Mavzu: pulning va uning vazifalari


 O’zbekistonda hozirgi bosqichda pul muomalalarini barqarorlashtirish



Yüklə 475,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix19.02.2022
ölçüsü475,53 Kb.
#83921
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
700. PULNING VA UNING VAZIFALARI с паролем.

2.2. O’zbekistonda hozirgi bosqichda pul muomalalarini barqarorlashtirish 

usullari 

Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustakil pul 

tizimiga ega. Respublikamizda mustakil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 

1992 yilni noyabr oyida «so’m-ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. 

Pul  tizimining  ikkinchi  bosqichi  1994  yilning  1-iyulidan  muomilagacha  milliy 

valyuta «so’m»ni chiqarilishidir.



 

O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari: 

1.

 

Pul birligi - so’m 



2.

 

Pul birligining turlari - qoђoz va metal pullar 



3.

 

Ularni muomilaga chiqarish qoidalari. 



4.

 

Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari. 



5.

 

Naqd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda 



davlat tomonidan belgilangan shartlar. 

6.

 



Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari. 

7.

 



Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari. 

8.

 



Milliy  valyutani  chet  el  valyutasiga  almashtirish  tartibi  va  davlat 

tomonidan belgilangan valyuta kursi. 

O’zbekiston  milliy  pul  tizimining  asosiy  elementi  bo’lmish  so’m  jamiyat 

manfatlariga  xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  pul  tizimining  asosiy  vazifasi  milliy 

pulimizning  qadrini  mustahkamlashdan  iborat.  Bu  juda  ma’suliyatli  va  oson 

bo’lmagan  vazifa.  O’zbekistonning  o’z  iqtisodini  bozor  talablariga  mos  ravishda 

rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos 

xususiyatlariga  ega  ekanligi  milliy  valyutaning  barqaror  bo’lishini  taqozo  etadi. 

Zero  mustaqil  pul  tizimiga  ega  bo’lmasdan  iqtisodiy  jihatdan  mustaqil  davlat 

bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz 1- Prezidenti I.A.Karimov – « 

bugungi  eng  muhim  vazifa  valyutamizni  baquvvat,  dunyoda  obruli  valyutaga 

aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi.  

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib  respublikamizda  2003  yilni  15  oktyabridan 

joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi. 




39 

 

Respublikamizda  milliy  valyutani  xorijiy  valyutalarga  erkin  almashtirishga 



erishilganligi  mamlakatimiz  iqtisodiyoti  yangi  yuksalishlarga  erishayotganligidan, 

uni 


jahon 

iqtisodiy 

hamjamiyatdagi 

integrasiya 

jarayoni 

yanada 


tezlashayotganligidan dalolat beradi.  

Respublikamiz  Prezidentining  2005  yil  5  avgustdagi  PK-147  sonli 

«Banklardagi depozit xisob varaqalaridan naqd pul tulovlarini o’zliksiz ta’minlash 

to’ђrisida» gi qarori asosida banklarga bo’lgan ishonchning ta’minlanishi natijasida 

2005  yil  yanvar  -  iyul  oyida  bank  kassalariga  tushgan  o’rtacha  oylik  naqd  pul 

tushumlari 344 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, maskur qaror qabul qilingandan 

so’ng avgust – dekabr oylarida bu ko’rsatkich 515 mlrd. so’mni tashkil qildi yoki 

49,7 % ga oshdi. 

Agar 1996-2002 yillar mobaynida naqd pullarning bank kassalariga qaytishi 

80-93 foiz oraliђida bo’lgan bo’lsa, bu kursatkich 2005 yilda 96,3 foizni tashkil etdi. 

Xususan, 2005 yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar 2004 yilga nisbatan 38,6 

foizga, shu jumladan savdo tushumlari 47,2 foizga oshdi.  

Xozirgi ko’pgina davlatlarda pul muomilasini tartibga solishda ochiq bozorda 

operasiyalar  utkazish  usulidan  foydalanilmoqda.  Bu  hozirgi  ko’p  qullaniladigan 

monitor siyosatni bir usuli bo’lib, u tijorat banklarining likvidlik darajasiga tez ta’sir 

utkazadigan  egiluvchan  (moslanuvchan)  amaliy  va  operativ  usul  hisoblanadi.  Bu 

usulni  boshqalardan  farqi  shundaki,  uni  zaruriyatga  qarab  va  hohlagan  miqdorda 

utkazish  mumkin.  Bu  mexanizm  bozorni  rivojlanish  tendeniyasiga  qarab  pul 

muomilasini  barqarorlashtira  olishi  mumkin.  Bunda  oldi-sotdi  obyekti  davlat 

qimmatli  qoђozlari  va  markaziy  bank  chiqargan  qarz  majburiyatlari  bo’lishi 

mumkin. 

1996  yilni  mart  oyida  chiqarilgan  qisqa  muddatli  davlat  obligasiyalari 

(KMDO) tijorat banklari va korxonalarning mablaђlarini xavf-xatardan saqlash va 

daromad olish imkonini beradi.  

KMDO  larning  birlamchi  bozori  Markaziy  bank  valyuta  birjasida  tijorat 

banklari  ishtirokida  amalga  oshiriladi.  Zurur  bo’lsa,  obligasiya  egasi  ikkilamchi 

bozorda uni sotishi mumkin. 



40 

 

Rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish usulidan 



foydalaniladi. Shunday qilib Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish, uni 

tartibga solish borasida barcha vakolat va xuqiqiy norma vakolatlarga ega. 

9

 

O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  to’ђrisidagi  qonunning  3-



moddasida  ta’kidlanganidek  O’zbekiston  Respublikasi  markaziy  bankining  bosh 

maqsadi  –  milliy  valyuta  barqarorligini  ta’minlashdir.  Valyuta  barqarorligi  pul 

massasi, narx – navo va milliy valyuta kursining barqaror bo’lish tushunchasini o’z 

ichiga oladi.  

Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi 

Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi. 

1.

 

Monator siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul 



qilish hamda amalga oshirish. 

2.

 



O’zbekiston  Respublikasida  xisob-kitoblarning  samarali  tizimini  tashkil 

qilish va ta’minlash. 

3.

 

Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish. 



4.

 

O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zahirasini saqlash va 



ularni boshqarish. 

5.

 



Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil 

etish. 


Markaziy  bank  pul  muomilasini  barqarorlashtirish  uchun  ba’zi  hollarda 

kuyidagi usullarda ham tayyorlanadi. 

1. Nullifikasiya – bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib muomilaga 

yangi pullar chiqariladi. Bu usul infliasiya darajasi o’ta yuqorilab ketgan hollarda 

qullaniladi. Bu usul SSSR da 1922 - 1924, 1947, 1997, 1961 yillardagi pul islohati, 

O’zbekistonda 1994 yilda bo’lib o’tgan pul islohatida qullanilgan.  

2.  Revolvasiya  –  lotincha  qadrini  oshishi  ma’nosini  anglatib  bu  milliy 

valyutaning  chet  el  valyutasiga  nisbatan  qadrini  oshishini  bildiradi.  Masalan  1$= 

1110 so’mga teng bo’ldi. Ushbu tadbirdan keyin 1005 so’mga teng bo’ladi. Bu usul 

 

9



 

Shodmonov Sh.Sh., Mamaraximov B.E. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma’ruzalar matni. – T.: Iqtisod-moliya, 2016. – 

728 bet.

 



41 

 

1922-1928 yillarda Angliyada, 1961, 1969, 1971 yillarda Germaniyada qullanilgan. 



3. Devolvasiya – lotincha qadrini tushishi ma’nosini anglatadi. Bu usul davlat 

tomonidan milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga nisbatan pasaytirilishi bo’lib 

u  bozor  uchun  kurash  kuchaygan  sharoitda  eksportni  raђbatlantirish,  to’lov 

muvozanatini  yaxshilash  uchun  qullaniladi.  Buning  asosiy  sabablari  bo’lib 

inflyasiyani  kuchayishi  va  mamlakat  tulov  balansning  salbiy  qoldiqga  ega 

bo’lishidir.  

Bu usul AŠSh da 1971 yilda 7,89 % ga, 1973 yilda 10 % ga dollar kursini 

pasaytirish bilan qullanilgan. 

4. Denominasiya – pul miqdorini bir necha marotaba qisqartirish hisoblanadi 

va  u  pulni  qadri  yuqori  darajada  tushganda,  muomiladagi  pul  hajmi  oshganda 

qullaniladi.  Bu  usul  Rossiya  federasiyasida  1921-1922  yillardagi  pul  isloxatida 

1000:1,  1923  yilda  100:1,  1999  yilda  1000:1  holida,  Buxoro  shuro  xalq 

respublikasida  bu  usul  1922  yilda  100:1,  O’zbekiston  Respublikasida  1994  yilda 

1000:1 holida qullanilgan. 

O’zbekistonda  pul  muomalasi  bilan  asosan  Markaziy  bank  shug’ullanadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  asosiy  vazifalari  quyidagilardan 

iborat: 

 



pul muomalasi, kredit berish, mablag‘ bilan ta’minlash, hisob-kitob qilish 

va tashqi iqtisodiy aloqa sohalarida respublika iqtisodiy va valyuta siyosatini ishlab 

chiqish va amalga oshirish; 

 



hisobga  olishning,  hisob  berishning,  hisob-kitob-ssuda  va  valyuta 

operatsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va normalarini belgilash

 

ssuda-depozit operatsiyalarini tartibga solish va umumiy pul muomalasini 



boshqarishning normativlarini o‘rnatish; 

 



barcha  banklar  va  kredit  muassasalari,  pul-kredit  va  valyuta 

operatsiyalariga  doir  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari  va  qoidalariga  rioya 

etishlari ustidan nazorat qilish;  

 



barqaror  pul  muomalasini  va  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida 

muomalada bo‘lgan pulning xarid qobiliyatini saqlash




42 

 



 

bank ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish. 

 

Respublika pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish; 



 

milliy  valyutani  joriy  qilish  va  u  bilan  respublika  xalq  xo‘jaligini 



ta’minlash; 

 



O‘zbekiston  Respublikasining  “rubl”  zonasiga  kiruvchi  davlatlar  boshqa 

mamlakatlar bilan hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishga ko‘maklashish, 

ularning markaziy va milliy banklarida, xalqaro banklarida va boshqa moliya-kredit 

tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish 

 

respublikaning oltin zaxirasi va olmos fondini shakllantirish; 



 

O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  valyuta  fondini  vujudga 



keltirish,  davlat  valyutasini  tartibga  solib  turuvchi  va  nazorat  qiluvchi  bosh  ijroiy 

idora vazifasini bajarish

 

bank ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish, chakana savdo 



va chet el valyutasida xizmatlar ko‘rsatishga ruxsatnoma berish; 

 



O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  o‘z  zimmasiga  yuklatilgan 

vazifalarni  ro‘yobga  chiqarish  uchun  tegishli  xizmatlar  va  muassasalar  ochish 

huquqiga ega. 

 

 



 

 

 



 

Pul  muomalasini  tashkil  etish.  Milliy  valyuta  joriy  etilgunga  qadar 

O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi “rubl”dir. Bu “rubl” 100 tiyindan 



43 

 

iborat  bo‘ladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  “rubl”  yagona  to‘lov  vositasi 



hisoblanadi. Respublikaning o‘z valyutasi joriy etilishida O‘zbekiston Respublikasi 

hududida chet el valyutasidagi to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 

belgilagan tartibda amalga oshirilishi mumkin. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  pulni  muomalaga  chiqarish  va 

muomaladan  qaytib  olish  mutlaq  huquqiga  egadir.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Markaziy  banki  pul  belgilarini  muomalaga  chiqaradi,  ularni  inkassatsiya  qilish, 

saqlash  va  tashishni  tashkil  etadi,  o‘zining  muassasalarida  pul  belgilari  rezerv 

fondlarini vujudga keltiradi. 

Respublika  inkassatsiya  boshqarmasi  o‘zining  barcha  bo‘limlari  bilan 

birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tasarrufida bo‘ladi. 




Yüklə 475,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə