Mavzu: Samarqand viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi



Yüklə 125,56 Kb.
səhifə1/9
tarix26.10.2023
ölçüsü125,56 Kb.
#132305
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Samarqand viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi


Mavzu: Samarqand viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi

Reja
Kirish


1. Samarqand viloyatining iqtisodiy o‘rni va chegaralari
2. Tabiiy sharoiti va resurslari
3. Aholi mehnat resurslari
4. Samarqand viloyati iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari
5. Samarqand viloyatining transport tashqi aloqalari
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar


KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 17 mart kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.[1]
Samarqand degan so‘zning jaranglarida, ohanglarida bir sir bor, sehr‚ qudrat bor. Samarqand tarix zarvaraqlarida hamisha g‘olib, dunyo go‘zalliklari jamlangan yurt bo‘lib kelgan.1
Yer yuzining sayqali deb tan olingan yurtimiz sobiq tuzum hukmronligi davrida kundan-kunga so‘lib borayotgan daraxtga o‘xshardi. Sohibqiron Amir Temurdan meros o‘n to‘rt bog‘ning nomlari kitoblarda qolgan edi. Olamga mashhur obidalarimiz xarobalarga aylanib borayotgani ham sir emas edi. Ma’rifat va ziyo ahlining ham qo‘li kalta edi. Mustaqillik quyoshi shahrimiz ko‘chalariga ham nur bo‘lib kirdi. Keng ko‘lamda obodonlashtirish ishlari olib borildi. O‘zgarishlar ko‘pligidan nafaqat mehmonlar, o‘zimiz ham eski ko‘chalarni tanimay qolamiz. Har kuni bir yangilik. Samarqand azaldan еri, suvi, havosi, tarixiy obidalari bilan jahonga mashhur yurt. Shahar haqida so‘z ketganda, albatta, uning osori-atiqalari, boy tarixiga to‘xtalmay iloj yo‘q. Mustaqillik tufayli uzoq yillar davomida oyoqosti bo‘lib yotgan ziyoratgohlar, aziz qadamjolarning asl shuhrati qayta tiklandi, obod maskanlarga aylantirildi.
Mustaqillik yillarida Samarqandda har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” festivalida ne-ne mamlakatlarning xonandalari yig‘ilishib, o‘z tillarida chah-chahlashadi. Milliy me’morchilik an’analari va zamonaviy shaharsozlikning eng yuksak talablari asosida shaharning tor, egri-bugri ko‘chalari kengaytirildi, nurab, zax bosgan eski binolar o‘rnida zamonaviy binolar qad ko‘tardi, yangi xiyobon va oromgohlar barpo etildi.
Bu kabi o‘zgarishlar, yangilanishlarni shahrimizdagi bir zamonlar e’tibordan chetda bo‘lgan, hatto kirish ta’qiqlangan, shavkati poymol etilgan madrasa va maqbaralar, xilxonalar, ziyoratgoh va me’moriy majmualar bugun istiqlol sharofati tufayli butun bo‘y-bastini ko‘rsatib, qo‘li gul usta va hunarmandlarimiz mehnati, el mehri va e’zozidan nurlanib turibdi. Shohi Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Ruhobod, Amir Temur maqbarasi, Oqsaroy, Bibixonim jome’ masjidi, hatto mashhur Siyob dehqon bozori misolida tarix va bugunni o‘zida ifodalagan Sharq gavhari - Samarqand еr yuzidagi abadiy va muazzam shahar ekanligini yana bir bor his etish mumkin. Milliy me’morchilik an’analari va zamonaviy shaharsozlikning eng yuksak talablari asosida shaharning tor, egri-bugri ko‘chalari kengaytirildi, nurab, zax bosgan eski binolar o‘rnida zamonaviy binolar qad ko‘tardi, yangi xiyobon va oromgohlar barpo etildi. Yuksak did va mahorat bilan qayta qurilgan Dahbed, Mirzo Ulug‘bek, Panjakent, Beruniy, Bo‘stonsaroy, Spitamen ko‘chalari, Registon va Shohi Zinda ansambllari, Amir Temur maqbarasi va Xoja Doniyor ziyoratgohi singari ko‘plab ob’ektlarda amalga oshirilgan qurilish-rekonstruktsiya yumushlari mazkur yo‘nalishdagi ishlarning yorqin timsolidir.

Yüklə 125,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə