Mavzu: pulning va uning vazifalari



Yüklə 475,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix19.02.2022
ölçüsü475,53 Kb.
#83921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
700. PULNING VA UNING VAZIFALARI с паролем.

 

 

 

6



 

Nosova S.S. Ekonomicheskaya teoriya. Elementarnыy kurs: ucheb. posob. M.: KNORUS, 2010. – 510s.

 



22 

 

1.2. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari 

 Inflyatsiya  lotincha  «inflatio»  so’zidan  olingan  bo’lib  «ish»,  «bo’rtish», 

«ko’pchish»  degan  ma’noni  anglatadi.  Bu  so’z  XIX  asrning  o’rtalaridan  boshlab 

iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda 

xavfli o’sma kasalini ifodalashda qo’llanilgan.  

Tarix haqiqatda ham bu so’zning har tomonlama xavfli ekanligini ko’rsatdi. 

Chunki  inflyatsiya  qandaydir  alohida  olingan  bozorda  tovarlar  va  xizmatlar 

narxining  o’sishidangina  iborat  bo’lmasdan,  bu  umumiqtisod  uchun  xavfli 

hodisadir.  Inflyatsiya  so’zining  iqtisodiy  o’girtmasi  -  muomalada  mavjud  bo’lgan 

tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko’p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi.  

Iqtisodda 

inflyatsiyaning 

yakuni 


tovarlar 

bahosining 

o’sishiga, 

qoniqtirilmagan,  lekin  qisman  to’lanishi  mumkin  bo’lgan  talablarning  vujudga 

kelishga  olib  keladi.  Odatda  inflyatsiyaning  bu  turi  -  klassik  inflyatsiya  deb 

yuritiladi.  

Inflyatsiya  so’zi  pul  muomalasi  sohasida  AQSh  ning  Shimoliy  va  Janubiy 

shtatlari o’rtasida fuqarola urushi bo’lganda muomalaga juda ko’p miqdorda (450 

mln.  grin  bek)  qog’oz  dollar  chiqarilgan  vaqtdan  boshlab  qo’llanila  boshlagan. 

Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan. Agar 

tarixga  e’tibor  beradigan  bo’lsak,  urush  va  boshqa  ofatlar  sababli  davlat 

xarajatlarning  oshib  ketishi,  inflyatsiya  bilan  uzviy  bog’liq.  Masalan,  Angliyada 

kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada - 

frantsuz  revolyutsiyasi  davrida,  Rossiyada  XIX  asrning  o’rtalarida  namoyon 

bo’lgan.  

Germaniyada  juda  yuqori  sur’atlardagi  inflyatsiya  1923  yillarda  bo’lib, 

muomaladagi  pul  massasi  496  kvintillion  markagacha  etgan  va  pul  birligi  trillion 

marta  qadrsizlangan.  Bu  tarixiy  misollar  ko’rsatadiki,  inflyatsiya  hozirgi  davr 

jarayoni bo’lmasdan, tarixan mavjud bo’lgan jarayondir.

7

 



Inflyatsiya  va  uning  rivojlanishi  alohida  olingan  mamlakatda  ma’lum 

 

7



 

Shodmonov Sh.Sh., Mamaraximov B.E. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma’ruzalar matni. – T.: Iqtisod-moliya, 2016. – 

728 bet.

 



23 

 

xususiyatlarga  ega  bo’lishi  mumkin.  Yoozirgi  davr  inflyatsiyasi,  o’tgan  davr  



inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik 

bo’lib,  ular  odatda  urush  vaqtida  harbiy  xarajatlarni  qoplash  uchun  qog’oz  pullar 

chiqarilishi  natijasida  yuzaga  kelgan.  Biror  daromad  olmasdan  turib,  ya’ni  ishlab 

chiqarish va tovarooborot sur’atlarini oshirmasdan yoki bu ko’rsatkichlar kamayib 

ketgan holda davlat tomonidan bo’ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy 

yo’llaridan  biri  qog’oz  pullarni  muomalaga  chiqarishdan  iborat  bo’lgan.  Natijada 

muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo’lgan oltin miqdoridan oshib 

ketgan  va  pulning  real  qiymati  uning  nominal  qiymatidan  tushib  ketgan,  ya’ni, 

xaqiqatda  pul  birligi  o’zida  ko’rsatilganidan  kam  oltin  miqdorni  ifoda  qila 

boshlagan.  

Oldingi inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular ma’lum davrda 

namoyon bo’lgan. Yoozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik) xarakterga 

ega bo’lib xo’jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan, pul omillaridan 

tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi.  

Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo’lib, sifati ham 

o’zgarib  bormoqda.  Buning  sababi  shundaki,  hozirgi  kunlardagi  inflyatsiya: 

birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining 

buzilishi natijasida umumxo’jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX 

asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo’lib qolmasdan, ishlab 

chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi.  

Hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi 

natijasida  pul  muomalasi  qonunining  buzilishi;  ikkinchidan;  -  ishlab  chiqarishga 

ketadigan xarajatlar salmog’ining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va 

shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.  

Inflyatsiyaning  asosiy  sababi  -  bu  xalq  xo’jaligining  turli  sohalari  o’rtasida 

vujudga  kelgan  nomutanosiblikdir.  Bu  avvalambor,  jamg’arma  va  iste’mol 

o’rtasidasidagi,  talab  va  taklif,  davlatning  daromadlari  va  xarajatlari  o’rtasidagi 

muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi 

nomutanosibliklardan iboratdir.  



24 

 

Inflyatsiyani  yuzaga  keltiruvchi  omillarga  qarab  uning  sabablarini  ichki  va 



tashqi sabablarga bo’lish mumkin.  

Inflyatsiyaning ichki omillari monetar-pul siyosati bilan va xo’jalik faoliyati 

bilan  bog’liq  turlariga  bo’linadi.  Xo’jalik  faoliyati  bilan  bog’liq  omillar  bu 

xo’jalikdagi  va  iqtisoddagi  mutanosiblikning  buzilishi,  ishlab  chiqarishda  yakka 

hukmronlikka  yo’l  qo’yish,  iqtisodning  tsiklik  rivojlanishi,  investitsiyalashda 

nomutanosiblik,  baholarni  tashkil  qilishda  davlatning  yakka  hokimligi,  kredit 

siyosatining  notug’ri  olib  borilishi  va  boshqalar  hisoblansa,  pul  bilan  bog’liq 

omillarga  davlat  moliyasi  sohasidagi  krizislar;  davlat  byudjetning  defitsiti,  davlat 

qarzlarining  o’sishi,  pul  emissiyasi,  pul  muomalasi  qonunining  buzilishi, 

kreditlashda avtomatizmga yo’l qo’yish va boshqalar kiradi.  

Inflyatsiyaning  tashqi  omillariga  jahon  iqtisodida  bo’lgan  krizislar,  (xom 

ashyo,  yoqilg’i,  valyuta  bo’yicha)  davlatning  valyuta  siyosati,  davlatning  boshqa 

davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zahiralari bilan bo’ladigan 

noqonuniy operatsiyalar va boshqalar bo’lishi mumkin.  

Ijtimoiy  ishlab  chiqarish  rivojlanishida  yuzaga  keluvchi  disproportsiyalar 

sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to’xtovsiz o’sishi va natijada 

pul  muomalasi  qonunining  buzilishi  oqibatda  pul  biriligining  qadrsizlanishiga 

inflyatsiya deb aytiladi.

8

  

Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:  



1. Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida 

pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;  

2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;  

3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.  

Ba’zi  bir  iqtisodchilarimizning  fikricha  inflyatsiya  -  bu  barcha  tovarlar 

baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o’sgan taqdirda ham ayrim 

tovarlar bahosi barqaror bo’lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin ekan.  

Bizning  fikrimizcha,  bunday  xulosalar  70-80  yillarning  inflyatsiyasiga  mos 

kelishi mumkin.  

 

8



 

Xodiev B.Yu., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: Barkamol fayz-media, 2017. – 783 bet.

 



25 

 

Albatta,  inflyatsiya  davrida  baholarning  oshishi  doim  bir  xil  sur’atlarda 



bo’lmasdan,  sakrab  turadigan  bo’lishi  mumkin.  Lekin,  ba’zi  tovarlar  bahosining 

tushishi yoki barqaror bo’lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to’liq 

ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba’zida davlat aralashuvi bilan aholi iste’moli uchun 

zarur bo’lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma’lum davrda barqaror ushlab turish 

mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir 

oqibatda  oshishiga  olib  keladi.  Bizning  fikrimizcha,  baholar  oshishi  to’g’risida 

gapirganda,  inflyatsiya  darajasida  baholar  oshishi  va  umuman  baholar  oshishi 

tushunchalarini  to’g’ri  talqin  qila  olish  kerak.  Masalan,  xamma  vaqt  ham  ba’zi 

tovarlar  bahosining  oshishi  inflyatsiyani  anglatmasligi  mumkin.  Tovarlar  bahosi 

oshishi inflyatsiya bo’lmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida ham bo’lishi 

mumkin.  

Inflyatsiyaning  turlari  va  toifalari.  Xalqaro  amaliyotda  bozorda  tovarlar  va 

xizmatlar  bahosining  o’sib  borishiga  qarab  inflyatsiyani  bir  necha  turlarga  bo’lib 

qaraladi:  

-Sudraluvchi  inflyatsiya.  Baholarning  o’rtacha  yillik  o’sishi  5-10%  dan 

oshmaydi.  

Inflyatsiyaning  bu  turi  ko’proq  rivojlangan  mamlakatlarga  xos  bo’lib, 

mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3-4% atrofida ham 

bo’lishi mumkin. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni 

rag’batlantiruvchi  omil  sifatida  namoyon  bo’lishi  mumkin.  Pulning  qiymati 

barqarorligidagi o’zgarish sezilmasligi mumkin.  

-Shiddatli inflyatsiya. Baholarning o’rta yillik o’sishi 10-100% (ba’zida 200% 

gacha)  bo’lishi  mumkin.  Inflyatsiyaning  bu  turi  rivojlanayotgan  mamlakatlarda 

ko’proq uchraydi.  

-Giperinflyatsiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200% dan oshib ketadi. 

Bu inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi 

va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o’zgarishi bilan bog’liq. Yoozirgi davrda XVF 

baholar oyiga 50% dan oshgan vaqtda bu giperinflyatsiya deb qabul qilgan.  

Giperinflyatsiya davrida baholar kun sayin oshib boradi va baholar bilan ish 



26 

 

haqi o’rtasidagi farq juda yuqori bo’ladi. Aholining yashash sharoiti qiyinlashadi, 



korxonalar  faoliyati  yomonlashadi.  Xo’jalik  faoliyati,  bozor  faoliyatida 

naturallashtirish avj oladi.  

Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko’rsatish 

mumkin:  talab  inflyatsiyasi  va  ishlab  chiqarish  bilan  bog’liq  inflyatsiya  (taklif 

inflyatsiyasi).  

Talab  inflyatsiyasi.  Inflyatsiyaning  bu  an’naviy  turi  talab  oshib  ketganda 

yuzaga  keladi.  Ishlab  chiqarish  sohasi  aholining  talabini  to’la  qondira  olmaydi, 

taklifga  nisbatan  talab  oshib  ketadi.  Natijada  tovarlar  bahosi  o’sadi.  Kam 

miqdordagi tovarlarga ko’p pul massasi to’g’ri keladi.  

Talab inflyatsiyaning yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat.  

a) harbiy xarajatlarning o’sishi va iqtisodning militarlashuvi. Harbiy texnika 

sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar 

muomalaga keragidan ortiqcha pul chiqarishning omili hisoblanadi.  

b)  davlat  qarzlarning  o’sishi  va  byudjet  defitsitining  mavjudligi.  Byudjet 

defitsiti  odatda  zayomlar  chiqarish  yoki  banknotalar  emissiya  qilish  yo’li  bilan 

qoplanadi. Bu o’z navbatida qo’shimcha muomala vositalari bo’lishiga, qo’shimcha 

talab  yuzaga  kelishiga  olib  keladi.  O’zbekistonda  byudjeti  defitsitini  qoplash 

yuqorilardagidan  tashqari  1996  yildan  boshlab  davlat  qisqa  muddatli 

majburiyatlarini (DQMO) sotish orqali ham qoplanmoqda.  

v) Xalq xo’jaligiga ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan 

bog’liq  muomala  vositalari  yuzaga  keladi.  Bular  tovar  va  xizmatlarga  bo’lgan 

talabni oshiradi.  

g) Chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishi va uning milliy valyutaga 

almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan 

chet el valyutaning qadri oshadi.  

d) Xalq xo’jaligining etakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investitsiyalash 

ham oborotga qo’shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishiga olib keladi.  

Shunday qilib, talab inflyatsiyasi umumiy talabning o’sishi natijasida baholar 

o’sishi bilan namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarish bilan bog’liq (taklif) inflyatsiyasi.  



27 

 

Bu inflyatsiyaning sabablari quydagilar bo’lishi mumkin:  



a) har xil jarayonlar va tarkibiy o’zgarishlar tufayli mehnat unumdorligining 

pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi. Umuman 

xalq  xo’jaligi  bo’yicha  ishlab  chiqarish  hajmi,  binobarin,  tovarlar  bo’yicha  taklif 

qisqaradi va tovarlar bahosi oshadi. Korxonalarning foyda hajmi qisqaradi.  

b) har xil yangi xizmat turlari paydo bo’ladi ishlab chiqarishga nisbatan kam 

mehnat unumdorligida yuqori ish haqi olishga imkoniyat tug’iladi. Natijada tovar va 

xizmatlarga bo’lgan baho oshib boradi.  

v) aholini sotsial jihatdan himoyalash maqsadida ish haqining oshishi, tovarlar 

bahosining oshishiga olib keladi va yana ish haqi oshadi va h.k. bu zanjir uzluksiz 

davom qilish mumkin.  

Inflyatsiyada  nafaqat  chakana  baho,  balki  ulgurji  baho  ham  oshib  boradi. 

G’arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichi qilib chakana baholarning 

o’zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar ma’lum davrda baholar ikki marta oshsa, 

pul ham ikki marta qadrsizlangan deb hisoblanadi.  

Chakana  baholar  o’sishini  hisoblash  maxsus  davlat  organlari  tomonidan 

aniqlanadigan  baholar  indeksiga  asoslanadi.  Baxolar  indeksini  hisoblashning 

boshlang’ich  nuqtasi  qilib  (yuz  foiz  deb)  bazis  yili  olinadi  va  joriy  yilda  baholar 

o’zgarishi, o’rtacha yillik o’sishi sur’ati hisoblanishi mumkin.  

Baholar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar bahosi yig’indisi, ya’ni, 

tovarlar bozor savati bahosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy 

bahosi, ya’ni bozor savati bahosiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin.  

Baholar  indeksini  hisoblashda  iste’mol  tovarlar  bahosining  indeksi  katta 

axamiyatga  ega.  Baholar  indeksi  turli  usullarda  baholar  darajasini  solishtirishga 

imkon  beradi.  Joriy  yildagi  baholar  indeksining  bazis  yildagi  baholar  indeksiga 

nisbatan  oshishi  -  inflyatsiya  -  «Baholar  darajasining  oshishi»  dan,  baholar 

indeksining  kamayishi-deflyatsiya-«Baholar  darajasining  kamayishi»  dan  dalolat 

beradi.  

Aytaylik bazis davr 1990 yil bo’lsin (Baholar darajasi 100% deb olamiz) va 

1997 yilda baho darajasi 350. Demak 1990 - 1997 yillarda baholar 3,50 marta yoki 



28 

 

250% ga oshgan, yoki 1990 yilda biror tovar 100 so’m turgan bo’lsa, 1997 yilda shu 



tovar 350 so’m turadi. joriy (1997) yilda bozor savati = joriy (1997) yilda х 100 

bazis yilda aynan bozor savat bahosi (masalan 1990 yil) Baholar indeksini Iste’mol 

tovarlar bahosi indeksidan tashqari ba’zi guruh tovarlar va xizmatlar masalan, kiyim, 

oyoq  kiyimlar,  transport,  uy  joy  xizmatlari  va  boshqalar  bo’yicha  baholar 

indekslarini hisoblash mumkin.  

Baholar indeksiga asoslanib inflyatsiya sur’atlarini aniqlash mumkin. Buning 

uchun joriy yil baholar indeksidan bazis davr baholar indeksini chegirib, bazis davr 

baholar indeksiga bo’lamiz. Masalan, 1990 yilda ist’emol tovarlarning baho indeksi 

110,  1997  yilda  140  bo’lsa,  1997  yilda  inflyatsiya  sur’ati  quyidagicha 

aniqlanadi.Demak, 1997 yilda inflyatsiyaning o’sish sur’atlari taxminan 27,3% teng 

bo’ladi.  

Inflyatsiyaning  o’sish  sur’atlari  to’g’risida  gapirganda,  uning  rivojlanishini 

son jihatdan aniqlanishning boshqa yo’li ham mavjud. Buning usul «70 lar qoidasi» 

deb  ataladi.  Agar  har  yili  inflyatsiya  darajasi  ma’lum  bo’lsa,  baholar  ikki  karra 

oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniqlash mumkin. Buning uchun «70» ni 

har  yilgi  inflyatsiya  darajasiga  bo’lish  kerak.  Masalan,  inflyatsiyaning  har  yillik 

darajasi 5% bo’lsa, baholar darajasi 14 yildan keyin, ikki karra oshishi kerak. Agar 

har yillik inflyatsiyasi darajasi 20% bo’lsa, baholar darajasi 3 yildan keyin ikki karra 

oshishi kerak.  

Shuni ta’kidlash kerakki, bu usul hamma vaqt ham, masalan, inflyatsiyaning 

o’sishi  sur’atlari  yuqori,  (har  kuni,  oyda  o’zgarib  boradigan)  bo’lsa,  qulay 

hisoblanmaydi «70 lar qoidasi» aholi jamg’armalarining, real yoki milliy mahsulot 

hajmining  ikki  marta  oshishi  uchun  necha  yil  kerak  ekanligini  to’g’ri  aniqlab 

berishga imkon beradi.  

Pulning  qadrsizlanish  darajasi  alohida  olingan  mamlakatda  har  xil  bo’lishi 

mumkin.  Inflyatsiya  darajasi  rivojlangan  mamlakatlarda  pastroq  va  u  tez  o’tishi, 

iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali 

va  «davolash»  ham  ko’proq  vaqt  talab  qilishi  mumkin.  Masalan,  1971  -  1984 

yillarda  baholar  o’sishi  sur’atlarni  oladigan  bo’lsak,  u  rivojlangan  mamlakatlarda 



29 

 

4,9% dan (Germaniya), 71% (Jazoir) gacha bo’lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 



8,5% dan 140 - 110 х 100 = 27,27% 110 = Inflyatsiya sur’ati (Yoindiston), 153% ga 

(Argentina) etgan. Inflyatsiyaning namoyon bo’lishi har bir mamlakat iqtisodining 

rivojlanish darajasiga, milliy xo’jalik faoliyatiga va xususiyatiga, milliy an’nalariga, 

mintaqaviy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlariga bog’liq.  

Rivojlangan  mamlakatlarda  inflyatsiyaning  sharoit  va  omillari  har  xilligini 

hisobga  olib  uni  quyidagi  guruhlarga  bo’lish  mumkin.  Birinchi  guruhga 

rivojlanayotgan  Lotin  Amerika  mamlakatlari  -  Argentina,  Braziliya,  Peru  kabilar 

kiradi.  Bu  davlatlarga  surunkali  davlat  byudjeti  defitsiti,  iqtisodiy  muvozanatning 

yo’qligi asosiy va oborot fondlar qiymatining doimo indeksatsiya qilinishi, milliy 

valyuta kursining chet el valyutasiga nisbatan tushib borishi pul qadrsizlanishining 

omillari hisoblanadi.  

Bu  mamlakatlarda  surunkali  byudjet  defitsitini  emissiya  yo’li  bilan 

moliyalashtirish  natijasida  yillik  pul  qadrsizlanishi  bir  necha  ming  foizga  etishi 

kuzatilgan.  

Lotin Amerika mamlakatlarida chakana baholar dinamikasi (yilda o’zgarish, 

%) Mamlakatlar 1987 1989 1990  

Nikaragua 1347,9 3452,4 8500,0  

Peru 114,5 2948,8 8291,5  

Argentina 174,8 3731,0 1832,5  

Braziliya 365,9 1765,0 2359,9  

Argentina, Chili kabi mamlakatlarda inflyatsiya pul qadrini emirib tashlashi  

natijasida oddiy biror tovarni sotib olish uchun bir necha million pul birligi 

zarur  bo’lgan.  1983  yilda  iyungacha,  ya’ni  muomalada  eski  peso  bo’lganda 

Argentinada bir juft tufli etti million peso, engil mashina sotib olish uchun bir necha 

milliard peso kerak bo’lgan.  

Bu hol hisob-kitoblarni olib borishda, pul muomalasida juda katta qiyinchilik 

tug’dirgan.  Bir  necha  marta  o’tkazilgan  denominatsiyalar  pul  qadrsizlanishini 

tuxtatishga asos bo’la olmagan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida bo’lgan inflyatsiya 

darajasini  baholar  indeksidan  ham  ko’rish  mumkin.  Bu  mamlakatlarda  baholar 



30 

 

indekslari bir necha sonlardan iborat bo’lgan. Masalan, Chilida 1971-1984 yillarda 



baholar  indeksi  842162  yoki  bu  ko’rsatkich  shu  yillarda  baholar  8,4  ming  marta 

oshganini,  Argentina  uchun  shu  indeks  436432250,  bu  baholar  436  ming  marta 

oshganini bildiradi. Yuqoridagi jadval ma’lumotlari ko’rsatib turibdiki, 1990 yilda  

Nikaraguada  tovarlar  bahosi  8500%,  Peruda  -  8291,5%,  Braziliyada  - 

2359,9% ga oshgan. Ikkinchi guruh mamlakatlar: Kolumbiya, Ekvador, Venesuela, 

Eron, Suriya kabi mamlakatlarda ham iqtisodiy muvozanatning yo’qligi, moliyaviy 

siyosatdagi kamchiliklar - defitsitni moliyalashtirish, xalq-xo’jaligiga ko’p kreditlar 

ajratish  inflyatsiyani  bo’lishini  ta’minlamoqda.  Bu  mamlakatlarda  inflyatsiya 

shiddatli xarakterga ega bo’lib, baholarning yillik o’sishi 30-40% atrofida, ba’zida 

undan yuqori bo’ladi. Inflyatsiya sur’atiga qarab jamg’armalar, to’lovlar bo’yicha 

indeksatsiya o’tkazib boriladi, ishsizlik oshib bormoqda.  

Uchinchi guruhga: Yoindiston, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Filippin kabi 

mamlakatlar  kiradi.  Bu  mamlakatlarda  cheklangan  iqtisodiy  muvozanat  mavjud 

bo’lib,  eksportdan  valyuta  tushumi  ancha  yuqori.  Yillik  inflyatsiya sur’ati  5-20% 

atrofida va qisman indeksatsiya o’tkazilib turiladi.  

To’rtinchi guruh davlatlar - Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Baxreyn, 

Arabistonda  -  iqtisodiy  muvozanatning  mavjudligi,  inflyatsiya  sur’atlarining 

sustligini  ko’rsatadi.  Bu  mamlakatlardagi  inflyatsiya  2-6%  tashkil  qiladi  va  uni 

sudraluvchi inflyatsiya deb qarash mumkin.  

Bu mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar bahosi oshishi ustidan qattiq nazorat 

olib  boriladi.  Ishsizlik  boshqa  mamlakatlarga  nisbatan  kam,  iqtisodi  rivojlangan 

bozor  sharoitida  boshqariladi.  Eksport  hajmi  va  chet  el  valyutasi  tushumining 

yuqoriligi, inflyatsiyaning oldini olishda katta rol o’ynaydigan omil hisoblanadi.  

O’zbekistondagi  inflyatsiya  bu  mustaqil  O’zbekiston  zaminida  vujudga 

kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kelgan. Bu 

inflyatsiyaning  umumiy  iqtisodiy  sababi  davlat  boshqaruvida  iqtisodga  nisbatan 

siyosatga ko’p e’tibor berganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur’tlari tushib ketdi.  

Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo’lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun 

ko’p  xarajat  qilinsada  (xom  ashyolarning  narxi  yuqoriligi  tufayli)  tovarlar  past 



31 

 

bahoda  sotilgan.  Farq  davlat  byudjetidan  qoplana  borgan.  1992  yilning  boshidan 



erkin  baholarga  o’tish  natijasida  (oziq  ovqat  va  yoqilgi  resurslardan  tashqari) 

inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.  

Shu tufayli O’zbekistondagi inflyatsiya sobiq SSSR davrida yuzaga  kelgan 

inflyatsiyaning qoldig’idir va uni davolash uzoq vaqtni talab qiladi. Sobiq SSSR da, 

jumladan O’zbekistonda 90-yillardagi inflyatsiya-sining asosiy sabablari  

-  iqtisodiy  muvozanatning  yo’qligi,  ishlab  chiqarish  sur’atlarining  tushib 

ketishi natijasida rejali iqtiso-diyotdagi inqiroz;  

-mahsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi;  

-ishlab  chiqarishda  xarajatlar  salmog’ining  oshib  ketishi,  behuda  sarflar, 

iqtisod printsiplariga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi.  

Undan  tashqari,  rivojlangan  bozor  sharoitiga  o’tmasdan  turib  baholarning 

erkinlashuvi,  tovar  massasi  ustidan  ba’zi  bo’limlarining  yakka  hukmronlik 

o’rnatishi,  baholarni  xoxlagacha  boshqarish,  kredit,  moliya  siyosatlarini  noto’g’ri 

olib  borish,  iqtisodning  «dollarlashuvi»,  «rubl  zona»sining  emirilishi,  valyuta 

tushumlari  va  milliy  boylikning  chetga  oqib  ketishi  va  boshqalar  inflyatsiya 

jarayonining yana rivojlanishiga olib kelgan.  

Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.  

1. Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib keladi:  

-  ishlab  chiqarish  hajmi  tushib  ketadi  baholarning  oshib  borishi  ishlab  chiqarish 

istiqbollariga to’g’onoq bo’ladi.  

-  kapitalning  asosiy  qismi  ishlab  chiqarishdan  savdo  (muomala)  sohasiga, 

vositachilik sohasiga oqib o’tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko’ra savdo sohasidagi 

kapital tezroq va ko’proq foyda keltiradi;  

- baholarning o’zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida olib, 

qimmat bo’lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj oladi;  

- kredit berish jarayonlari cheklangan bo’ladi. Qarz oluvchilar ko’payadi-yu, 

qarz beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan yutqazishi mumkin;  

- davlatning moliya resurslari qadrsizlanadi va h.q.  

2.  Aholining  kam  daromad  oluvchi  qismining  sotsial  jihatdan  ahvoli 



32 

 

yomonlashadi.  



Ularning  real  daromadlari  kamayadi.  Nominal  daromadning  baholar 

o’sishidan  tushib  ketishi  natijasida  aholining  hayot  darajasi  pasayadi.  Ayniqsa, 

nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. 

Inflyatsiya aholi jamg’armalarininig qadrsizlanishiga olib keladi. Ba’zida inflyatsiya 

aholi ba’zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib keladi.  

Davlat aholining daromadlar darajasini tenglashtirish maqsadida daromad va 

soliqlarni indeksatsiya qilib boradi. 

 O’zbekistondagi  inflyatsiya  bu  mustaqil  O’zbekiston  zaminida  vujudga 

kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kelgan. Bu 

inflyatsiyaning  umumiy  iqtisodiy  sababi  davlat  boshqaruvida  iqtisodga  nisbatan 

siyosatga ko’p e’tibor berganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur’tlari tushib ketdi.  

Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo’lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun 

ko’p  xarajat  qilinsada  (xom  ashyolarning  narxi  yuqoriligi  tufayli)  tovarlar  past 

bahoda  sotilgan.  Farq  davlat  byudjetidan  qoplana  borgan.  1992  yilning  boshidan 

erkin  baholarga  o’tish  natijasida  (oziq  ovqat  va  yoqilgi  resurslardan  tashqari) 

inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi. 

 


Yüklə 475,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə