Mavzu: Qo’qon xonligi diniy boshqaruvi Mundareja: Kirish i-bob. Qo’qon xonligining tashkil


Qo`qon xonligida madaniy hayot. Mashrab, Uvaysiy, Nodirabеgim, Mahmur, Gulxaniy. San`at. Mеmorchilik



Yüklə 66,62 Kb.
səhifə7/17
tarix30.03.2022
ölçüsü66,62 Kb.
#84877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Mavzu2

Qo`qon xonligida madaniy hayot. Mashrab, Uvaysiy, Nodirabеgim, Mahmur, Gulxaniy. San`at. Mеmorchilik. Miraziz bin Muhammad Rizo Marg‘iloniyning “Tarixi Aziziy”, Otabek Fozil o‘g‘lining “Mufassal tarixi Farg‘ona”, Shavqiyning “Tarixi Turkiston”, Junaydullaxoja o‘g‘li Ibratning “Tarixi Farg‘ona”, Muhammad Solih Toshkandiyning “Tarixi jadidi Toshkand” kabi asarlari Qo‘qon xonligi tarixi haqidagi muhim manbalar hisoblanadi. Shuningdek, rus elchilari, sayyohlari, harbiylari tomonidan yozilgan hisobotlar va arxiv hujjatlari ham ma’lum qimmatga ega manbalardir.

Madaniy hayoti, ta’lim tizimi ham aynan Buxorodagi kabi bo‘lib, tabiiy, dunyoviy fanlarga unchalik e’tibor berilmagan. XIX asrda xonlikning markaziy shaharlarida madrasalar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, Qo‘qonning o‘zida 15 ta madrasa bo‘lsa ham, Buxoroda ta’lim olgan kishilarning mavqeyi ancha baland bo‘lgan.

Umarxon davrida shakllangan va rivojlangan Qo‘qon adabiy muhiti ta’sirida yaratilgan adabiyot va she’riyat namunalari madaniyat rivojining ko‘rinishi bo‘ldi. Umarxon buyrug‘i bilan Fazliy va Mushriflar tomonidan tuzilgan “Majmuat ush-shuaro” nomli tazkira XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Qo‘qonda yashab ijod qilgan ijodkorlar haqida muhim ma’lumotlar beruvchi qimmatli asardir.


Yüklə 66,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə