Mavzu: shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi reja



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix21.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#111820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
653144 (3)

O'ZINI- 
O'ZI QAROR
TOPTIRISH 
ЎЗИНИ- 
ESTETIK EHTIYOJ: 
go'zallik garmoniya 
BILISh EHTIYOJI: 
bilish tushunish 
HURMATGA BO'LGAN EHTIYOJ: 
hurmat qozonish, ma'qullash 
YAQINLIK TUYG'USIGA EHTIYOJ: 
odamlar qabul qilishi va hurmat qozonish 
XAVFSIZLIKKA NISBATAN EHTIYOJLAR: 
o'zini himoya qilish hissi 
FIZIOLOGIK EHTIYOJLAR: ovqat, 
chanqoq 


Insonning faolligi boshqa mavjudotlardan ham mohiyat, ham shakl jihatidan 
tafovutga ega bo’lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda qondirilishida 
o’z ifodasini topadi. Jumladan, mavjudotlar va hayvonlar o’zlarining tanasi va uning 
a'zolari tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga binoan, o’z o’ljasini tutib 
olishga nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan 
payqash, sezgirlik orqali zudlik bilan faol harakat qiladi. hayvonlar ehtiyojlarining 
qondirilish jarayoni qanchalik maqsadga muvofiq ravishda kechgan bo’lsa, bu esa 
o’z navbatida ularning qurshab olgan yashash muhitiga engillik bilan moslashuvini 
ta'minlaydi. Masalan, asalari xatti-harakatlarining tug’ma, irsiy dasturida uning 
gullarga qo’nib, nektar yig’ish ehtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu 
ehtiyojlarni qondirish ob'ektlari (gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi
qaysi tomonda joylashganligi, mo’l-ko’lligi kabilar va hokozo) aks etadi. Shu 
boisdan mavjudotlarning ehtiyojlarida ularning faolligi omili sifatida tabiiy 
alomatlar instinktlar, shartsiz reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi. 
Odamning ehtiyoji unga ta'lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, ya'ni 
insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko’nikma, malaka, odat, ma'naviyat, 
qadriyatlar bilan yag’indan tanishishi ularni o’zlashtirish orqali amalga oshiriladi. 
Tabiat tomonidan vujudga keltirilgan jism, narsa, buyum inson uchun biologik 
ehtiyojni qondiruvchi o’lja ma'nosini va ahamiyatini yo’qotadi. Odam boshqa 
mavjudotlardan farqli o’laroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrining xususiy 
ehtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni zaruriyat talabiga binoan tubdan 
qayta o’zlashtirishga, takomillashtirishga qodir ongli zotdir. Xuddi shu boisdan 
odamning o’z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot darajasi 
bilan o’lchanadigan faoliyat shakli va turini egallashning faol muayyan maqsadga 
yo’naltirilganligi, ma'lum rejaga asoslangan ijodiy ko’rinishi sifatida alohida 
ahamiyat kasb etadi. Insondagi tor ma'nodagi ehtiyojlar uning shaxsiy talablarini 
qondirish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik faoliyatida yuzaga keluvchi 
jamoaviy ehtiyojlar yakkaxolligiga oid xususiyat kasb etadi. Aytaylik, ma'ruza 
o’qishga taklif qilingan mashg’ulotga o’qituvchining puxta tayyorgarligi o’z 
predmetining o’ta fidoiysi ekanligi uchun emas, balki jamoa nufuziga dog 
tushirmaslik ma'suliyati ijtimoiy burch hissiga nisbatan ehtiyoj sezganligi tufayli 
amalga oshadi. Shaxsiy ehtiyoj guruhiy, jamoaviy munosabatlar uyg’unlashib 
ketganligi sababli o’zaro qorishiq xususiyatiga ega bo’ladi. Har qanday individual 
faoliyatga nisbatan ehtiyojning tuzilishi ijtimoiy alomat, umumiylik, hamkorlik 
xususiyatini kasb etib, faoliyatga yondashuvda yakkaxollik umumiylikni
umumiylik esa alohidalikni uzluksiz ravishda beto’xtov aks ettirib turadi. 
Psixologiya fanida ehtiyojlarni tasniflash ularni kelib chiqishi va o’z 
predmetining xususiyatiga binoan amalga oshiriladi. Odatda o’zlarining kelib 
chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy va madaniy turga ajraladi.
Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyati faolligi o’z shaxsiy hayotini himoya qilish, 
o’z avlodi hayotini saqlash, uni qo’llab-quvvatlash uchun zaruriy shart-sharoitlarga 
yuritilganlik, tobelik aks etadi. Tabiiy ehtiyojlar tarkibiga odamlarning ovqatlanishi, 
tashnalikni qondirishi, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan saqlanish, musaffo 
havoga intilish tana a'zolariga dam berish kabilar kiradi. Tabiiy ehtiyojlar uzoq vaqt 
davomida qondirilmasa, uning oqibatida inson


halokatga mahkum bo’ladi, o’z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostida qoldiradi. 
Inson faoliyatining faolligi insoniyat madaniyati mahsuli bilan bog’liqligini 
ifodalab, madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Madaniy ehtiyojlar to’g’risida 
mulohaza yuritilganda uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari 
bilan uzviy bog’lanib ketishini ta'kidlab o’tish lozim. 
Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o’zaro uyg’unlashgan bo’lib, 
birinchisi ikkinchisini taqozo etadi. Chunki ular bir-birining negizidan kelib chiqadi. 
Xuddi shu boisdan madaniy ehtiyojlar ob'ektiga tabiiy ehtiyojlarini qondiruvchi uy-
ro’zg’or buyumlari, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan boqlanish 
vositalari, madaniy aloqalar o’rnatish usullari, shaxslararo muomalaga kirishish 
uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, o’qish va tajriba orttirish 
yo’llari kiradi. Odatda jamiyatda ta'lim va tarbiya tizimini egallash, xalq an'analari, 
marosimlari, bayramlari, odatlari rasm-rusumlari, xulq-atvor ko’nikmalarini 
o’zlashtirish jarayonida rangbarang madaniy ehtiyojlar vujudga keladi, yangicha 
ma'no kasb eta boshlaydi. Yuqorida ta'kidlab o’tganimizdek, tabiiy ehtiyojlar 
qondirilmasa, ular insonni halokat yoqasiga etaklaydi, biroq madaniy ehtiyojlarning 
qondirilmasligi unday oqibatlarga olib kelmaydi, uning kamolotini sekinlashtiradi.
Psixologiya fanida ehtiyojlar o’z predmetining xususiyatiga ko’ra moddiy va 
ma'naviy turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai turlicha 
ekanligi e'tirof etiladi.
Insonning ovqatlanishi, kiyinishi, uy-joyga ega bo’lishi, maishiy turmush 
ashyolariga intilishi, komfort hissini qondirish bilan bog’liq madaniyat 
predmetlariga nisbatan ehtiyoj sezish moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga 
keltiradi. Ma'naviy madaniyatni yaratish va o’zlashtirish shaxsning o’z fikr 
mulohazalari va his-tuyg’ulari bo’yicha boshqa odamlar bilan muomalaga kirishishi 
hamda axborot almashtirishi, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishishi, mahalliy 
matbuotni o’qish, kino va teatr ko’rish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, 
ya'ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma'naviy ehtiyojlar tizimini vujudga keltiradi. 
Ma'naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq bo’lib vujudga 
kelgan ma'naviy ehtiyojlarni qondirish jarayoni moddiy ehtiyojlarning tarkibiga 
kiruvchi moddiy narsalar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi kitob, yozuv 
qog’ozi va boshqalar. 
Ehtiyojlarning turlari haqida fikr bildirilganda yana shu narsaga e'tibor berish 
kerakki, kelib chiqishiga binoan tabiiy turga taalluqli ehtiyoj o’z predmetiga ko’ra 
moddiy guruhga xuddi shu mezonlar bo’yicha bir davrning o’zida madaniy 
ehtiyojning moddiy yoki ma'naviy ehtiyoj turkumiga kiritish mumkin. Shu tariqa 
ehtiyojning kelib chiqishi va predmeti, xususiyati bo’yicha ikki mezonga asoslanib, 
muayyan guruhlarga ajratiladi. Inson ongining tarixiy taraqqiyotiga nisbatan va 
ehtiyojlarning ob'ektiga bergan munosabatiga binoan har xil tasniflanadi va xuddi 
shu mezonlarga ko’ra ular rang-barang turlarga ajratiladi. Ularning izchilligi, 
barqarorligi, davomiyligi, ko’lami, ahamiyatliligi, predmetliligi, ijtimoiyligi, 
individualligi kabi xususiyatlari bilan o’zaro bir-biridan farqlanadi. Ehtiyojlar 
faoliyati va xulq-atvor motivlari bilan teng alohada bo’ladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə