Mavzu: pulning va uning vazifalari


    1.1.  Pul massasini tartibga solish muammolari



Yüklə 475,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix19.02.2022
ölçüsü475,53 Kb.
#83921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
700. PULNING VA UNING VAZIFALARI с паролем.

 


19 

 

1.1.  Pul massasini tartibga solish muammolari 

Pul muomalasining muhim ko’rsatkichi bo’lib pul massasi hisoblanadi. Pul 

massasi xo’jalik oborotidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat 

tashkilot, muassasalariga tegishli xarid va to’lov vositalarining yalpi hajmini o’zida 

ifodalaydi.  

Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davr uchun miqdoriy 

o’zgarishlarini  bilish  uchun,  shuningdek  pul  massasi  hajmi  va  o’sish  su’ratlarini 

tartibga  solish  bo’yicha  tadbirlarni  ishlab  chiqarish  uchun  turli  xil  ko’rsatkichlar 

(pulagregatlari) dan foydalaniladi.

5

  

Sanoati  rivojlangan  mamlakatlarning  moliya  statistikasida  pul  massasini 



aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to’plamidan (guruhidan) foydalaniladi:  

M-1 agregati - muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank 

schyotlaridagi mablag’larni o’z ichiga oladi;  

M-2  agregati  -  M-1  agregati  va  tijorat  banklaridagi  muddatli  va  jamg’arma 

qo’yilmalaridan (to’rt yilgacha) tarkib topgan;  

M-3  agregati  -  o’z  ichiga  M-2  agregati  va  ixtisoslashgan  kredit 

muassasalaridagi jamg’arma qo’yilmalarini kiritgan;  

M-4  agregati  -  M-3  agregati  hamda  yillik  tijoriy  banklarining  depozitli 

sertifikatlaridan iborat.  

AQSh  da  pul  massasini  aniqlash  uchun  4ta  pul  agregati,  Yaponiya  va 

Germaniyada - 3ta, Angliya va Frantsiyada - ikkita pul agregatidan foydalaniladi. 

Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan to’g’ri 

pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rossiya Federatsiyada 

muomaladagi  jami  pul  massasi  hisob-kitobi  uchun  quyidagi  pul  agregatlari 

qo’llaniladi.  

M-O agregati - naqd pullar;  

M-1  agregati  -  M-O  agregati  va  hisob-kitob,  joriy  va  boshqa  schyotlar 

(maxsus  schyotlar,  kapital  qo’yilmalar  schyotlari,  akkreditiv  va  chek  schyotlari, 

 

5

 



 

Nosova S.S. Ekonomicheskaya teoriya. Elementarnыy kurs: ucheb. posob. M.: KNORUS, 2010. – 510s.

 



20 

 

mahalliy  byudjet  schyotlari,  byudjet,  kasaba,  uyushmalari  jamoat  va  boshqa 



tashkilotlarning  schyotlari,  davlat sug’urta  mablag’lari,  uzoq  muddatga  kreditlash 

fondi)  dagi  mablag’lar  tijorat  banklariga  qo’yilmalar  va  jamg’arma  banklaridagi 

talab qilib olinadigan depozitlarning yig’indisiga teng;  

M-2  agregati  -  M-1  agregati  va  jamg’arma  banklaridagi  muddatli 

qo’yilmalardan iborat;  

M-3  agregati  -  M-2  agregati  hamda  depozitli  sertifikatlar  va  davlat  zayom 

obligatsiyalari yig’indisidan iborat.  

Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo’lish mumkin, ya’ni pul 

massasining  aktiv  qismi  -  bu  pul  mablag’larining  xo’jalik  faoliyatidagi  turli  xil 

shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog’liq qismi va ikkinchisi passiv qism 

- jamg’armadagi pullar va schyotlardagi qoldiqlar hisoblanadi.  

Pul  massasi  naqd  pullardan  tashqari  muddatli  schyotdagi  mablag’  va 

jamg’armalarni,  depozit  sertifikatlari,  investitsion  fondlarning  aktsiyalarini  o’z 

ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» - qariyb pullar deb ham 

yuritiladi.  Kvazi  -  pullar  likvid  aktivlar  bo’lib,  ular  tez  orada  pulga  aylanishi 

mumkin.  

Pul  massasining  turli  xil  ko’rsatkichlarini  ishlatish  pul  muomalasi  holatini 

tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga imkon beradi. Mamlakat miqyosida 

pul massasi hajmining o’zgarishi muomaladagi pul massasining o’zgarishi natijasi 

va pulning aylanish tezlashganligi natijasi bo’lishi mumkin.  

Pulning aylanish tezligi - pul muomala vositasi va to’lov vositasi sifatida amal 

qilgandagi  uning  harakat  ko’rsatkichidir.  Uni  miqdorini  hisoblash  qiyin,  shuning 

uchun uni hisob-kitob qilishda bilvosita ma’lumotlardan foydalaniladi.  

Sanoati rivojlangan mamlakatlarda asosan pul aylanish tezligi o’sishining ikki 

ko’rsatkichi hisoblanadi:  

-  daromadlar  aylanma  oborotida  pulning  muomalada  bo’lish  tezligi 

ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkich yalpi milliy mahsulot (yamm) yoki milliy daromadning 

pul massasiga, aniqrog’i M-1 yoki M-2 pul agregatiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu 

ko’rsatkich  pul  muomalasi  va  iqtisodiy  rivojlanish  jarayoni  orasidagi  o’zaro 



21 

 

aloqadorlikni ko’rsatadi;  



- to’lov oborotida pulning aylanuvchanlik ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkich joriy 

bank schyotlari bo’yicha o’tkazilgan mablag’lar yig’indisining pul massasi o’rtacha 

qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.  

Pulning aylanish tezligining o’zgarishi umumiqtisodiy (iqtisodiyotning tsiklik 

rivojlanishi, iqtisodiy o’sish, narxlar su’ratlari), to’la monetar (to’lov oboroti tarkibi, 

kredit  operatsiyalari  va  o’zaro  hisob-kitoblarning  rivojlanishi,  pul  bozorida  foiz 

stavkalarning darajasi va h.k. lar) omillariga bog’liq.  

Pul  aylanishining  tezlashuviga  metall  pullarning  kredit  pullar  bilan 

almashtirishishi, o’zaro hisob-kitoblar tizimining rivojlanishi, banklar ishiga EYoM 

ning  kiritilishi,  pullik  hisob-kitoblarda  elektron  vositalarining  ishlatilishi  yordam 

beradi.  

Pul  qadrsizlangan  hollarda  iste’molchilar  pullarining  to’lov  qobiliyatini 

saqlab  qolish  uchun  tovarlar  ko’proq  xarid  qiladilar.  Bu  esa  pul  aylanishini 

tezlashtiradi.  Boshqa  ko’rsatkichlar  o’zgarmas  bo’lganida  pul  aylanishining 

tezlashishi pul massasi oshishini bildiradi.

6

 




Yüklə 475,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə