Mavzu: qo‘lning topografik anatomiyаsi



Yüklə 29,32 Kb.
səhifə2/7
tarix05.06.2022
ölçüsü29,32 Kb.
#88885
1   2   3   4   5   6   7
oxta 2

O‘mrov osti sohasi (regio infraclavicularis)
Chegaralari:yuqorida – o‘mrov suyagi, pastda – shartli ravishda III qovurg‘a, ichki tomonda – to‘shning chekkasi, tashqarida – deltasimon muskulning oldingi qirg‘og‘i.
Qavatma-qavat tuzilishi.
1.Terisi yupqa.
2.Teri osti kletchatkasi yaxshi rivojlangan, bu yerda n.supraclavicularis va yuqorigi qovurg‘alararo nervlarning oldingi va lateral tolalari joylashadi.
3.Yuza fassiya. Ayollarda yuza fassiyaning o‘mrov suyagidan sut bezigacha bo‘lgan qismi lig.suspensorium mammarium deb ataladi.
4.Ko‘krakning xususiy fassiyasi (fascia pectoralis), yuza va chuqur varaqqa ajralib, katta ko‘krak muskuliga g‘ilof hosil qiladi. Fassiya yuqorida o‘mrovga birikib, bo‘yinning ikkinchi fassiyasiga davom etadi, pastda esa oldingi tishli muskul va qorin muskullarining fassiyasiga, medial tomonda to‘shning suyak usti pardasiga birikadi, lateral tomonda deltasimon muskul va qo‘ltiq fassiyalariga davom etadi.
5.Yuza subpektoral kletchatka (spatium subpectorale superfisiale)da ko‘krak-akromion arteriyasi (a.thoracoacromialis) venalari bilan, hamda nn.pectoralis medialis et lateralis o‘tadi.
6.Fascia clavipectoralis yuqorida tumshuqsimon o‘siqqa, o‘mrov suyagiga va I qovurg‘aga, pastda – ko‘krak katta muskulining pastki qirg‘og‘ida uning fassiyasiga birikib, yuza subpektoral kletchatka bo‘shlig‘ini chegaralaydi; uning qo‘ltiq osti fassiyasiga birikadigan lateral qismi lig.suspensorium axillae deb ataladi.
7.Mushak qavati – m.subclavius va m.pectoralis minor.
8.Spatium subpectorale prophunda – ko‘krakning kichik muskuli va uning fassiyasidan chuqurroqda hosil bo‘ladi. Unda o‘mrovning ostidan chiqib qo‘ltiq ostiga yo‘naluvchi qo‘ltiq osti arteriyasi, venasi hamda yelka chigali shoxlaridan iborat bo‘lgan tomir-nerv tutami yotadi. Yelka chigali bu yerda 3 ta: lateral, medial va orqa tutamlarga ajraladi.

Qo‘ltiq osti sohasi (regio axillaris)
Chegaralari: oldinda – katta ko‘krak muskulining pastki qirg‘og‘i; orqada – orqaning serbar muskulining pastki qirg‘og‘i; medial tomonda – bu muskullar chekkalarini ko‘krak qafasida III qovurg‘a bo‘ylab tutashtiruvchi chiziq; lateral tomonda – bu muskullar pastki qirg‘oqlarini yelkaning ichki yuzasida tutashtiruvchi chiziq.

Yüklə 29,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə