Mavzu. Qisqichbaqasimonlar kenja tipining umumiy tasnifi va xilma xiligi



Yüklə 20,54 Kb.
tarix04.05.2023
ölçüsü20,54 Kb.
#108294
Mavzu. Qisqichbaqasimonlar kenja tipining umumiy tasnifi va xilm (1)


Mavzu.Qisqichbaqasimonlar kenja tipining umumiy tasnifi va xilma xiligi.
Qisqichbaqasimonlar, qisqichbaqalar — boʻgʻimoyoqlilar tipining sinfi. 30000 ga yaqin turi bor. Uz. mm ning bir boʻlagidan 80 sm, baʼzi gurlari (mas, yapon krabi) oyoqlari yoyilganida tanasining kengligi 3 m ga yetadi. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan, odatda, 3 boʻlim: bosh, koʻkrak va qorin farq qilinadi; xitin sovut bilan qoplangan. Bir xil Qisqichbaqasimonning yaxlit bosh kapsulasi (sinsefalon) antennulalarga ega boʻlgan bosh oʻsimtasi va 4 bosh boʻgʻimidan iborat. Bosh boʻgʻimlarida antennalar, bir juft yuqori jagʻ, 2 juft pastki jag joylashgan. Boshqa Q.ning akron va antennal boʻgʻimdan iborat birlamchi boshi (prototsefalon) jagʻ boʻgʻimlari (gnatotsefalon) bilan harakatchan qoʻshilgan. Odatda, Qisqichbaqasimon koʻkragining bir necha boʻgimlari bosh bilan qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi, ularning oʻsimtalari esa oziqni maydalovchi va ogʻizga suruvchi oyoq jagʻlarga aylanadi. Koʻpchilik Qisqichbaqasimon boshining keyingi qismi va koʻkrak boʻlimi yon va ustki tomondan qalqonsimon, ikki tavaqali yoki yarim silindr shaklidagi xitinlashgan sovut bilan qoplangan. Ayrim Qisqichbaqasimon (mas, shoxdor moʻylovdilar boshi choʻziq pastga egilgan tumshuq — rostrumga aylangan. Qisqichbaqasimonning turli guruhlarida koʻkrak va qorin boʻgʻimlari soni va oyoqlarining tuzilishi har xil. Tuban Qisqichbaqasimon koʻrkak oyoqlari harakatlanish, nafas olish va oziqni ogʻizga surish vazifasini bajaradi. Birmuncha yuksak tuzilgan Qisqichbaqasimonda bu vazifalarni har xil oyoqlar bajarada. Faqat yuksak Qisqichbaqasimon uchun xos boʻlgan qorinoyoqlar nafas olish, urugʻlantirish, tuxumlarni olib yurish. baʼzan harakatlanish vazifasini bajaradi. Oxirgi qorinoyoqlar (uropodlar) koʻpincha anal boʻlagi bilan birga dum suzgich — telsonni hosil qiladi. Koʻpchilik Qisqichbaqasimon telsonida ayri oʻsimta boʻladi.
Qisqichbaqa nerv sistemasi bosh miya va qorin nerv zanjiridan iborat. Koʻrish organi, odatda, fasetkali koʻz; koʻpincha oddiy naupleus koʻz ham saqlanib qoladi. Baʼzi Qisqichbaqaning koʻzi boʻlmaydi. Oshqozoni chaynovchi, jigari oʻrta ichakka ochiladi. Qisqichbaqa jabra, baʼzi mayda turlari tana yuzasi orqali nafas oladi. Qon aylanish sistemasi ochiq, yuragi orqasida; baʼzan boʻlmaydi. Ayirish organlari — maksillar va antennal bezlar.
Qisqichbaqa sefalokaridlar, jabraoyoqlilar, chigʻanoqlilar, eshkakoyoqlilar, karpxoʻrlar, moʻylovoyoqlilar, oʻnoyoklilar kenja sinflariga boʻlinadi. Asosan, dengizlar, chuchuk suvlarda, ayrim turlari quruqlikda yashaydi yoki parazit hayot kechiradi. Bir hujayrali organizmlar, detrit, organik moddalar, oʻsimlik va hayvonlar, oʻlaksalar bilan oziklanadi.
Koʻpchilik Qisqichbaqa ayrim jinsli, bir qancha turlari partenogenez yoʻli bilan koʻpayadi. Tuxumlarini koʻpincha urgʻochilari olib yuradi yoki maxsus chiqarish kamerasida rivojlanadi. Qisqichbaqa metamorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan naupleus lichinkasi rivojlanib metanaupleus davriga oʻtadi. Baʼzan lichinkasining dastlabki davrlari tuxum ichida kechadi va tuxumdan keyingi davriga oʻtgan lichinka (mas, krablarda zoyea) rivojlanib suvga chiqadi. Qisqichbaqa ayniqsa, zooplanktonni tashkil etuvchi turlari suv havzalaridagi oziq zanjirining asosini tashkil etadi. Bir qancha Qisqichbaqa (krevetkalar, krablar, langustlar, omarlar va boshqalar) isteʼmol qilinadi va koʻplab ovlanadi.
BOʻGʻIMOYOQLILAR (Arthropoda) - umurtqasiz hayvonlar tipi. Bogimoyoqlilar ning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqai chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan. Eng qad. boʻgʻimoyoklilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi. Ordovik va silur davrida B. quruqlikka chiqishgan. Bogimoyoqlilarning tanasi va oyoqlari boʻgʻimlarga boʻlingan (B. nomi ham ana shundan olingan), ikki tomonlama simmetriyali.
.Koʻpchilik Bogimoyoqlilarning yaxshi rivojlangan sezgi organlari, jumladan murakkab fasetkali koʻzlari, har xil mexano va xemoreseptorlari, eshitish, muvozanat saqlash, ovoz chiqarish organlari boʻladi. Deyarli barcha Bogimoyoqlilarningayrim jinsli. Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Jinsiy yoʻl bilan (baʼzan partenogenez) koʻpayadi. Koʻpchilik turlari metamorfoz orqali rivojlanadi. Qattiq tana qoplogʻichi Bogimoyoqlilarning oʻsishiga toʻsqinlik qiladi. Shuning uchun Bogimoyoqlilar faqat eski xitin qoplogʻichni tashlash (tullash), yangi xitin pust hosil qilish orqali oʻsadi. Tana boʻshligʻi aralash tipda (miksotsel). Muskullari toʻptoʻp boʻlib joylashgan. Koʻpchilik Bogimoyoqlilarning yuragi naysimon, koʻp kamerali, qoni tana suyuqligiga oʻxshash boʻlib, gemolimfa deyiladi. Bogimoyoqlilar tipi 4 ta kenja tip: trilobitasimonlar (qazilma holda uchraydigan yagona trilobitlar sinfi), jabra bilan nafas oluvchilar (yagona qisqichbaqasimonlar sinfi), xelitseralilar (qilichdumlilar, oʻrgimchaksimonlar sinflari), traxeyalilar (koʻpoyoqlilar, hasharotlar sinflari) ga boʻlinadi. 2 mln.ga yaqin turi bor. Yerda mavjud boʻlgan hamma yashash muhitlarini egallagan.
Yüklə 20,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə