Mavzu: Qo‘qon xonligi (XVIII asr ikkinchi yarmi – XIX asrning birinchi yarmi)



Yüklə 261,65 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix31.03.2022
ölçüsü261,65 Kb.
#84897
17-mavzu



Mavzu: 

Qo‘qon 

xonligi 

(XVIII 

asr 

ikkinchi 

yarmi 

– 

XIX 

asrning birinchi yarmi) 

  

Reja 

1.Qo’qon xonligining tashkil topishi va undagi asosiy siyosiy voqyealar. 

2.Qo’qon xonligining ijtimoiy iqtisodiy xayoti. 

3.XVIII asrda Toshkent. 



 

Tayanch  so’zlar,  iboralar  va  tushunchalar:

  Qo’qon  xonligining  tashkil  topishi.XVIII 

asrda  xonlikning  siyosiy  hayoti.Qo’qon  xonligi  XIX  asrning  birinchi  yarmida.Qo’qon 

xonligining ijtimoiy iqtisodiy xayoti.Xonlikdagi xalq xarakatlari va isyonlar. 

 

         Buxoro  xonligiga  tobe  Farg’ona  vodiysida  XVIII  asr  boshlarida  tashkil  topgan 



davlat. XVIII asrda Qo’qon xonligi faqatgina Farg’ona vodiysini o’z ichiga olgan bo’lib, 

bu  davlat  XIX  asr  boshlariga  kelib  Toshkent  vohasi,  hozirgi  Qirg’iziston  respublikasi 

hududlari, Janubiy Qozog’iston va Shimoliy Tojikiston  hududlarini o’z ichiga oldi. XIX 

asr  60  yillarida  esa  Sharqiy  Turkistondagi  Yettishahar  davlatini  ham  o’z  tarkibiga 

kiritgan  yirik  davlatga  aylandi.  Qo’qon  xonligi  1876  yil  chor  rossiyasi  istilochilari 

tomonidan tugatildi va uning o’rnida tashkil etilgan Farg’ona viloyati Turkiston general-

gubernatorligiga qo’shib olindi. 

Qo’qon  xonligi  tarixiga  oid  manbalar  ichida  mahalliy  tillarda  bitilgan  asarlar,  rus 

yelchilari, sayyohlari va harbiylari tomonidan yozilgan hisobotlar hamda arxiv hujjatlari. 

Qo’qon xonligi arxiviga oid saqlanib qolgan hujjatlar muhim o’rin tutadi. 

        Qo’qon  xonligi  tarixi  haqida  ma’lumotlar  beruvchi  mahalliy  mualliflar 

asarlari  ichida  Miraziz  bin  Muhammad  rizo  Marg’iloniyning  «Tarixiy  Aziziy»,  Otabek 

fozil  o’g’lining  «Mufassal  tarixi  Farg’ona»,  Mullo  Olim  Maxmudxojaning  «Tarixi 

Turkiston»,  Mullo  Mirzo  Olim  Mullo  rahim  Toshkandiyning  «Ansob  us-salotin  va 

tavorix  ul-xavoqin»,  Isxoqxon  Junaydullaxoja  o’g’li  Ibratning  «Tarixi  Farg’ona»,  Avaz 

Muhammad  Attor  Xuqandiyning  «Tarixi  Jahonnamoyi»,  Mullo  Niyoz  Muhammad  ibn 

Mullo  Ashur  Muhammad  Xo’qandiyning    «Tarixiy  ShohruXIy»,  Muhammad  Yunus 

Toibning  «Tarixi  Aliquli  Amirlashkar»,  Mullo  Ali  qori  Qunduziyning  «TavoriXI 

manzuma»  asarlari  va  boshqa  asarlar  alohida  o’rin  tutadi.  :    Qo’qon  xonligi  tarixiga  oid 

manbalar  orasida  mahalliy  tillarda  yozilgan  asarlar,  rus  va  boshqa  halqlar  tomonidan 

yozib  qoldirilgan  asarlar  va  yodgorliklar,  hisobotlar,  qaydnomalar  va  hujjatlar  asosiy 

o’rin tutadi. 

Mahalliy  tillarda  yozilgan  asarlar  orasida  bevosita  tarixiy  davr  yoki  voqyealarni 

yoritib beruvchi asarlar bilan bir qatorda biografik va jangnoma ruhidagi  bir qator asarlar 

o’rin olganki, ular yordamida biz Qo’qon xonligining XIX asr birinchi yarmi va boshqa 

davrlarni bemalol yorita olish imkoniga yega bo’lamiz. 

Bunda  asarlar  qatoriga  Muhammad  Yunus  Toibning  «Tarixi  Aliquli  Amirlashkar», 

Avaz  Muhammad  Attor    Xo’qandiyning  «Tarixi  Jahonnomayi»,  Otabek  Fozilbek 

o’g’lning  «Mukammal  tarixi  Farg’ona»,  Niyoz  Muhammad  Xo’qandiyning  «Tarixi 

ShohruXIy»,  Muhammad  Aziz  Marg’iloniyning  «Tarixi  Aziziy»  va  boshqa  bir  qator 

asarlarni keltirishimiz mumkin. 

Shuningdek, bugungi kunda A.Navoiy nomidagi MDK ning nodir kitoblar bo’limida 

saqlanayotgan  bir  qator  rus  mualliflari  qalamiga  mansub  asarlar  hamda  arxiv  hujjatlari 



ham  Qo’qon  xonligining  XIX  asrga  oid  tarixini  o’rganishimizda  muhim  manbalar 

hisoblanadi. 

Ashtarxoniy Subhonqulixon vafotidan so’ng Buxoro taxtiga o’tirgan Ubaydullaxon 

hukmronligi  (1702-1712)    davrida  xonlikdagi  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  chigallashib 

markaziy  hokimiyat ancha zaiflashdi. Bunday siyosiy vaziyatdan foydalangan Farg’ona 

vodiysi  Buxorodan  ajralib  chiqishga  harakat  qildi.  Birinchi  bo’lib  Chodak  mavzesidagi 

xojalar  bosh  ko’tarib  chiqishdi  va  o’z  mulklarini  mustaqil  deb  ye’lon  qilishdi.  Ularning 

ixtiyorida Targova, Pillaxon, To’qaytepa, Parnoq, Tepaqo’rg’on va Qaynar kabi mulklar 

bor bo’lib, bu voqyea 1709 yil sodir bo’lgan yedi. 

Shu  vaqtda  ming  urug’i  oqsoqollari    Ubaydullaxon  II  ning  minglarga  nisbatan 

tazyiqni  kuchaytirib  yuborganiga  qarshi  hamda  o’z  mustaqil  davlatlarini  barpo  qilishga 

intilib,  o’z  faoliyatlarini  kuchaytiradilar.  1709-1710  yillarda  ular  alohida  beklik  tuzgan 

Chodak  xojalarining  hokimiyatini  ag’darib  tashlaydilar  va  o’z  hokimiyatlarini 

o’rnatadilar.  Shu  tariqa  1710  yilda  Shohruxbiy  (1710-1721)  boshchiligidagi  minglar 

urug’i  Farg’ona  vodiysida  o’z  davlatlariga  asos  soladilar.  Dastlabki  vaqtda  bu  davlat 

tarkibiga Qo’qon, Namangan, Marg’ilon, Qonibodom, Isfara kabi hududlar kirgan bo’lsa, 

Shohruxbiyning  vorisi  Muhammad  Abdurahimbiy  hukmronligi  yillarida  (1721-1733) 

davlat hududlari ancha kengaydi. U  Andijon  va Xo’jandda o’z hukmronligini o’rnatadi. 

O’ratepani  qo’lga kiritadi. qisqa vaqt Samarqand va Kattaqo’rg’on shaharlarini yegallab, 

Shahrisabzga  ham  tahdid  soladi.  Abdurahimbiy  qo’qon  qishlog’i  yaqinida  katta  shahar 

qurdira boshlaydi.  Dastlabki vaqtlarda bu shahar «Qal’ai rahimbiy» deb atala boshlagan. 

U qattiq kasallanib, 33 yoshida Xo’jandda vafot yetgach, undan Yerdonabek ismli o’g’il 

uch    qiz  qolgan  bo’lishiga  qaramay,  taxtga  uning  ukasi  Abdukarimbiy  o’tiradi(1733-

1751).  Abdukarimbiy  yangi  shahar  qurilishini  tugallab,  poytaxtni  Tepaqo’rg’ondan 

Qo’qonga  ko’chirib  keltiradi  va  Qo’qon  shahri  davlatining  poytaxtiga  aylanadi  hamda 

davlat  ham  yendi  Qo’qon  xonligi  degan  nom  oladi.  (Shaharning  Qatag’on,  Marg’ilon, 

Toshkand, Haydarbek kabi darvozalari bo’lgan). 

Abdukarimbiyning  hukmronligi  yillarida  markaziy  davlat  hokimiyati  ancha 

mustahkamlanadi  va  xon tomonidan  halqning farovonligiga ko’p  ye’tibor berildi. 1745-

46  yillarda  Farg’ona  vodiysiga  qalmoqlar  hujumi  sodir  bo’ldi  va  qalmoqlar  O’sh, 

Andijon,  Marg’ilon  va  boshqa  joylarni  yegallab  oldilar.  Qo’qon  shahri  qamal  qilib 

turilgan  bir  vaqtda  O’ratepa  hokimi  Fozilbek  yordamga  yetib  keladi  va  qalmoqlar  bu 

yerdan haydab chiqariladi va bosib olgan yerlari yana qaytarib olinadi. Qalmoqlar hujumi 

mamlakat iqtisodiy hayotiga ancha katta zarar yetkazadi. 

Abulkarimbiy  40  yoshida  vafot  yetgach,  bir  qancha  muddat  Qo’qon  xonligi  taxti 

qo’lidan  qo’lga  o’tib  turadi.  Abulkarimbiydan  so’ng  taxtga  o’tirgan  o’g’li 

Abdurahmonbiy  olti  oygina  taxtni  boshqaradi  va  taxtdan  tushirilib,  Marg’ilonga  hokim 

yetib tayinlanadi. (1751)  

Taxtni  Erdonabiy  egallaydi  (1751-1753).  U  o’zining  dastlabki  qisqa  vaqtlik 

hukmronligi  yillarida  xonlikni  mustahkamlashga  harakat  qiladi  va  O’sh  hamda 

O’zgandni  bo’ysundiradi.  Biroq  Erdonabiy  ham  tez  orada  taxtdan  tushiriladi  va  o’rniga 

Bobobek  o’tkaziladi  (1753-1754).  Biroq  qalmoqlar  tomonidan  taxtga  chiqarilgan 

Bobobek  1754  yilda  Beshariqda  o’ldiriladi  va  o’rniga  qaytadan  Erdonabiy  o’tkaziladi. 

Erdonabiyning  keyingi  hukmronligi  yillarida  siyosiy  vaziyat  ancha  keskin  bo’lib  turadi 

(1755-1769) va oddiy mehnatkash aholining ahvoli birmuncha og’irlashdi. 

Erdonabiy  vafotidan  so’ng  taxtga  Shohruxbiyning  uchinchi  o’g’li  Shodibiyning 




o’g’li  Sulaymonbek  o’tkaziladi.  Biroq  u  1769  yilda  bor  yo’g’i  olti  oygina  hukmronlik 

qilib,  fitnachilar  tomonidan    o’ldiriladi  va  taxtni  Abdurahmonning  o’g’li  Norbutabiy 

yegalladi.  Norbutabiy  markaziy  hokimiyatni  mustahkamlash  uchun  ko’p  harakat  qiladi. 

Dastlab  u  o’zboshimchalikka  intilgan  beklarni  markaziy  hokimiyatga  bo’ysundiradi. 

Chust  va  Namanganda  ko’tarilgan  isyon  va  g’alayonlarni  bostirgach,  u  yerlarda  o’ziga 

sodiq kishilarni qoldiradi va Xo’jandni ham yegallaydi. Hukmronligining oxirga yillarida 

Toshkentni  bosib  olishga  ham  intilgan  Norbutabiy  muvaffaqiyasizlikka  uchraydi  va  u 

yuborgan  Xonxo’ja  boshchiligidagi  lashkar  Toshkent  yaqinida  mag’lubiyatga  uchraydi. 

Norbutabiy  vafotidan  so’ng  taxtga  uning  o’g’li  Olimbiy  o’tiradi  (1798-1810).  Olimxon 

hukmronligi yillarida Qo’qon xonligining siyosiy mavqyei ancha oshdi. Olimbiy dastlab 

harbiy  islohotlar  o’tkazib,  qo’shinni  ancha  kuchaytirdi.  Harbiy  yurishlar  qilib,  Angren 

vohasini, Toshkent, Chimkent va Turkistonni  o’ziga bo’ysundirdi. Bu hududlarni qo’lga 

kiritgach, Qo’qon xonligi bevosita rossiya bilan tashqi savdo aloqalari uchun yo’l ochildi. 

Qo’qon  xonligi  kuchayib  borishi  bilan  uning  siyosiy  maqomi  ham  o’zgardi.  Dastlabki 

vaqtlarda  «biy»  yoki  «bek»  unvonlarida  davlatni  boshqargan  Qo’qon  hukmdorlari  1805 

yilda  Olimxon  tomonidan  joriy  yetilgan  «xon»  unvoni  bilan  yuritiladigan  bo’ldi.  Shu 

vaqtdan  boshlab  Olimxon  «xon»  deb  ye’lon  qilindi  va  davlat  ham  Qo’qon  xonligi  deb 

yuritiladigan  bo’ldi.  Markaziy  hokimiyatni  kuchaytirishga  bo’lgan  intilishi  yo’lida 

Olimxon bir qancha  yirik amaldorlar  va  xon  xonadoniga  mansub kishilarni qatl qildirdi, 

xon  hokimiyatning  cheksizligini  ta’minladi.  Bu  yesa  xondan  norozi  bo’lgan  amaldorlar 

va beklarning Olimxondan noroziligi ortishiga olib keldi. Olimxonga «Zolimxon»  degan 

laqab  berildi.  Olimxon  o’z  ukasi  rustambekni  va  bir  qancha  din  peshvolarini  o’ldirib 

yuborgach,  undan  norozi  bo’lgan  kishilarning  soni  yanada  ortdi,  manbalarda 

ta’kidlanishicha, bu odamlarga xonning ukasi Umarbek boshchilik qilgan. 

1810  yilda  Olimxon  o’g’li  Shohruxxon  bilan  Toshkentga  qaytayotgan  vaqtda 

Oltiqush  mavzesida  andijonlik  Qambarmirzo  tomonidan  otib  o’ldiriladi  va  taxtni  ukasi 

Umarbek yegallaydi. 

O’zini «amir» deb  atagan Umarxon   davlat tepasiga kelgach, mamlakatda ko’plab 

g’alayonlar  va  isyonlar  avj  oldi.  Chimkent  va  Turkistonda  g’alayonlar  ko’tarildi. 

O’ratepa hokimi unga bo’ysunishdan bosh tortdi. 

Ammo  davlatni  boshqarishda  katta  ta’sirga  yega  bo’lgan  din  peshvolari  va  harbiy 

sarkardalar  bilan  ittifoq  bo’lib  ish  tutgan  Umarxon  bu  g’alayonlarni  bostirib,  xonlik 

hududlarini bo’linib ketishdan saqlab qoldi. 

1818 yilda Qo’qonda katta jome  masjidi qurish haqida  farmon berib, Umarxon din 

homiysi  sifatida  ham  o’z  mavqyeini  oshirib  yubordi  va  «Amir  ul-muslimin»  unvonini 

ham  qo’lga  kiritdi  va  amalda  diniy  va  dunyoviy  hokimiyat  yegasi  bo’lib  qoldi.  Amir 

Umarxon  Toshkentga  ham  yurish  qildi  va  uni  yegasi  bo’lib  qoldi.  Amir  Umarxon 

Toshkentga ham yurish qildi va uni yegallab (1811). Lashkar qushbegini shaharga hokim 

yetib  tayinladi  va  rajab  qushbegini  Turkistonga  jo’natdi.  Turkiston  yegallangach,  unga 

Shayx  Bedil  dodxohni  hokim  yetib  tayinladi.  Amir  Haydarga  qarshi  Jizzax  uchun  olib 

borilgan  kurashlar  Umarxonga  muvaffaqiyat  keltirmadi.  Umarxon  davrida  Qo’qon 

xonligida adabiyot va she’riyat ancha yuksaldi, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilandi. 

«Jannatmakon»  nomini  olgan  Amir  Umarxon  1822  yilda  kasallanib  vafot  yetdi  va 

taxtni  o’g’li  Muhammad  Alixon  yegalladi.  Madalixon  davrida  (1822-1842)  Qo’qon 

xonligi  iqtisodiy  va siyosiy jihatdan ancha yuksaldi  va bir qancha hududlarni, jumladan, 

Dorboz,  Qorategin,  Qulob  kabi  joylarni  qo’lga  kiritdi.  1826-1831  yillarda  Qashg’arda 




Xitoyliklarga qarshi kurash olib bordi va halq unga «G’ozi» laqabini berdi. 

Madalixon davrida Buxoro amirligi bilan ham tez-tez to’qnashuvlar bo’lib turdi. Bu 

urushlarning  hammasi  mehnatkash  halq  zimmasiga  yangi  soliqlar  solinishi  va  aholi 

turmushining  og’irlashuviga  olib  keldi.  Halq  g’alayonlari  kuchaydi.  Hukmronligining 

so’nggi  yillarida  davlat  ishlridan  ko’ra  ko’proq  ayshu-ishratga  berilib  ketgan 

Madalixondan  norozi  bo’lgan  kuchlar  unga  qarshi  fitna  tayyorlaydilar.  Davlat 

boshqarishda  katta  tajribaga  yega  bo’lgan  va  xonning  yaqin  maslahatchisi  Mingboshi 

haqqulining  o’ldirilishi  ularga  yanada  qo’l  keldi.  Fitnaga  bosh  qo’shgan  Qozi  Kalon 

Toshkent  hokimi  va  boshqalar  Madalini  taxtdan  ag’darib  tashlamoqchi  bo’ldilar.  Ular 

Buxoro amiri Nasrulloga yelchi yuborib, o’z niyatlarini amalga oshirishda undan yordam 

so’radilar.  1842  yil  aprelda  katta  qo’shin  bilan  Qo’qonga  bosib  kelgan  Nasrullo  shahar 

yaqinida joylashdi. 

O’ziga  qarshi  norozolikning  kuchayib  borishidan  havfsiragan  Madalixon  1841  yil 

noyabr’ oyida ukasi Sulton Maxmud foydasiga taxtdan voz kechgan bo’lsada, sulh so’rab 

Nasrullo  huzuriga  yelchi  yuboradi.  Biroq  uning  barcha  takliflari  rad  yetiladi  va 

Madalixon  oilasini  va  o’ziga    sodiq  ming  kishini  hamda    xazinani  olib,  Namangan 

tomonga qochadi. Biroq ular Amir Nasrullo farmoni bilan tutib keltiriladi va Madalixon, 

uni  onasi  Nodirabegim,  Sulton  Maxmudxonlar  qatl  yetiladi.  Qo’qonda  12  kun  turgan 

amir Nasrullo bu yerda Ibrohim dodxohni qoldirib o’zi Buxoroga qaytadi. 

Ibrohim dodxohning shahar aholisiga zulmni haddan oshirib yuborganligi bois, 3 oy 

o’tgach  unga  qarshi  qo’zg’olon  ko’tariladi  va  Ibrohim  dodxoh  va  uning  ukasi  Isxoq 

Xo’jand  orqali  Buxoroga  qochadi.  qo’zg’olonchilar  tomonidan  Sheralixon  Qo’qon  xoni 

deb ye’lon qilinadi. 

1842  yil  kuzida  Nasrullo  Qo’qonni  egallash  maqsadida  katta  qo’shin  bilan 

Qo’qonga  keladi.  Qo’qonliklar  unga  qarshi  qattiq  qarshilik  ko’rsatadilar  va  qamal 

cho’zilib ketadi. Bu orada yesa Xiva xonligi lashkarlarining Buxoro amirligi hududlariga 

hujum haqida habar keladi va Nasrullo qamalni to’xtatib ortga qaytishga majbur bo’ladi. 

Qo’qonni  himoya  qilishda  katta  jonbozlik  ko’rsatgan  Musulmonqul  qipchoq 

mingboshi  unvoniga  sazovor  bo’ladi.  Davlat  boshqaruvida  asta-sekin  qipchoqlarning 

mavqyei ortib boradi. 1845 yilgacha xonlikda bir oz tinchlik hukm suradi. 

1845  yil  yozida  Murodbek  Sheralini  taxtdan  tushirish  maqsadida    Buxoro  amiri 

qo’shinlari  yordamida  Qo’qonga  bostirib  keladi.  Musulmonqulning  shaharda  yo’qligi 

sababli  Murodbek  Sheralixonni  o’ldirib,  taxtni  yegallaydi  va  o’zini  Buxoroning  vassali 

deb ye’lon qiladi. Bundan habar topgan Musulmonqul darhol qo’shin bilan keladi va bor-

yo’g’i  8  kun  taxtda  o’tiradi  Murodbekni  taxtdan  tushirib,  qatl  qiladi.  Taxtga 

Sheralixonning  13  yoshli  o’g’li  Xudoyorxon  o’tkaziladi  va  hokimiyat  amalda 

Musulmonqul  qipchoq  qo’liga  o’tib  qoladi.  Bu    holat  1850    yilning  oXIrigacha  davom 

yetdi.  Musulmonqulning  cheksiz    hokimiyat  yegasi  bo’lib  qolganligi  va  qipchoqlarning 

mavqyei  oshganidan  norozi  bo’lgan  amaldorlar  birlashib,  Musulmonqulga  qarshi 

kurashlarga  tayyorlana  boshladilar.    1852  yil  xazinani    talon-taroj  qilishda  ayblangan 

dasturxonchi  va  risolachi  Toshkentga  qochib  ketganligi  uchun  40  ming  kishilik  qo’shin 

bilan Toshkentga yurish muvaffaqiyasiz tugadi. 

1852  yilning  iyun’  oyida  Musulmonqul  yana  30  ming  kishilik  qo’shin  bilan 

Toshkentga yurish qiladi. Lekin shu vaqt Xudoyorxon Chirchiq bo’yida jang bo’layotgan 

vaqtda  Toshkentlar  tomonga  o’tib  ketadi.  Musulmonqul  tor-mor  yetiladi.  Kuz  oyilarida 

butun  qipchoqlarga  qarshi  qirg’in  boshlanib  ketadi.  1853  yil  kuzida  yesa 




Musulmonqulning  o’zi  tutib  olinadi  va    Qo’qonda  dorga  osiladi.  Xudoyorxon  o’z 

hokimiyatini mustahkamlaydi. 

Bu  vaqtda  yesa  tashqi  dushman  rossiya  imperiyasi  Qo’qon  xonligiga  qarshi  harbiy 

harakatlarni  kuchaytira  boshlagan  yedi.  Norbo’tabek  vafotidan  so’ng  taxtga  o’tirgan 

Olimxon  (1798-1810)  hukmronligi  yillarida  Qo’qon  xonligining  siyosiy  mavqyei 

birmuncha  yuksaldi.  Olimxon  harbiy  islohot  o’tkazib,  qo’shinni  kuchaytirgach,  harbiy 

yurishlar qilib, Angren vohasi, Toshkent, Chimkent va Turkistonni o’ziga bo’ysundiradi 

va  rossiya  imperiyasi  bilan  bevosita  aloqalar  o’rnatish  imkoniyatiga  yega  bo’ladi. 

Xonlikning  mavqyei  kuchayib  bordi  va  1805  yilda  Olimxon  tomonidan  «xon»  unvoni 

joriy  yetilgach,  xonlikning  maqomi  ham  o’zgarib,  yendi  u  Qo’qon  xonligi  va 

hukmdorlari xon unvoni bilan yuritiladigan bo’ldi. 

Markaziy 

hokimiyatning 

kuchayishi 

hamda 

davlatni 



boshqarishda 

xon 


hokimiyatining  cheksizligi  kuchayib  borayotgan  bir  paytda  Olimxon  siyosatiga  qarshi 

guruhlar paydo bo’ladi  va  ular tomonidan  fitna  natijasida 1810 yilda o’g’li Shohruxxon 

bilan Qo’qon yo’lida o’ldiriladi. 

Olimxon  o’ldirilgach,  o’rniga  ukasi  Umarxon  taxtga  o’tiradi.  Umarxon  ham  o’z 

hukmronligi  yillarida  (1810-1822)  siyosiy  vaziyatnin  barqarorlashuviga  yerisha  olmadi. 

Birin  –  ketin  Chimkent  va  Turkistonda  g’alayonlar  ko’tarildi.  O’ratepa  ham  Qo’qonga 

bo’ysunishdan  bosh  tortdi.  Biroq  Umarxon  din  peshvolari  madadiga  tayanib,  bu 

tarqoqlikning oldini olishga va  xonlik hududlarini parchalanib ketishdan saqlab qolishga 

yerisha  oldi.  U  Chimkent  va  Turkistonga  harbiy    yurishlar  uyushtirib,  ularni  markaziy 

hokimiyatga  bo’ysundirdi.  1817  yilda  O’ratepani  bosib  odi.    Umarxon  Toshkent  ustiga 

ham  yurish  qildi  va  uni  yegallab  oldi.  Bu  yerga  Lashkar  qo’shbegi  hokim  yetib 

tayinlandi. Turkiston va uning atroflariga yesa Shayx Bedil hokim yetib tayinlandi.  

1818 yilda Umarxon Qo’qonda Jomye masjidi qurish haqida farmon beradi va halq 

orasida  ham,  din  peshvolari,  ulamolar  orasida  katta  hurmatga  sazovor  bo’ladi.  Unga 

«Amir  al-mo’minin»  unvoni  beriladi.  Natijada  Umarxon  diniy  va  dunyoviy  hokimiyatni 

o’z qo’lida birlashtiradi. 

Bu  vaqtda  Buxoro  amirligining  ichki  siyosiy  vaziyati  ham  birmuncha 

murakkablashgan  yedi.  Amir  Haydarga  qarshi  isyon  ko’targan  guruhlar  Amir 

Umarxondan  yordam  so’rab  murojaat  qiladilar.  Umarxon  bunga  javoban  Lashkar 

G’o’shbegi  boshchiligidagi  Toshkent  qo’shinlarini  olib,  Jizzaxga  yurish  qiladi  va  uni 

qamal  qiladi.  qamal  40  kundan  ortiq  davom  yetib,  ikki  o’rtada  bo’lib  o’tgan 

to’qnashuvlarda  ko’plab  kishilar  qurbon  beriladi  va  Umarxon  ortga  qaytishga  majbur 

bo’ladi. 

«Jannatmakon»  nomi bilan  mashhur  bo’lgan  Umarxon  davrida  xonlikning  siyosiy, 

iqtisodiy  va  madaniy  ahvoli  ancha  yaxshilandi  va  ayniqsa  madaniy  hayotning  taraqqiy 

yetishida Umarxon saroyida yaratilgan muhit katta o’rin tutdi. 

Umarxon  1822  yilda  kasallanib  vafot  yetdi  va  uning  o’rniga  16  yoshli  o’g’li 

Muhammad Alixon o’tkazildi. 

16  yoshida  taxtga  o’tirgan  Muhammad  Alixon  (1822-1841)  tez  orada  otasining 

amaldorlari  bilan  davlat  boshqaruvini  o’z  qo’liga  ola  bildi.  Muhammad  Alixon  o’z 

hukmronligi yillarida bir qancha harbiy yurishlarni amalga oshirdi. 1834 yilda Qorategin, 

Kulob,  Darvoz  viloyatlarini  bosib  oldi.  1826-1831  yillarda  Madalixon  bir  necha  bor 

Xitoyga qarshi  urush olib bordi. Qoshg’ar musulmonlarining Xitoyliklar zulmidan ozod 

qilishga  harakat  qiladi  va  bunda  muvaffaqiyatlarga  yerishadi.  Bu  kurashlari  uchun  halq 




Madalixonni «G’ozi» laqabi bilan atay boshlaydi. Bu urushlar natijasida 70 ming uyg’ur 

musulmonlar Andijon viloyatiga ko’chirib keltirilgan yedi. 

Bir qancha muvaffaqiyatlarga yerishgan Madalixon ichki siyosatda bir oz istiqbolsiz 

siyosat  yurita  boshlaydi.  Avvalo  davom  yetib  turgan  harbiy  harakatlarning  butunlay 

og’irligi halq zimmasiga tushib, norozilik ko’payib borayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan 

Umarxonhukmronligi  yillarida  yoqmay  qolgan  davlat  amaldorlarini  birin  ketin  o’ldira 

boshlaydi. Bularning hammasi Madalixondan umumiy norozilikning ortishiga olib keldi. 

Ayniqsa, uning ahloqiy jihatdan shariatni buzgan deb XIsoblangan  Madalixonga barcha 

halq  tabaqalari    qarshi  chiqa  boshladilar.  Bunday  ichki  siyosiy  vaziyatdan  unumli 

foydalangan  amir    nasrullo  1842  yilda  Qo’qonga  yurish  qiladi  va  uni  qo’lga  kiritib, 

Madalixon  va  uning  onasi  Nodira  hamda  oila  a’zolarini  qatl  yettiradi.  Shu  tariqa 

Madalixon  davrida  katta  siyosiy  mavqyelarga  yerishgan  Qo’qon  xonligi  yana  usha 

Madalixonning noto’g’ri  siyosati bilan o’zining mustaqilligidan mahrum bo’ldi. 

Qo’qonni  egallagan  Nasrullo  bu  yerda  o’z  noibi  Ibrohim  mang’itni  qoldirdi.  Biroq 

Ibrohim  dodxoh  haddan  tashqari  zulm    o’tkazgani  uchun  Qo’qon  halqining  noroziligi 

ortib  boradi  va  3  oy  hukmronlik  qilgan  Ibrohim  mang’itga  qarshi  harakatlar  boshlanib 

ketadi. 1842 yilning yozida qipchoqlar yordamida To’raqo’rg’onda xon yetib ko’tarilgan 

Sheralixon bu yerdan  haydab yuborilgan Ibrohim mang’it o’rniga Qo’qon xonligi taxtiga 

o’tkazildi. 

1842  yil  kuzida  Amir  Nasrullo  yana  Qo’qonga  yurish  qilib,  uni  qamal  qiladi.  Bu 

qamalni  mustahkamlashda  Madalixon  davrida  yuzboshi  bo’lgan  Musulmonqul 

mingboshi  katta  o’rin  tutadi.  Qo’qon  dastlab  Nasrulloxon    tomonidan  bosib  olingan 

vaqtda 250 qo’qonlik amaldor garovga olingan yedi. Ularning orasida shu Musulmonqul 

ham  bor  bo’lib,  Nasrulloxon  ikkinchi  marta  Qo’qonga  bostirib  kelgan  vaqtda, 

qamaldagilarni bo’ysunishga  majbur qilishga  va’da berib Qo’qonga kelgan  va aksincha, 

qo’qonliklarni  mudofaani  bo’shashtirmaslikka  undagan  yedi.  Shu  tariqa  jiddiy  bir 

natijaga  yerisha  olmagan  Nasrullo  Buxoro  hududlariga  Xivaliklarning  hujum 

qilayotganliklarini  yeshitib,  garovdagi  qolgan  kishilarni  ham  ozod  yetib,  Buxoroga 

qaytishga  majbur  bo’ladi  va  shu  tariqa  ozod  yetilgan  Qo’qon  taxtiga  Sheralixon 

o’tkaziladi. 

1845 yilgacha Qo’qon xonligida nisbatan osoyishtalik hukm suradi. Xonlikda katta 

mavqyega  yerishgan Musulmonqul  turli  lavozimlarni ham qipchoq amaldorlariga bo’lib 

bera  boshlaydi.  Bu  yesa  o’z  navbatida  xonlik  saroyida  qipchoqlar  mavqyeining  oshib 

ketishiga olib keldi. 

Sheralixon  hukmronligi  yillarida  aholidan  soliq  undirish  kuchaytirildi.  Oqibatda 

halqning norozilik harakatlari kuchayib bordi. Buning ustiga qipchoqliklar boshqa millat 

vakillarining  xonliklariga  ta’sirini  kamaytirishga  harakat  qila  boshladilar.  Bu  yesa 

mamlakatda umumiy  norozilikning kuchayishiga olib keldi. 

Bu  siyosiy  vaziyatdan  kutulish  yo’lini  o’ylagan  Musulmonkul  fitna  tayyorlaydi, 

Bunga ko’ra  minglardan bulgan Murodxonni Sheralixonni o’ldirib taxtga o’tirishi kerak 

yedi.  Musulmonkul  yesa  bu  vaqtda    Ushda  kutarilgan  quzg’alonni  bostirish  uchun 

borishni  ko’zladi  va  Nasrullo  huzurida  bir  yil  yashagan  Murodxon  Qo’qonga  kelib, 

fitnachilar  yordamida  taxtga  da’vogarlik  qiladi.  Bu  siyosatning  tagida  qanday  maqsad 

yotganini  juda  yaxshi  anglagan  Sheralixon  darhol  Murodxon  foydasiga  taxtdan  voz 

kechadi  va  ko’p  o’tmay  qatl  yetiladi.  Musulmonqul  yesa  O’shdan  qaytib 

kelib,Sheralixonni  o’ldirgani  uchun  Murodxonni qatl  yettiradi  va  taxtga  Sheralixonning 




13 yoshli o’g’li Xudoyorni o’tkazadi.Unga o’z qizini nikohlab berib, amalda hokimiyatni 

to’laligicha  o’z  qo’liga  olishga  va  saroyda  qipchoqlarni  mavqyei  yanada  oshishiga 

yerishadi. 

Musulmonqulning  amaldagi  hokimiyati  1850  yilgacha  davom  yetadi.  U 

hokimiyatdan  yeng  avvalo  o’z  manfaatlari  yo’lida  foydalanadi.  Bu  yesa  nafaqat  xonlik 

fuqarolari  balki  qipchoqlar  orasida  ham  Musulmonquldan  ham  norozi  bo’lgan 

guruhlarning  bo’lishiga  olib  keladi.  Bu  guruhga  O’ratepa,Xujand,Marg’ilon  beklari 

qo’shilgach ularga Toshkent begi Nurmuhammad ham birlashadi. 

1852 yil fevralda Musulmonqul xon bilan birgalikda Toshkentga yurish qiladi va uni 

qamal  qiladi.Marg’ilon  qushbegisi  Toshkentliklar  tarafiga  o’tib  ketishi  qamalning 

cho’zilib ketishiga olib keladi,yurish muvaffaqiyasiz yakunlanadi. 

1852  yil  iyunida  Musulmonqul  yana  Toshkentga  yurish  qiladi.  Hal  qiluvchi  jang 

Chirchiq  daryosi  bo’yida  bo’lib  o’tadi  va  bu  jangda    Xudoyorxon  o’zining  asosiy 

qo’shinlari  bilan  Toshkentliklar  tomoniga  o’tib  ketadi.  Musulmonqul  yesa  tor-mor 

yetilib,bir  guruh  odamlari  bilan  qochib  qutiladi.  Xudoyorxonning  bunday  yo’l  tutishiga 

Musulmonqulning  mavqyeini  saqlab  qolishi  maqsadida  rus  qo’mondonligi  vakili 

V.V.Vel’yaminov-Zernov bilan maxfiy ravishda uchrashganligi ham sabab bo’lgan yedi. 

1852  yil  9  oktyabrda  Xudoyorxon  Toshkentdan  chaqirilgan  qo’shinlar  yordamida 

qipchoqlar qirg’inini uyushtiradi va natijada saroyda yuqori mavqyelarni yegallab turgan 

amaldorlar  bilan  bir  qatorda  20  mingdan  ortiq  qipchoq  o’ldiriladi.1853  yil  kuzida  yesa 

qirg’izlar  orasida  yashirinib  yurgan  Musulmonqul  qo’lga  olinadi  va  qatl  yetiladi.Shu 

tariqa  xonlikning  ichki  siyosiy  vaziyati  bir  muncha  barqarorlashtiriladi.  Ayni  shu 

vaqtlarda  yesa  xonlik  hududlariga  chor  rossiyasining  bosqinchilik  maqsadidagi 

mustamlakachilik yurishlari boshlanayotgan  va ruslar Oq  machit kal’asini bosib olishga 

yerishgan yedilar. 

Qo’qon xonligidagi ijtimoiy tabaqalar ularning jamiyat hayotidagi mavqyei qo’shni 

Buxoro  davlatidan  aytarli  farq  qilmaydi.  Davlatda  xon  va  uning  yaqinlari,  markaziy 

mahalliy  boshqaruvni  amalga  oshirgan.  Mahalliy  manbalarda  vazir  ul-vuzaro,  amir  ul-

umaro, 

harbiy 


ma’muriy 

amadorlarning 

mavqyei 

juda 


yuqori 

bo’lgan. 

Musulmonruxoniylari  ham  alohida  imtiyozlarga  yega  tabaqa  hisoblangan.  Davlat 

boshqaruvida ta’lim-tarbiyada, sud ishlarida va jamiyatning turli sohalarida ularning fikri 

katta ahamiyat kasb yetgan. Jamiyatning yeng ko’p sonli va kam huquqli tabaqasi  oddiy 

halq-fuqaro bo’lgan. 

Xonlikning  iqtisodiy  hayotida  dehqonchilikning  salmog’i  katta  yedi.  Xonlik 

hududida  suv  manbalarining  yetarli  bo’lganligi  dehqonchilikdan  yuqori  hosil  olshi 

imkonini  bergan.  Asosan  donli  yekinlar,  shuningdek,  polizchilik,  bog’dorchilik, 

sabzavotchilik,  sholikorlik  yaxshi  rivojlangan.    XIX  asrga  kelib  paxta  yekiladigan 

maydonlar ham kengayib bordi. Paxtaning asosiy haridori rossiya yedi. 

Chorvachilik mamlakat iqtisodiy  hayotida muhim o’rin tutgan soha bo’lib, ayniqsa 

ko’chmanchi  qirg’iz  qabilalari  yashaydigan  tog’  oldi  hududlarida  Toshkent  vohasi  va 

Turkistonda  yaxshi  rivojlangan  yedi.  O’troq  aholi  yashaydigan  hududlarda  uy 

chorvachiligi mavjud yedi. 

Xonlikda  O’rta  Osiyo  mintaqasiga  xos  barcha  hunarmandchilik  turlari: 

to’qimachilik, kulolchilik, temirchilik, miskarlik, duradgorlik va boshqalar mavjud yedi. 

Iqtisodning bu sohasi asosan yirik shaharlar: Qo’qon, Toshkent, AndijonMarg’ilon, O’sh, 

Xo’jand, Turkiston kabilarda yaxshi rivojlangan bo’lib, qishloqlarda ham bu soha ancha 



taraqqiy yetgan yedi. 

 Xonlikdagi  murakkab  siyosiy  vaziyat  savdo-sotiq  aloqalariga  salbiy  ta’sir  yesada, 

xonlikning yirik shaharlarida savdo munosabatlari keng doirada olib borilardi. Mamlakat 

iqtisodida muhim ahamiyatga yega  bo’lgan tashqi savdo aloqalari ham yo’lga qo’yilgan 

yedi  va  yaqin  xorijiy  davlatlar  bilan  savdo  aloqalari  olib  borilardi.  XIX  asrdan  boshlab 

tashqi savdoda rossiyaning salmog’i ortib bordi. Chetga mahalliy mahsulotlar chiqarilsa, 

chetdan  asosan  metallar  va  fabrika  mahsulotlari  keltirilardi.  Shuningdek  tranzit  savdo 

ham  muhim    ahamiyat  kasb  yetgan.  XIroj  va  zakotdan  tashqari  majburiy    soliqlar  ham 

bo’lgan. Qo’qon xonligi ijtimoiy asosiy xususiyatlar boshqa ikki xonlikdagidan katta farq 

qilmaydi.  Xonlikda  davlat  boshqaruvini  xon  va  uning  yaqinlari  amalga  oshirganlar. 

Davlat  boshqaruvida,  shuningdek,  harbiy-ma’muriy  amaldorlarning  mavqyei    ham  katta 

bo’lgan  va  ular  markaziy  hamda  mahalliy  boshqaruvni  amalga  oshirganlar.  Bular  o’z 

hizmatlari  yevaziga  muayyan  imtiyozlarga  yega  tabaqa  hisoblansa,  din  peshvolari  ham 

o’ziga  xos  imtiyozlarga  yega  va  davlat  boshqaruvida    muayyan  ta’sirga  yega  bo’lgan 

tabaqa  hisoblangan.  Jamiyatning  yeng  ko’p  sonli  va  kam  huquqli  tabaqasi  oddiy  halq 

fuqaro  hisoblangan.  Asosiy  moddiy  boyliklar  aholining  ana  shu  tabaqasi  tomonidan 

yaratilgan. 

Xonlikning  iqtisodiy  hayotida  dehqonchilikning  salmog’i  yuqori  bo’lgan.    Bu 

sohada  Farg’ona  vodiysi  alohida  muhim  ahamiyatga  yega  bo’lgan.  Xonlikning    boshqa 

hududlarida  suv  yetarli  bo’lganligi  uchun  sug’orma  dehqonchilik  ishlari  yaxshi  yo’lga 

qo’yilgan  va  O’rta  Osiyo  mintaqasiga  xos  bo’lgan  deyarli  barcha  yekin    turlari 

yetishtirilgan. Ayniqsa XIX asrga kelib paxta yetishtiriladigan maydonlar kengayib bordi 

va  paxtaning  asosiy  haridori  rossiya  hisoblangan.  Yerga  yegalik  qilishning  an’anaviy 

usullari saqlanib qolingan bo’lib, yerlarning asosiy qismi davlatga, hususiy shaxslarga va 

diniy  muassasalarga  qarashli  bo’lgan.  Harbiy  hizmatlar  uchun  «Tanxo»,  «Tarxon» 

shaklidagi  yerlar  berilgan  va  undan  foydalanish  avloddan-avlodga    meros  bo’lib 

o’tmagan. 

Chorvachilik  ham  iqtisodiy  sohaning  asosiy  tarmoqlaridan  biri  bo’lgan.  Bu  soha 

Toshkent  vohasi  va  Turkistonda  yaxshi  rivojlangan  yedi.  Chorvachilikning  yeng 

rivojlangan    sohasi  qo’ychilik    va  yilqichilik  hisoblangan.  O’troq  aholi  orasida  uy 

chorvachiligi keng tarqalgan. 

Hunarmandchilikning  asosiy  markazlari  Qo’qon,  Toshkent,  Andijon,  Marg’ilon, 

O’sh, Turkistonda yaxshi rivojlangan yedi. 

Bu  soha  vakillari  to’qimachilik,  miskarlik,  kulolchilik.  Zargarlik,  ipak  va  shoyi 

mtolar  to’qish  va  boshqa  ko’plab  hunarmandchilik  turlari  va  kasb  sohalarida  o’z 

mahsulotlarini  san’at  asarlari  darajasiga  yetkazib  tayyorlash  bilan  birga,  aholining 

hunarmandchilik  mahsulotlariga  bo’lgan  talablarini  qondirish  va  tashqi  bozorga  ham 

chiqarar yedilar. 

Xonlikning  ichki  va  tashqi  siyosati  birmuncha  murakkab  bo’lishiga  qaramasdan 

ichki  va  tashqi  savdo  munosabatlari  o’z  taraqqiyotida  davom  yetdi.  Ichki  savdoda 

Qo’qon,  Marg’ilon,  Andijon,  Toshkent,  Chimkent,  O’ratepa  va    boshqa  shu  kabi  yirik 

shaharlar  asosiy  o’rin  yegallasa,  bu  shaharlardagi  ixtisoslashgan  bozorlar  va 

karvonsaroylar savdo-sotiq rivojining asosiy omillaridan yedi. 

Tashqi  savdoda  xonlik  rossiya,  XItoy,  Hindiston  va  boshqa  davlatlar  bilan  keng 

aloqalar olib borardi. Tashqi davlatlardan asosan fabrika mahsulotlari, choy va ziravorlar 

kabi  tovarlar  keltirilsa,  tashqariga  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari,  hunarmandchilik  




buyumlari asosiy tovarlar hisoblanardi. 

Xonlikda asosiy soliq turi XIroj va zakot bo’lib, bundan tashqari turli Xil soliqlar va 

yig’imlar yig’ib olinardi. Shuningdek aholi turli vaqtlarda majburiy hashar ishlariga ham 

jalb    yetib  turilardi.  Harbiy  harakatlar  vaqtida  yesa  soliqlar  miqdori  va  turlari  o’zgarib 

turardi. 

XVIII  asrning  boshlariga  kelib  Toshkent  shaxri  O’rta  Osiyo  shimoliy  sharqiy 

qismining  yirik  siyosiy  va  iqtisodiy  markaziga  aylanadi.  Shaxar  tarixini  yozgan 

Muxammad Solix 1739 yilda Toshkentga kelgan  Karl Miller 1741 yilda shaxarga kelgan  

malumotlarining  taxlili  shuni  ko’rsatadiki  XVIII  asrda  Toshkent  taxminan  16km² 

maydonni egallagan, 80000 aholi istiqomat qilgan shaxar bo’lgan. Xozirgi eski Toshkent  

deb atalayotgan xudud o’sh davrdagi Toshkentning o’zagini tashkil qilgan. 

 XVIII  asr    boshlarida  Toshkent  juda  xam  boy  va  chiroyli  shaxar  bo’lgan.  Faqat 

yirik  masjitlar  miqdori  40  ta  bo’lgan.  Shaxar  atrofii  XImoya  devori  bilan    o’ralgan. 

Darvozalarning  soni  12  ta  bo’lgan.  Shaxar  markazidagi  xukmdor  qarorgoxi  xam  klin 

devor  bilan  o’rab  olingan.  Shaxarga  suv  Chirchiq  daryosidan  Bo’zsuv  kanali  orqali 

keltirib,  shaxar  ichida  u  5ta  katta  ariqqa  bo’lingan.  Ariqlar  xam  o’z  navbatida  kichkina 

ariqchalarga  bo’linib  xovlilar  orqali  o’tkazilgan.  Bu  esa  shaxarning  ichida  xam 

bog’dorchilikni rivojlantirish va poliz ekinlarini ekish imkonini bergan. 

 XVIII  asrning  boshida  Toshkent  erkin  shaxar  xisoblanib  faqat  atrofdagixududlarni 

o’ziga  bo’ysindirgan  bo’lsa,  asr  oXIriga  kelib  Chimkent  va    Turkiston  xududlari  xam  

Toshkentga  bo’ysindiradilar.    Shaxar  va    viloyatni  boshqarishning  xarbiy  polisiya 

funksiyasi  shaxarga  o’z  drujinasi  bilan  qozoq  xoniga  topshirilgan  va  buning  evaziga 

xonga  malum  miqdorda    o’lpon  to’langan    xo’jalik,  savdo  sotiq  ishlari  bilan  esa  aholi 

tomonidan  saylangan  maxsus  organ  shug’ullangan.  Ko’chmanchilar  istiqomat  qiladigan 

xudud bilan o’troq aholi xududi  chegarasida joylashganligi Toshkentga savdo tijorat va 

xunarmandchilikni rivojlantirish uchun juda yaxshi imkoniyat yaratgan edi. 

 Xunarmandlar  shaxar  aholisining  aksariyatini  tashkil  qilganlar.  Shaxardagi  eng 

rivojlangan  xunarmandchilik  tarmog’i  to’qimachilik  bo’lgan.  Metalni  qayta  ishlash, 

ko’nchilik,  kulolchilik,  mo’ynaga  ishlov  yerish  kabi  tarmoqlar  xam  rivojlangan  edi. 

Toshkentlik  savdogarlar  nafaqat  qozoq  ko’chmanchilari  balki    Buxoro  ,  Qo’qon  va 

Rossiya  xududlari  bilan  mustahkam  savdo  aloqasida  bo’lganlar.  Toshkent  XVIII  asrga 

kelib  O’rta  Osiyo  xonliklarining  qozoq  cho’llari  va  Rossiya,  ayniqsa  uning  sharqiy 

xududlari bilan savdo aloqalarining tranzit punktlariga aylanadi. Markaziy bozor xozirgi 

Chorsu  xududida  joylashgan  edi.  Savdodan  olinadigan  foyda  nafaqat  iqtisodiy  balki 

siyosiy  jixatdan  xam  shaxar  aholisi  nufuzining  olishiga  olib  keldi.  Natijada  iqtisodiy 

jixatdan baquvvat bo’lgan aholi feodallar va xonlar xokimiyatini cheklash  va to xatto  u 

O’rta Osiyoda juda kam  uchraydi. U shaxar  o’z-o’zini  boshqarish organlarini tuzishga 

xam  muvoffaq  bo’lgan.  Shaxarda  xokimiyat  axolii  tomonidan  tayinlangan  xo’jalar 

qo’lida  mujassamlashgan edi. Ular soliqlar to’plar, sud ishlari bilan shug’ullanar va xatto 

Toshkentliklar  nomidan  boshqa  mamlakatlar  bilan  diplomatik  yozishmalar  olib  borar 

edilar. 

Mavzuni mustahkamlash uchun  savollar: 

1.

 

Olimxon va Umarxon hukmronligi yillarida Qo’qon xonligi siyosiy hayotining asosiy 



jihatlarini ochib bering. 

2.

 



Madalixon  hukmronligi  yillarida  Qo’qon  xonligining  siyosiy  mavqyeining  yuksalishi 

va inqirozini qanday baholaysiz? 




3.

 

Amir Nasrulloning Qo’qon xonligini bosib olishi qanday oqibatlarga olib keldi? 



4.

 

Musulmonqulning Qo’qon xonligi siyosiy hayotidagi o’rnini tahlil qiling. 



5.

 

Xonlikning XIX asr birinchi yarmidagi iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi o’ziga xoslikni 



ochib bering? 

TAYANCh TUShUNChALARI: 

«Amir al-mminin», «amir al-muslimin»-mo’minlar, musulmonlar amiri. (diniy unvon) 

Xiroj-yer solig’i, pul va mahsulot tarzida undirib olingan va hosilning 5\1 qismini  tashkil 

yetgan. 

Zakot-mol  solig’i,  mulk  yegalari  va  savdogarlardan  olinadigan  soliq  turi,  umumiy 

mulkning 40\1 qismini tashkil yetgan. 

«Tanxon»,  «Tarxon»-harbiy  hizmatlar  yevaziga beriladigan  yer-mulk, avloddan-avlodga 



meros bo’lib o’tmagan. 

 

Yüklə 261,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə