Mavzu: Qurilish xaritalari Kirish I bob Qurilish xaritalari 1 Yirik masshtabli kadastr kartalarini loyihalash va tuzish kursining maqsadi va vazifalari



Yüklə 41,82 Kb.
səhifə1/7
tarix31.05.2023
ölçüsü41,82 Kb.
#114544
  1   2   3   4   5   6   7

Mavzu:Qurilish xaritalari
Kirish
I bob Qurilish xaritalari
1.1 Yirik masshtabli kadastr kartalarini loyihalash va tuzish kursining maqsadi va vazifalari.
1.2 Yirik masshtabli kadastr kartalarini xalq xo‘jaligidagi axamiyati.
II bob Kadastr nima, u qachondan boshlab va qaerlarda o‘tkazilgan.
2.1 Qishloq “obshinalari” planlari qachon va qaysi masshtablarda s'yomka qilingan.
2.2 Qadimdagi kadastr va kartalar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………..…….3
I bob Qurilish xaritalari………………………………………………………….7
1.1 Yirik masshtabli kadastr kartalarini loyihalash va tuzish kursining maqsadi va vazifalari………………………………………………………………………7
1.2 Yirik masshtabli kadastr kartalarini xalq xo‘jaligidagi axamiyati………………………………………………………………………..10
II bob Kadastr nima, u qachondan boshlab va qaerlarda o‘tkazilgan.
2.1 Qishloq “obshinalari” planlari qachon va qaysi masshtablarda s'yomka qilingan……………………………………………………………………….…15
2.2 Qadimdagi kadastr va kartalar……………………………………………19
Xulosa………………………………………………………………………..…..30
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….......……34


Kirish
Qurilishning tayyorgarlik va asosiy davrlarida qurilish maydonchasida bajariladigan ishlarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, unga yana binoning yer osti va yer usti qismlarini barpo etish ishlari, barchapardozlash ishlari va muhandisliksanitariya va elektrotexnika qurilmalar, liftlar va boshqalar kiradi. Qurilish yo‘nalish sifatida ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etilishini birlashtiradi. Texnologiya - zarur maxsulotni olish jarayonida materiallarni yarim mahsulotlarni tayyorlash yoki ularga ishlov berish usul (metod) larini ma’no ifodasini bildiradi. Texnologiyaning vazifasi - zamonaviy ilmiy yutuqlar va ishlab chiqarish tajribasi negizida yangi, samarali va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq jarayonlarni ishlab chiqish va joriy qilishdan iborat. Zamonaviy qishloq qurilishi arxitektorlar oldiga shunday masalalar qo‘ymoqdaki, ular qurilish texnologiyasining nazariy asoslarini va amaliy layoqatga ega boiishlarini, bino va inshootlar barpo etish usullarini bilishni taqoza qiladi. «Qishloq qurilish texnologiyasi» qurilish jarayonlarini bajarish usullari to‘g‘risidagi fan bo‘lib, bu fanni mukammal o‘zlashtirish uchun talabalar «chizma geometriya va injenerlik grafikasi», «oily matematika», «fizika», «qurilish materiallari va buyumlari» «arxitektura» va boshqa fanlar bo‘yicha yetarli ma’lumotga ega bo'1 ishlari talab etiladi. Tayyorlash jarayoni qurilish maydonining mahalliy sharoitiga va joylashishiga (aholi yashash joylaridan tashqarida yoki shahar ichida) qarab turlicha boMishi mumkin. Umumiy holatda bu jarayonga maydonni tozalash, yuza va grunt (er osti) suvlarini qochirish, geodezik rejalash asoslarini yaratish kiradi. Maydonni tozalashda mavjud daraxtlar keyinchalik foydalaniladigan bo‘lsa boshqa joyga ko‘chirib o‘tqaziladi, shu joyda qoldiriladigan daraxtlami esa shikastlanishdan himoya qilinadi. Keraksiz hisoblangan daraxt va butalar elektr yoki mexanik arralar yordamida qirqiladi, traktorlar va buldozerlar yordamida yiqitiladi. Maydon daraxtlar va to‘nkalardan tozalangach tuproqning hosildor qatlami qirqib olinib, alohida ajratilgan joylarga to‘kiladi. Ayrim hollarda hosildor qatlam boshqa maydonlarni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida tashib ketiladi. Agar maydonda eski qurilishlar bo‘lsa buzib olinadi. Buzishda metall shar bilan jihozlangan avtokranlar va kran-ekskavatorlardan foydalaniladi. Ayrim hollarda portlatish usuli ham qo‘llanilishi mumkin. Yog'ochdan qurilgan binolarni buzishda ularning yaroqli qismlari ajratib olinadi, qolgan qismlari esa shu joyning o‘zida yoqib yuborilishi mumkin. Yoqib yuborish jarayoni o‘t o‘chirish va sanitariya nazorati tashkilotlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Yaxlit temir-beton va metalldan iborat bo‘lgan qurilishlar maxsus ishlab chiqilgan sxemalar asosida buziladi. Buzish jarayonida ajratib olinadigan temir-beton bloklar va metall elementlar og‘irligi ishlatilayotgankranningengkattaqulochdagiyukko‘taruvchanligining yarmidan ortib ketmasligi kerak. Yig‘ma temir-betondan tashkil topgan qurilishlar montaj sxemasiga teskari bo‘lgan sxemalar asosida buzib olinadi. Qurilish maydonidagi tozalash ishlari yakunlangach, maydon atrofi o'raladi yoki maxsus belgilar va yozuvlar qo‘yib qo‘yiladi. Qurilish maydonini tayyorlashda navbatdagi jarayon yuza va grunt suvlarini qochirish hisoblanadi. Yuza suvlar yog'ingarchiliklar (yomg‘ir, qor) natijasida hosil boMadi. Yuza suvlar maydonning o‘zida hosil boMadigan va boshqa yuqori uchastkalardan oqib keladigan («begona suvlar») turlarga bo'linadi. Maydonning o‘zidagi yuza suvlarini oqizib yuborish uchun maydon ma’lum nishablikda tekislanadi. «Begona suvlar» maydonni aylanib o‘tadigan ariqchalaryordamida oqizib yuboriladi (4-rasm). Suv yaxshi oqishi uchun ariqchaning bo‘ylama nishabligi kamida 0,003 bo'lishi kerak. 4-rasm. M aydonni ytr/a suvlairdan himoiya qilish: l-y u za suvlarning hosil bo'lish joyi. ?--suv oqizish ariqchasi, 3—qurilish maydonchasi. Qurilish maydonidagi grunt suvlarining sathi yuqori (er ustiga yaqin) boisa maydonni quritish (grunt suvlarini qochirish) uchun ochiq va yopiq drenajlardan foydalaniladi (5-rasm). Ochiq drenajlar chuqurligi 1,5 m gacha bo‘lgan ariqcha ko‘rinishida bo'ladi. 5-rasm. M aydonni quritish uchun mo‘ljallangan yopiq drenaj 1—mahalliy grunt; 2-m ayda qum; 3—yirik qum; 4 -shag‘al; 5—tirqishli quvur (keremika, beton, asbestosement); 6—zichlangan qatlani Yopiq drenaj quvurlari gruntning muzlash sathidan pastda va bo‘ylama nishabligi kamida 0,005 bo‘lishi kerak. Qurilish maydonchasini shunday tashkil qilish kerakki, bunda barcha uchastkalar va ish joylarida mehnat xavfsizligi ta’minlangan boMishi kerak. Qurilish maydonchasi va ish jovini tashkil qilish QMQ 3.01.02-00 «qurilishda xavfsizlik texnikasi»ga asoslanib amalga oshiriladi. Har bir qurilish maydonida xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi bo'yicha tadbirlarini o’z ichiga olgan «Ishlab chiqarish ishlari loyihasi» (IChIL) deb nomlangan hujjat bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish ishlari loyixasi qurilish boshqarmasining bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanib, qurilish ishlarini boshlashdan ikki oy oldin qurilish joyiga beriladi. Bu xujjatsiz qurilish - montaj ishlarini bajarishga ruxsat etilmaydi. Qurilish joyiga ish boshqaruvchilar (uchastka boshlig‘i, ish yurituvchi yoki ustalar) mazkur loyiha bilan tanishib, shu xujjat asosida qurilish maydonchasi va ish joyini tashkil qilish uchun bir qator tayyorgarlik ishlarini bajaradilar. Avvalo qurilish maydonchasi tashqi muhitdan taxta to‘siqlar bilan (to‘siqlarning balandligi 1,6 metrdan kam bo'lmasligi kerak) o'ralib, transport vositalari va ishchilar kirib-chiqishi uchun darvoza o‘rnatiladi. Darvoza oldiga transport vositalarining qurilish maydonchasida harakatining sxemasi va bino pasporti ham o‘rnatiladi. Sxemada qurilish materiallari va konstruksiyalarini tashiydigan transport vositalarining qurilish maydonchasidagi harakat tezligi, qaerda to'xtashi, yuklash-tushirish ishlarini bajaradigan joylar, xavfli zonalar va yana orqaga qaytadigan yo‘lning belgisi ko‘rsatiladi. Xaydovchilar shu sxema orqali qurilish maydonchasida aniq va puxta harakat qilishlari kerak. Qurilish pasportida esa qurilayotgan bino va qurilish boshqarmasining nomi, ish boshqaruvchilarining familiyalari hamda bino qurilishi qachon boshlanib, qachon tugallanishi haqidagi yozuvlar o'z ifodasini topishi shart. Qurilish maydonchasida transport vositalari harakatlanishi uchun vaqtinchalik yoMlarni shunday xisob bilan qurish kerakki, maydonchaga kirayotgan avtomobillar yilning barcha faslini har qanday obhavo sharoitida ham bemalol harakat qila olsin. Transport vositalari uchun me’yor bo‘yicha bir tomonlama harakat qiladigart yo'lning kengligi 3,5 m, ikki tomonlama harakatlanadigan yo'lning kengligi 6m bo'lishi kerak. Transport vositalari qaytadigan yo'lning radiusi 10m va boshqa yirik xajmli avtomobillar uchun 12 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Qurilish maydonchasi elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishi lozim. Tunggi smenalarda ishlovchilar uchun ulaming qulay joylarga va projektorlarning korpuslari, barcha elektr jixozlari, rubilniklar albatta yerga ulanishi kerak. Vaqtinchalik o'tkazilgan elektr kabellari yerga ko'milishi, buning iloji boimagan taqdirda ish joylarida 2,5 m, ishchilar o‘tadigan joylarda 3,5 m hamda transport vositalari harakatlanadigan joylarda esa 6 m balandlikka ko'tarilishi lozim. Rubilnik va elektr jihozlarining eshiklari qulflanishi va ularga ogohlantiruvchi belgilar osib qo‘yilishi kerak. Ishchilar uchun madaniy-maishiy sharoitlar varatilishi, jumladan; vagon-uychalar har bir ishchi uchun alohida kiyim saqlaydigan shkaflar bilan jixozlangan boiishi, ayollar uchun shaxsiy gigiena xonalari, h o i boMgan kiyimlarni quritish uchun maxsus joy, isinish va dam olish xonalari, yil bo'yi foydalanadigan dushlar, hojatxona, qo‘l yuvish uchun jixozlar hamda oshxonalar bo'lishi kerak. Bu yordamchi binolar qurilish maydonchasida harakat qilayotgan minorali kranlarning xavf lug'dirishi mumkin bo'lgan chegarasidan chetroq bo‘lishi lozim. Asbob-uskunalar va mayda materiallar saqlanadigan omborxonalar, vong'inni o'chirish vositalari hamda havfsizlik texnikasi burchagi, shuningdek chekish uchun maxsus joylar qilinishi kerak. Sement, ohak, alebaster va boshqa shu kabi changiydigan materiallar yopiq binolarda saqlanadi. Qurilish materiallari va konstruksiyalari taxlanadigan joy yaxshilab tekislanadi hamda kerakli moslama (poddonlar, konteynerlar, kassetalar va boshqalar) bilan ta’minlanadi. I lar bir material va konstruksiyalar qo‘yiladigan joyga ular aralashib ketmasligi uchun materialningnomi yozilgan ko‘rsatkichlaro‘rnatiladi. Qurilish-montaj ishlari boshlangandan so‘ng, ish joylari xavfsizligini tashkil etish masalasi turadi. Ish joylarini shunday tashkil etish kerakki, qurilish ob’ektlarida ishlayotgan har bir ishchining hayoti va sogiig‘iga biror moslama yoki vositalar tomonidan xavf solinmasligi lozim, ya’ni ishchilaming bemalol mehnat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Qurilish ob’ektida odamlar o‘tadigan joylardagi qazilgan kotlovan va chuqurliklar biron bir kishining tushib ketmasligi uchun to'siqlar bilan o‘ralib, o‘tish joyiga kengligi 0,6 m dan kam bo‘lmagan ko‘prikchalar o‘rnatiladi. Ko‘prik yon tomonlaridagi to‘siqlarning balandligi 1 m dan kam bo'lmasligi kerak. Tunggi smenada qurilish maydonchasi yoritiladi va xamma ish joylarida yorug‘lik yetarli bo‘lishiga erishish talab qilinadi. Yuqoriga yoki chuqurlikka chiqib-tushishda ilmoqli narvonlardan foydalaniladi. Qurilayotgan bino yoki inshoot kirish qismining tepasiga kirib chiqayotganlarga yuqoridan biror narsa tushib ketmasligi uchun kengligi 2 m dan kam bo'lmagan ayvoncha qilinadi. Ayvonchaning og‘ish burchagi 20° dan ortib ketmasligi lozim. Zararli gaz paydo bo‘ladigan joylarda. shuningdek quduqlar, chuqurlik, handaq va shurflarda ish boshlashdan oldin u yerdagi xavo tarkibi maxsus asboblar bilan taxlil qilinadi. Buning uchun qurilish laboratoriyasi xodimlari jalb etiladi. Qurilayotgan bino va havoza yoki supalardan axlatlar maxsus tarnovlar, yopiq yashik yoki konteynerlarda pastga tushiriladi. Tamovni pastki qismi yerdan 1 m dan ortiq bo‘lmagan balandlikda yoki axlat tashiydigan moslama ichida bo‘lishi kerak. Tamovlardan foydalanmasdan axlat tashlash faqat balandligi 3 m gacha boigan j oylardangina tashlashga ruh sat etil adi. Shun da ham axlat tashlanadigan yerlarda biror kishi kelib qolmasligi uchun har tomondan o'raladi yoki ogoxlantiruvchi belgilar qo‘yiladi. Qurilayotgan binoning balandligi 25 m dan ortiq bo‘lsa, ishchilarning chiqib-tushishlari uchun lift o‘rnatiladi



Yüklə 41,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə