Mavzu: pulning va uning vazifalari



Yüklə 475,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix19.02.2022
ölçüsü475,53 Kb.
#83921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
700. PULNING VA UNING VAZIFALARI с паролем.

 

 


33 

 

II. Bob. Pul tizimi va uning rivojlanishi 



2.1. Hozirgi zamon pulining tabiati 

Pul  tizimi  deganda  mazkur  mamlakatda  pul  muomilasini  qonuniy  va 

mutonosib ravishda tashkil qilishda qullaniladigan uslublar mujmuasi tushuniladi.  

Xozirgi  pul  tizimi  XVI-XVII  asrlarda  ishlab  chiqarishning  kapitalistik 

usulining  yuzaga  kelishi  munosabati  bilan  shakllangan,  biroq  uning  ayrim 

elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan.  

Pul  tizimi  quyidagi  asosiy  elementlari  o’z  ichiga  oladi.  Rivojlangan 

mamlakatlarning pul tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi.  

1.

 

Pul birligi. 



2.

 

Valyuta kursini belgilovchi qoidalar. 



3.

 

Baho masshtabi. 



4.

 

Pul ko’rinishlari – kredit biletlari, qoђoz pul va tanga. 



5.

 

Emissiya tizimi 



6.

 

Davlat yoki kredit apparati. 



Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlarga 

ega: 


 

oltinga  almashilmaydigan,  keyinchalik  qoђoz  pul  aylanadigan,  kredit 



pullarga o’tish.  

 



pulni muomilaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki 

davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish.  

 

pul muomilasida naqd pulsiz aylanishning ustunligi  



 

pul muomilasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi. 



Shu  kabi  rivojlanayotgan  mamlakatlarning,  hatto  ayrim  mamlakatlar  pul 

tizimi o’ziga xos xususiyatlarga ega. 

1.

 

Pul birligi, so’m, rubl va boshqalar. 



2.

 

Baho masshtabi-dastlab u pul birligining oltinga teng qismi sifatida, hozir 



jahon pullariga nisbati. 

3.

 



Pulning  turlari.  Šiymatni  o’zida  ifodalanishiga  ko’ra  pullar  ikki  turga 


34 

 

xaqiqiy va xaqiqiy pulni o’rnini bosuvchi pullarga bo’linadi.  



Pul tizimi bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va  milliy qonunchilik bilan 

tasdiqlangan  pul  muomalasini  tashkil  qilish  shaklidir.  Pul  tizimlari  XVI-XVII 

asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi 

munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim elementlari 

bundan  oldinroq paydo  bo’lgan. Tovar-pul  munosabatlari  va  ishlab chiqarishning 

kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. 

Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni pul: umumiy 

ekvivalent - tovar sifatida, yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha 

pul  tizimlar  mavjud  bo’lgan.  Metall  pul  muomalasi  tizimlari  va  qog’oz  va  kredit 

pullar muomalasi tizimlari. Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi 

va  pulning  barcha  funktsiyalarni  bajaradi,  kredit  pullar  esa  metallga  almashinishi 

mumkin;  Kredit  va  qog’oz  pullar  muomalaga  chiqib  ketishi  bilan  qog’oz  pullar 

muomalasi  tizimi  yuzaga  kelgan.  Mamlakatda  umumiy  ekvivalent  sifatida  qabul 

qilingan  metallga  va  pul  muomalasi  bazasiga  qarab  pul  tizimi  bimetalizm  va 

monometalizm pul tizimlariga bo’linadi. 

Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko’pincha oltin 

vakumush)  bajargan,  bu  tizimda  ikkala  metalldan  ham  tangalarning  erkin 

muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan. 

Parallel  valyuta  tizimida  ikki  metall  qiymati  stixiyali,  metallning  bozor 

bahosiga  munosib  tarzda  belgilangan.  Bu  pul  tizimida  davlat  metallar  orasidagi 

mutanosiblikni  o’rnatib  qo’ygan.  Oltin  va  kumush  tangalarning  chiqarilishi  va 

ularning  aholi  tomonidan  qabul  qilinishi  ana shu mutanosiblikka  muvofiq  amalga 

oshirilgan. 

Bimetalizm  XVI-XVII  asrlarda  keng  tarqalgan  bo’lib  G’arbiy  Evropaning 

qator mamlakatlariga esa XIX asrgacha etib kelgan. 

1865  yili  Frantsiya,  Belgiya,  Shveytsariya  va  Italiya  mamlakatlari 

bimetalizmni  xalqaro  sulh  -  Lotin  tanga  Ittifoqi  yordamida  saqlab  qolishga 

urinishgan.  Tuzilga  konventsiyada  ikkala  metalldan  ham  5  frank  va  undan 

yuqoriqiymatli  tangalarni  chiqarish,  oltin  va  kumush  o’rtasida  1:15,5  qiymat 



35 

 

mutanosibligini o’rnatish shartlari ko’zda tutilgan. 



Biroq bimetallik pul tizimining qo’llanilishi rivojlangan kapitalistik xo’jalik 

ehtiyojlariga mos kelmasdi, chunki qiymat o’lchovi sifatida bir vaqtning o’zida ikki 

metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to’g’ri 

kelmagan.  Umumiy  qiymat  o’lchovi  bo’lib  faqat  birgina  tovar  xizmat  qilishi 

mumkin. 

Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat 

ularning  bozor  narxiga  to’g’ri  kelmas  edi.  XIX  asr  oxirida  kumush  ishlab 

chiqarishning  arzonlashishi  va  uning  qadrini  yo’qotishi  natijasida  oltin  tangalar 

muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga 

chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan. 

Kapitalizm taraqqiyoti mustahkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni 

talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi. 

Monometalizm  -  bu  pul  tizimida  yagona  metall  (oltin  yoki  kumush)  umumiy 

ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga 

va boshqa qiymat belgilari qimmatbaho metallarga almashiniladi. 

Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada - 1847- 

1875 yy. da mavjud bo’lgan. Chor Rossiyasida kumush monometalizmi tizimi 1839-

1843 yillarda o’tkazilgan pul islohoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush 

rubli bo’lgan. 

Keyichalik  muomalaga  kredit  biletlari  ham  chiqarilgan,  ular  kumush  tanga 

bilan teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu 

islohot  so’nayotgan  krepostnoylik  tizimi  davlat  byudjeti  va  tashqi  savdo  balansi 

taqchilligi  sharoitida  pul  muomalasini  uzoqroq  muddatga  tartibga  sola  olmagan. 

1853-1856  yillardagi  Qrim  urushi  ko’p  miqdorda  qo’shimcha  kredit  pullar 

emissiyasini talab qildi va amalda ular qog’oz pulga aylanib qoldi. 

Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada 

XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko’pchilik 

boshqa  davlatlarda  u  XIX  asrning  oxirlarida  joriy  qilingan:  Germaniyada  -  1871-

1873yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 



36 

 

yilda,Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya va Yaponiyada - 1897 yilda, AQSh da - 1900 



yilda. 

Qiymat belgilarining oltinga almashinishiga qarab oltin monometalizmi uch 

ko’rinishga  ajratiladi:  oltin  tanga  standarti  (zolotomonetniy  standart),  olting’isht 

(zolotoslitkoviy)  standarti,  va  oltin  valyuta  (zolotovalyutniy  ili  zolotodevizniy) 

standarti. 

Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab 

chiqarish,  kredit  tizimi,  jahon  savdo  kapitali  kelib  chiqishining  rivojlanishiga 

yordam bergan. Bu standart quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi: 

 

mamlakat  ichki  muomalasida  to’laqonli  oltin  tanga  mavjud  bo’ladi,  oltin 



pulning barcha funktsiyalarni bajaradi

 



xususiy shaxslarga tangalarni erkin zarb qilishga ruxsat etiladi (ko’pincha 

mamlakat zarbxonasida); 

 

muomaladagi  to’la  qiymatli  bo’lmagan  pullar  (banknota,  kredit  pullar) 



erkin va cheksiz tarzda oltin pullarga almashiniladi

 



oltin va chet el valyutasini erkin tarzda olib chiqish va olib kirishga hamda 

erkin oltin bozorlarining amal qilishiga yo’l qo’yiladi. 

Oltin  tanga  standartining  amal  qilishi  Markaziy  emissiya  banklarida  oltin 

zaxiralari bo’lishini talab qilgan. Bular tanga muomalasining rezervi bo’lib xizmat 

qilgan, banknotalarning oltinga almashinishi ta’minlangan va jahon pullari rezervi 

bo’lgan. 

Birinchi jahon urushi davrida byudjet taqchilligining o’sishi, uning zayomlar 

chiqarish va tabora o’sib borayotgan pul emissiyasi bilan qoplanishi muomalada pul 

hajmining ortib ketishiga olib kelgan. Bu pul massasi emissiya hajmi va banklarning 

oltin  zaxiralaridan  anchagina  ustun  edi.  Bu  hol  esa  qog’oz  pullarning  oltin 

tangalarga erkin almashinishini xavf ostiga qo’ydi. Bu davrda oltin tanga standarti 

urushda qatnashgan davlatlarda, keyinchalik esa ko’pchilik boshqa mamlakatlarda 

ham (AQSh dan tashqari, unda 1933 y. gacha bu tizim amal qilgan) hayot davrini 

o’tab bo’ladi: banknotalarning oltinga almashtirishi tugatildi, uni chegaradan olib 

chiqish man qilindi, hamma oltin tangalar xazinaga qaytarildi. Birinchi jahon urushi 

tugagandan  so’ng  kapitalizmning  umumiy  inqirozi  sharoitida  hech  qanday 




37 

 

kapitalistik  mamlakat  o’z  valyutasini  barqarorlashtirishni  oltin  tanga  standartiga 



qaytish  asosida  amalga  oshira  olmadi.  Oltin  qolip  standartida,  oltin  tanga 

standartidan farqli o’laroq, muomalada oltin tanga va uning erkin zarb etilishi ko’zda 

tutilmaydi. 

Banknota va boshqa to’la qiymatga ega bo’lmagan pullar oltin quyilmalarga 

almashiniladi.  Angliyada  standart  12,4  kg  oltin  quyilmasi  1700  f.  st.,  Frantsiyada 

esa12,7 kg oltin quyilmasi 215 ming frankka tenglashtirilgan. 

Avstriya,  Germaniya,  Daniya,  Norvegiya  va  boshqa  mamlakatlarda  oltin 

deviz standarti o’rnatilgan, bunda ham oltin tangalar muomalasi va erkin zarb etilishi 

ko’zda  tutilmaydi.  To’la  qiymati  bo’lmagan  pullarni  oltinga  almashish  oltin 

ko’yilma standarti bo’lgan davlat valyutasiga almashish orqali amalga oshirilgan. 

Bu  yo’l  bilan  oltin  valyuta  standarti  o’rnatilgan  davlat  pul  birligini  oltin  bilan 

bilvosita aloqasi saqlanib turilgan. 

Shunday qilib, oltin deviz standartida bir mamlakat valyutasi boshqa davlat 

valyutasiga bog’liq bo’lgan. 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi natijasida 

oltin  standart  barcha  mamlakatlarda  bekor  qilindi  (masalan, Buyuk Brirtaniyada  - 

1933  yilda,  AQSh  da  -1933  yilda,  Frantsiyada  -  1936  yilda)  va  banknotalar 

muomalasi qaror topdi. 

1944  yilda  tashkil  qilingan  Bretton-vud  Jahon  valyuta  tizimi  o’zi  bilan 

davlatlararo oltin-valyuta standarti tizimini, boshqaga qilib aytganda o’z mohiyati 

bo’yicha erkin konvertatsiyalanadigan valyuta assosida davlatlar uchun oltin-dollar 

standarti  tizimini  qaror  toptirgan.  Oltin-dollar  standartining  mohiyati  shundaki,  u 

faqat markaziy banklar uchun o’rnatilgan va bunda faqat bitta valyuta - AQSh dollari 

oltin  bilan  aloqador  bo’lgan.  Oltin  zaxira  salmog’ining  susayib  ketishi  sababli 

qo’yilmalarni  dollarga  sotish  to’xtatildi  va  oltin-dollar  standartga  ham  yakun 

yasaldi. 

Rivojlangan kapitalizm sharoitida banknotalar kredit tabiatini saqlab qolgan -

ular iqtisodiyot, davlatni kreditlash uchun mo’ljallangan bo’lib rasmiy chiqariladi va 

qog’oz-pul muomalasi qonuniyatlariga bo’ysunadi. Pul tizimining holati mamlakat 

iqtisodiga, ishlab chiqarishning rivojlanishiga uzviy bog’liq bo’ladi.  

 



38 

 


Yüklə 475,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə