Mavzu: qo‘lning topografik anatomiyаsi


Regio brahii anterior Qavatma-qavat tuzilishi



Yüklə 29,32 Kb.
səhifə6/7
tarix05.06.2022
ölçüsü29,32 Kb.
#88885
1   2   3   4   5   6   7
oxta 2

Regio brahii anterior Qavatma-qavat tuzilishi.
1.Terisi ichki tomonda tashqaridagiga nisbatan yupqa bo‘ladi.
2.Teri osti kletchatkasi.
3.Yuza fassiya. Ushbu fassiya hosil qilgan g‘ilofda v. sephalicav. basilica va n. cutaneus brahii medialis o‘tadi. Bosh vena o‘z yo‘lida teri ostida joylashadi. Asosiy vena esa nerv kuzatuvida yelkaning pastki qismida teri ostida, o‘rta qismida xususiy fassiya hosil qilgan g‘ilofda (Pirogov kanalida), yuqori qismida xususiy fassiyaning ostida joylashib, bu yerda yelka venasiga yoki yuqoriga davom etib v.axillaris ga quyiladi.
4.Xususiy fassiya. Xususiy fassiyaning ichki yuzasidan medial va lateral muskullararo to‘siqlar boshlanadi va yelka suyagiga birikib, oldingi va orqa muskul-fassiya o‘rindiqlarini hosil qiladi. Oldingi o‘rindiq yuza qavatida m.biceps brahii, chuqur qavatning yuqorisida m. coracobrahialis, o‘rta va pastki qismida m.brashialis yotadi. Bu ikkala yuza va chuqur muskul qavatlarini bir-biridan chuqur fassiya plastinkasi ajratib turadi. Chuqur fassiyaning ostidan, tumshuqsimon-elka muskulini teshib n.musculocutaneus o‘tadi. Sohaning pastki chegarasi yaqinida bu nerv yelka muskuli bilan yelkaning ikki boshli muskuli orasidan xususiy fassiyaning ostiga chiqadi va bosh venaning ichki tomoni bo‘ylab tirsakning oldingi yuzasiga n.cutaneus antebrachii lateralis shaklida davom etadi. Sohaning ichki tomonida, medial muskullararo to‘siq hosil qilgan g‘ilofda, ikki boshli muskulning medial cheti ostida yelkaning asosiy tomir-nerv tutamini tashkil etuvchi a. et vv.brachiales hamda n. medianus o‘tadi. Ularning o‘zaro joylashuvi quyidagicha: elkaning yuqori qismida nerv arteriyadan tashqarida joylashadi, o‘rta qismida uni oldingi (ba’zida orqa) tomonidan kesib o‘tadi, pastki qismida arteriyaning ichki tomonida yotadi. Yelkaning yuqori qismida, shu g‘ilofning ichida, arteriyaning orqasida n. radialis, uning medial tomonida n. ulnaris joylashadi. Bu qismda yelka arteriyasidan chiquvchi a.prophunda brachii bilak nervi bilan qo‘shilib, tomir-nerv tutamini hosil qiladi; bu tutam medial muskullararo to‘siqni teshadi va pastga hamda lateral tomonga yo‘nalib, orqa muskul fassiya o‘rindig‘iga kiradi. Bu yerda u canalis humero-muscularis orqali o‘tadi. Bilak nervi kanaldan chiqqach yelkaning pastki qismida lateral muskullararo to‘siqni teshib o‘tadi va yelkaning chuqur arteriyasining oxirgi shoxi bo‘lgan bilak kollateral arteriyasi (a. collateralis radialis) bilan birga yelka va yelkaning uch boshli muskullari orasida, undan pastroqda yelka-bilak (m. brachioradialis) va yelka muskullarining orasida joylashadi va tirsak chuqurchasiga davom etadi. N.ulnaris yelkaning o‘rta qismida yelka arteriyasidan chiquvchi a.collateralis ulnaris superior bilan birga tomir-nerv tutamini hosil qiladi va medial muskullararo to‘siqni teshib, orqa muskul-fassiya o‘rindig‘iga o‘tadi. Yelkaning pastki qismida yelka arteriyasidan a.collateralis ulnaris inferior boshlanadi va asosiy tomir-nerv tutami bilan birga yo‘nalib tirsakning oldingi sohasiga o‘tadi.

Yüklə 29,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə