Mavzu: qo‘lning topografik anatomiyаsi



Yüklə 29,32 Kb.
səhifə4/7
tarix05.06.2022
ölçüsü29,32 Kb.
#88885
1   2   3   4   5   6   7
oxta 2

To‘rt tomonli teshik qo‘ltiq osti chuqurchasining orqa devorida joylashadi. Uning tomonlarini yuqorida kurak osti muskuli, pastda katta yumaloq va orqaning serbar muskullari, medial tomonda yelka uch boshli muskulining uzun boshchasi, lateral tomonda yelka suyagining xirurgik bo‘yinchasi chegaralaydi.
Uch tomonli teshik ham qo‘ltiq osti chuqurchasining orqa devorida joylashadi. Uning yuqorigi va pastki tomonlarini to‘rt tomonli teshikning yuqori va pastki tomonlarini hosil qiluvchi muskullar chegaralasa, tashqi tomonini uch boshli muskulning uzun boshchasi chegaralaydi. Qo‘ltiq osti bo‘shlig‘idagi kletchatkada joylashgan limfa tugunlari 5 ta guruhga ajratiladi:
1)nodi lymphatici axillares laterales, unga qo‘lning limfasi qo‘yiladi;
2)nodi lymphatici centrales;
3)nodi lymphatici pectorales (mediales), ko‘krak va qorinning old-yon devoridan hamda sut bezidan limfa qabul qiladi. Shu guruhning III qovurg‘a sathida, katta ko‘krak muskulining pastki qirg‘og‘i ostida yotuvchi bitta yoki bir nechta tugunlari sut bezi rakida ko‘pincha birinchi bo‘lib metastazga uchraydi (Zorgius tugunlari);
4)nodi lymphatici subscapulares (posteriores) – bo‘yinning orqa yuzasi va orqaning yuqorigi qismidan limfa qabul qiladi;
5)nodi lymphatici apicales (infraclaviculares) – sut bezining yuqorigi qismidan hamda o‘zidan pastda joylashuvchi tugunlardan limfa qabul qiladi. Qo‘ltiq osti limfa tugunlarining tomirlari truncus subclavius ga qo‘yiladi.
Deltasimon soha (regio deltoidea).
Chegaralari deltasimon muskulning shakliga mos keladi.
Qavatma-qavat tuzilishi.
1.Terisi qalin.
2.Teri osti kletchatkasi.
3.Xususiy fassiya yuza va chuqur varaqlarga bo‘linib, deltasimon muskulga g‘ilof hosil qiladi. Xususiy fassiya sohaning chegaralari bo‘ylab yuqorida – akromial o‘siq, kurak qirrasi hamda o‘mrovga birikadi; oldingi va pastki chegaralarida esa qo‘shni sohalarning fassiyalariga davom etadi.
4.Deltasimon muskul.
5.Deltasimon muskulning ostida deltasimon osti kletchatka bo‘shlig‘i bo‘lib, unda qo‘ltiq nervi va yelkani orqadan o‘rovchi tomirlardan iborat tomir-nerv tutami joylashadi.
6.Kletchatkaning ostida, bevosita yelka bo‘g‘imi xaltasi ustida bo‘g‘imni mustahkamlovchi muskullar joylashadi.


Yüklə 29,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə