. Dj.Styuart pulni teng bo’lgan bo’laklardan iborat masshtab deb aniqladi. 



Shu  bilan  birgalikda  geografik  masshtabni  tushunish  va  ishlatish  mumkin  agar, 

buning asosida masofa mavjud bo’lsa; mahsulot og’irligini o’lchash mumkin, agar 

uqandaydir  og’irlikka  ega  bo’lsa;  shu  kabi  pul  ham  qiymat  o’lchovi  funktsiyasini 

bajaradi, agar u tovar bilan qandaydir hamjinslikka ega bo’lsa, deb uqtirdi. 

Nominalizmning  keyingi  rivojlanishi  (asosan  Germaniyada)  XIX  asrning 

oxiri  va  XX  asrning  boshiga  to’g’ri  keladi.  Bu  davr  nominalistlarning  asosiy 

namoyondalaridan  biri  G.Knap  (1842-1926y.)  edi.  G.Knap  o’zining  «Davlat  pul 

nazariyasi» (1905) asarida aytishicha pulning davlat tomonidan belgilanadigan sotib 

olish  qobiliyati  mavjud.  Shu  sababli  ham  pul  davlat  tomonidan  yaratiladi.  Bu 

nazariyani esa u davlat pul nazariyasi deb ataydi. 

Knapp  va  uning  izdoshlari  oldingi  noministlardan  farqli  o’laroq  o’z 

nazariyalarni  to’la  qimmatga  ega  bo’lmagan  tangalarga  emas,  balki  qog’oz 

pullargaasoslagan edilar. Knapp pul massasini tahlil qilishda davlat xazina biletlari 

vaalmashinadigan  tangalarnigina  e’tiborga  oldi.  Kredit  pullari  (veksel,  chek, 

banknota)  ni  u  alohida  kategoriya  deb  qarab,  o’z  izlanishlaridan  ularni 

chiqaribtashlaydi. Bu ularning katta xatosi edi. Nominalistlarning asosiy kamchiligi 

shundaki, ular pulning mohiyatini uning huquqiy asosidan izladilar. 

Pulning  miqdoriy  nazariyasi.  Miqdoriy  nazariya  XVI-XVIII  asrlarda 

merkantilistlarning  kontseptsiyasiga  reaktsiya  sifatida  paydo  bo’ldi.  Bu 

nazariyaning boshlovchisi frantsuz iqtisodchi J.Boden (1530-1596) edi. U birinchi 

bo’lib Evropada o’sha davrda yuz bergan «baholar revolyutsiyasi»ni ochib berishga 

harakat  qildi.  Baholarning  sakrashiga  sabab  Evropaga  Amerika  qit’asidan  oqib 

kelgan  qimmatbaho  metallar  bo’lganligini  tushuntirdi.  XVI-XVIII  asrlarda 

Evropada  oltin  miqdori  1500  yilda  bo’lgan  oltin  miqdoridan  16  marta  ko’payib 

ketgan  edi.  J.Boden  baholarning  o’zgarishi  muomaladagi  pul  miqdori  bilan 

aniqlandi deb tushuntirdi. Shu sababli ham bu nazariya miqdoriy nazariya deb nom 

oldi. Ammo ilk miqdoriy nazariya tarafdorlari pul miqdorining bahoga bo’ladigan 

ta’sirini va buni qanday yo’llar bilan va qaysihollarda bo’lishligini aniq ochib bera 




14 

 

olmadilar.



4

 

XVIII  asrga  kelib  bu  nazariyani  inglizlar  D.Yum  (1711-1726)  va  Dj.Mill 



(1773-1836)  hamda  frantsuz  Sharl  Monaskyo  (1689-1755)rivojlantirdilar.  Ingliz 

iqtisodchisi,  faylasuf,  psixolog  va  tarixchi  D.Yum  o’zining  sub’ektiv  idealistic 

qarashlari  bilan  qiymat  substantsiyasi  tushunchasini  rad  etdi.  Amerikadan 

qimmatbaho  metallarning  oqib  kelishi  va  baholarning  oshishi  orasidagi  to’g’ri 

proportsional bog’lanishni ko’rsatmoqchi bo’lib, u: «pul qiymatini uning miqdori 

belgilaydi» degan fikrini ilgari surdi. Yum fikricha, tovarlarning bahosi va pulning 

qiymati muomalada bo’lgan tovar va pul hajmi bilan aniqlanadi. Muomala pulning 

ko’payishi  oldin bir  tovar  bahosining  oshishiga,  keyin  ikkinchi  tovarning  va  oxir 

oqibatida barcha tovarlarning bahosining muomaladagi pul miqdoriga proportsional 

ravishda oshishiga olib keladi. Mana shu pulning miqdoriy nazariyadagi pul massasi 

o’rtasidagi  bog’liqlikni  ko’rsatadi  va  munosabat  Baholar  darajasining  o’sish 

sur’atlari  =  Pul  massasi  o’sish  sur’atlari  Demak,  tovarlar  bahosi  hamisha  pul 

miqdoriga to’g’ri proportsional bo’ladi. 

Haqiqatda esa yangi oltin va kumush konlarining ochilishi bilan bu metallar 

kamroq ijtimoiy mehnatni o’zlarida aks ettira boshladilar. 

Shunday qilib, miqdoriy nazariya vakillarining fikrlari shunda ediki: pulning 

sotib olish qobiliyati xuddi baho kabi (yangi tovar bahosi kabi) bozorda aniqlanadi

muomalada barcha chiqarilgan pullar bo’ladi; pulning sotib olish qobiliyati 

pul  miqdoriga  teskari  proportsional  va  baholar  o’zgarishi  pul  miqdoriga  to’g’ri 

proportsional.  Miqdoriy  nazariya  pulning  faqat  muomala  vositasi  ekanligini  ko’ra 

oldi,  xolos.  Ular  ta’kidlashicha  pul  va  tovar  massalarining  to’qnashishi  natijasida 

baholar  belgilanadi  va  pulning  qiymati  aniqlanadi.  K.Marks  Yumni  tadnqid  qilib, 

uning asosiy xatosi shundaki, u «pul muomalaga kirayotganda qiymatga ega emas, 

tovar esa bahoga ega emas» degan noto’g’ri taxminda edi» deb yozgan edi. 

Ularning  ikkinchi  xatosi  shunda  ediki,  ular  hamma  pul  massasi  faqat 

 

4



 Razzoqov  A.,  Toshmatov  Sh.,  O’rmonov  N.  Iqtisodiy  ta’limotlar  tarixi.  Darslik  (lotin  yozuvida).  -  T.  “Iqtisod-

moliya”, 2007. –320 b.

 

 



15 

 

muomalada  bo’ladi  deb  qarashgan.  Aslida  qiymat  qonuniga  muvofiq  muomala 



uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlovchi iqtisodiy qonun mavjud. Muomalada 

bo’lgan  haqiqiy  naqd  pulga,  har  qanday  pul  miqdori  emas  balki,  shu  davr  uchun 

zarur  bo’lgan,  to’lov  muddati  uzaytirilgan,  hisob-kitoblar  va  pul  biriklarining 

aylanishida band bo’lgan pullar kiradi. 

Miqdoriy  nazariya  xazinaning  metall  pul  muomalasida  stixiyali  regulyator 

ekanligini rad etadi. 

Pul  nazariyasining  yangicha  talqin  qilinishi.  Zamonaviy  miqdoriy  nazariya 

qog’oz  pullar  muomalasiga  asoslanadi.  Bu  nazariya  A.  Marshall,  amerikalik  I. 

Fisher, shvedlar G. Nassel va B. Xansen, iqtisodchi A. Pigu, monetarist M. Fridmen 

tadqiqotlarida o’z aksini topdi. Amerikalik iqtisodchi, statistik va matematik I.Fisher 

(1867-1942yy) pulning miqdori nazariyasiga yangi sifat kiritdi. U pulning mehnat 

qiymatini rad etdi va pulning «sotib olish quvvati»ga asoslandi. 

Miqdoriy  nazariyani  matematik  yo’l  bilan  isbotlamoqchi,  bo’lgan  I.  Fisher 

pulning «sotib olish quvvatiga» ta’sir etuvchi olti faktorni ko’rsatdi: 

M-muomaladagi naqd pul massasi

V-pulning aylanish tezligi

R-o’rta (tortilgan) baho; 

Q-tovarlar miqdori; 

MI-bank depozitlari yig’indisi; 

VI-depozit-chek muomalasi tezligi. 

Tovarlar  uchun  to’langan  pul  yig’indisi,  tovarlar  yig’indisining  tovarlar 

bahosiga ko’paytmasiga teng: 

Bu  tenglamani  Fisher  «almashinuv  tenglamasi»  deb  atadi.  Yuqoridagi 

formula asosida muomaladagi pul massasini topish mumkin. 

Endi Fisher nazariyasining ba’zi kamchiliklarini ko’rib chiqsak. Birinchidan, 

u tovarlar baholari yig’indisi o’rniga, barcha tovarlar miqdorining o’rtacha tortilgan 

baholarini  oladi.  (RQ).  Uning  fikricha,  tovarlar  bozorga  bahoga  ega  bo’lmagan 

holda kirib keladi. Qiymat nazariyasiga ko’ra esa, tovar bozorga baho bilan kiradi. 

Demak,  bahoni  tovardan  ajratish  mumkin  emas.  Ikkinchidan,  Fisher  uzoq  vaqt 



16 

 

oralig’idagi  V  va  Q  o’zgaruv-chilarni  o’zgarmas  (bir  maromli)  deb  oldi.  Buning 



natijasida esa ikkita erksiz o’zgaruvchi - pul miqdori va baho qoladi. 

Uchinchidan, bu ikki o’zgaruvchilarning o’zaro bog’liqligidan kelib chiqib, 

Fisher bir tomonlama xulosa qilib baholar ko’lami natija bo’lib, u boshqa omillar 

o’zgarishiga  sabab  bo’la  olmaydi  debdi.  Pulning  miqdori  nazariyalaridan  biri 

Kembrij  yoki  kassa  qoldiqlari  nazariyasidir.  Bu  nazariyani  A.  Marshall.  A.  Pigu 

keyinchalik  J.  Keyns  targ’ibot  qilgan.  Bu  g’oya  bo’yicha  pul  harakatining  boshi 

bo’lib jismoniy va huquqiy shaxslarning xudsalik oborotida bo’lgan pullar (kassa 

qoldiq  pullari)  hisoblanadi.  Kassa  qoldiqlaridan  A.  Pigu  fikri  bo’yicha  ist’emol 

fondlardan  tashqari  sug’urta  fondi,  investitsiya  bo’yicha  jamg’arma  fondi  tashkil 

qilinishi kerak. Pigu tenglamasi «almashuv tenglamas»dan farq qiladi. Ya’ni unda 

yangi  ko’rsatkich  «jamg’arma  koeffitsienti»  qo’llanilgan  bo’lib  quyidagi 

ko’rinishida ifodalanadi. 

Bu erda, K - koeffitsient yoki RP ning bir qismi (pul shaklida), kassa qoldig’i. 

R - ma’lum davr ichida ishlab chiqarilgan real mahsulot hajmi. Masalan, RP - 800 

mlrd. dollar bo’lsa, K uning 1/8 qismini tashkil qiladi. U vaqtda M q 800 mlrd.  8 q 

100  mlrd.  dollar.  Demak,  yaratilgan  yalpi  mahsulotni  ko’rsatilgan  bahoda 

joylashtirish uchun RP dan 8 marta kam bo’lgan pul massasi zarur. Hozirgi zamon 

monetarizmi.  Monetarizm  pul  nazariyasi  50  yillar  o’rtasida  paydo  bo’lgan.  Bu 

oqimning  ko’zga  ko’ringan  namoyondasi  M.  Fridman  hisoblanadi,  u  Chikago 

universitetining professori, iqtisod sohasidagi Nobel mukofoti laureati. Bu oqimga 

M. Fridmandan tashqari K. Brunner, A. Moltser, D. Leydler, F. Keygen va boshqa 

iqtisodchilar kiradi. 

Pul  nazariyada  katta  muvaffaqiyat  qozongan  g’oya  -  Fridmanning  pulning 

miqdoriy  nazariyasi  bo’lib,  u  muomaladagi  pul  miqdori  o’zgarishi  bilan  Tovar 

baholari  o’zgarishi  o’rtasidagi  bog’liqlikni,  monetar  siyosat  nazariyasi,  ya’ni 

jamiyat  holda  bo’lgan  iqtisodiy  tebranishlar  pul  massasining  o’zgarish  tufayli 

bo’lishi, pulning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri kabilarni yoqlab chiqadi. Yoozirgi 

zamon monetarizmiga bir guruh iqtisodchilar qalamiga mansub «Pulning miqdoriy 

nazariyasiga oid tadqiqotlar» (1956yil) deb nomlangan asar bilan asos solindi. Uning 



17 

 

M=  K  x  R  x  P  bir  qismi  (pul  shaklida)  bosh  g’oyasi-iqtisodiy  o’sishni  bozor 



mexanizmi  ta’minlaydi,  bu  mexanizming  asosiy  vositasi  pul  hisoblanadi  degan 

xulosadan  iborat.  Monetarizm  pulni  olqishlovchi  nazariyadir.  Monetaristlar 

iqtisodiy  o’sishning  eng  muhim  sharti  inflyatsiyani  daf  etish  va  pulni 

sog’lomlashtirish,  pulni  xo’jalik  muomalasi  vositasiga  aylantirish  deb  qaraydilar. 

Ularning  fikriga,  davlatning  iqtisodiyotga  aralashishi  pul  muomalasini  tartibga 

solish  bilan  cheklanishi  kerak.  Monetaristlar  ilgaridan  ma’lum  bo’lgan  pulning 

miqdoriy  nazariyasiga  borib  tutashadigan  «barqaror  pul»  nazariyasini  olg’a 

suradilar. Ular pul va iqtisodiy faollik o’rtasida uzviy bog’lanish borligini qayd qilib, 

iqtisodiy  krizislarning  sababini  pul  muomalasidagi  buzilishlardan  axtardilar: 

Pulning  etishmay  qolishi  iqtisodiy  o’sishini  susaytira  borib,  turg’unlik  holatini 

keltirib  chiqaradi,  bu  esa  avval  yuzaroq  tanglikka,  so’ngra  esa  chuqur  iqtisodiy 

tanglikka  olib  keladi.  Binobarin,  iqtisodiy  tsikl  pul  miqdoriga  bog’liq,  bu  o’z 

navbatida  pul  emitenti  bo’lgan  Markaziy  bank  faoliyatiga  bog’liq.  Pul-kredit 

siyosatini  o’zgartirib  tanglikdan  chiqish  va  iqtisodni  rivojlantirish  mumkin. 

Monetaristlar  iqtisodiyotda  bosh  masala  ishlab  chiqarish  va  pul  massasining 

tengligigi  bo’lib,  shu  orqali  makroiqtisodiy  muvozanat  hosil  etish  mumkin  deb 

hisoblanadilar. 

M.  Fridmen  kassa  qoldig’i  talabi  milliy  daromad,  depozit  baho  qog’ozlar, 

tovarlar bahosining o’sishi va boshqa omillarga bog’liq ekanligini ko’rsatadi va uni 

qo’yidagi formula bo’yicha ifodalaydi. 

Bu erda: 

Mc - rejalashtirilayotgan kassa qoldig’i, 

f - Y, X larning o’zgaruvchan funktsiyasi

Y - milliy daromad, 

X - yuqorida keltirilgan jami omillar 

h, p, y, u - boshqa ta’sir etuvchi osillar. 

Faqat  monetarizm  emas,  balki  boshqa  nazariyalar  ham  pul  massasi  bilan 

ishlab  chiqarish  o’rtasida  bog’lanish  mavjudligini  tan  oladi.  Farq  shundaki, 

monetarizm  bu  bog’lanishni  bosh  masala  deb  qaraydi.  Uning  namoyondalari  pul 



18 

 

massasiga  ta’sir  etuvchi  chora-tadbirlar  davlat  investitsiyasidan  farqliroq  darhol 



iqtisodiy vaziyatiga ta’sir etadi deb qaraydilar. 

Monetaristlar  iqtisodiyotga  amaliy  jihatdan  yondashib,  pul  massasini  yiliga 

o’rtacha 3% oshirishni tavsiya etishadi. 

Ammo  monetaristlar  keyingi  paytlarda  iqtisodiyotda  yuz  bergan 

o’zgarishlarni  inobatga  olib,  pul  massasini  doimiy  ravishda  va  bir  me’yorda  olib 

borishni ma’qul deb bildilar. Bu me’yor shundayki, pul miqdorining o’sishi mehnat 

unumdorligining o’sishi su’ratiga nisbatan 1-2% yuqori bo’lishi kerak. Buning bir 

me’yorda  o’sib  borishi  iqtisodiyotni  barqarorlashtirishga  va  tsiklli  tebranishlarini 

cheklashga  imkon  beradi.  Monetaristlar  tavsiyalariga  binoan  bir  qator 

mamlakatlarda  qonun  yo’li  bilan  pul  massasi  aniq  belgilanadi  yoki  yuqori,  quyi 

chegarasi ko’rsatiladi. 

Monetarizm  uchun  bosh  masala  antiinflyatsion  siyosatni  asoslashdir. 

Monetarizm tavsiyasiga asoslangan ba’zi mamlakatlarda pul miqdori ustidan qattiq 

nazorat  o’rnatish,  inflyatsiyaning  oldini  olish  iqtisodiy  o’sishga  ijobiy  ta’sir 

ko’rsatmoqda.  Monetaristlar  iqtisodiyotda  bosh  masala  ishlab  chiqarish  va  pul 

massasining  tengligigi  bo’lib,  shu  orqali  makroiqtisodiy  muvozanat  hosil  etish 

mumkin deb hisoblanadilar. 

 


Yüklə 475,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə