Mavzu: Shaxsalaro munosabatlar psixodiagnostikasi



Yüklə 121,68 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü121,68 Kb.
#110040
Shaxsalaro munosabatlar psixodiagnostikasi slayd

Mavzu: Shaxsalaro munosabatlar psixodiagnostikasi REJA. 1.Shaxsalaro munosabatlar mohiyati. 2.Shaxsalaro munosabatlar psixdiagnostikasida qo`llaniladigan metodlar. 3 Shaxsalaro munosabatlarga ta`sir ko`rsatuvchi individual xususiyatlar diagnostikasi.

Shaxslararo munosabatlar – bu ob`ektiv tarzda boshdan kechiriladigan, turli darajada anglanadigan insonlar o`rtasidagi o`zaro aloqalardir.

  • N.N.Obozov fikriga ko`ra “Shaxslararo munosabatlar asosini o`zaro ta`sirga kiruvchi insonlarning emotcional holati va ularning psixologik xususiyatlari tashkil etadi.

Shaxslararo munosabatlarning rivoji jins, yosh, milliy xususiyatlar va boshqa ko`pgina omillar bilan belgilanadi

  • V.N.Drujinin fikricha, ayollarda muloqot doirasi erkaklarga nisbatan torroq. Shaxslararo muloqotda ular o`zini namoyon qilish, o`zlari haqida boshqalarga informatciya berish ehtiyojini his qiladilar.
  • Ayollar uchun shaxslararo munosabatlarda ifodalanuvchi xususiyatlar ahamiyatli bo`lsa,erkaklar uchun ish bilan bog`liq xislatlar muhimroq hisoblanadi.

Guruh va jamoalarda shaxs 2 xil munosabatda bo`ladi:

  • Ish yuzasidan bo`ladigan munosabatlar.
  • Shaxsiy nunosabatlar.
  • Ish yuzasidan bo`ladigan munosabatlar guruh tarkibi bilan birga hujjatlarda qayd etiladi.
  • Shaxsiy munosabatlar esa simpatiya, bogliqlik, do`stlik, o`rtoqlik, antipatiya asosida vujudga keladi.

Shaxslararo munosabatlar o`zining dinamikasiga ega:

  • Tarkib topadi;
  • Mustahkamlanadi;
  • Muayyan cho`qqiga ko`tariladi;
  • Susayadi yoki tugallanadi.

Shaxslararo munosabatlarning 3 darajasi

1. Simpatiya,antipatiya asosida vujudga keluvchi munosabatlar.

2. Ish yoki o`qish yuzasidan bo`ladigan o`zaro munosabatlar.

3. Insoniy munosabatlar yoki chuqur, ishonchga asoslangan o`zaro munosabatlar.

Simpatiya (grekcha “sympatheia”-ichki tortish,yoqimlilik) – bu boshqa kishilarga nisbatan barqaror ijobiy munosabat bo`lib, xushmuomalilik, samimiylik kabi muloqotga undovchi xususiyatlarda namoyon bo`ladi va diqqat-e`tiborlilik, yordam ko`rsatishga intilishda(altruism) ifodalanadi.

  • Kovalev A.G. ta`rificha, simpatiya – insonning boshqa kishiga unchalik ahglanmagan munosabati va moyilligi.

Simpatiya yuzaga kelishining sabablari anglangan yoki kam anglangan bo`lishi mumkin.

  • Anglangan sabablarga – qarash, g`oya, qadriyatlar,
  • qiziqishlar, ma`naviy

    ideallar birligi kiradi.

    Kam anglangan sabablarga – tashqi jozibadorlik,

    xarakter xislatlari, xulq-

    atvor manerasi kiradi.

Shaxslararo munosabatlar muloqot vositasida amalga oshiriladi.

  • Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning o`zaro ta`siri, ular o`rtasida bilish yoki affektiv baholash xarakteridag axborot almashinishdir.

Muloqot – murakkab, ko`p qirrali jarayondir. Uning tuzilishida uchta tomon farqlanadi:

  • Muloqotning kommunikativ tomoni.
  • Muloqotning interaktiv tomoni.
  • Muloqotning pertceptiv tomoni.

Kommunikatciya - inglizcha so`z bo`lib, xabar qilish, aytish ma`nosini anglatadi.

  • Kommunikatciya insonlar o`rtasidagi tasavvur, fikr, his-tuyg`u, kayfiyat almashinuvidan iborat bo`lib, ularning o`zaro ta`siri orqali amalga oshiriladi.

Kommunikator – axborot beruvchi.

  • Kommunikator – axborot beruvchi.
  • Retcipient – axborotni qabul qiluvchi.
  • Muloqot jarayonida kommunikator va retcipient navbatma-navbat o`rin almashadilar.

Kommunikatciya verbal va noverbal vositalar yordamida amalga oshiriladi.

  • Kommunikatciya verbal va noverbal vositalar yordamida amalga oshiriladi.
  • Verbal kommunikatciya – nutqiy.
  • Noverbal kommunikatciya – imo-ishora, mimika, pantomimika, y`ani belgilarning optiko-kinetik tizimi; intonatciya, pauza kabi vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi.

Noverbal kommunikatciya shakllari:

1.Kinestetika – tana, qo`l harakatlari(jestikulyatciya),

mimika, pantomimika.

2.Paralingvistika – bu ovoz tembri, diapazoni, tonalligi.

3.Ekstrolingvistika – nutq tempi, pauzalar, tomoq

qirish, yig`lash, kulgi va h.

4.Proksemika – muloqotni vaqt va fazoviy jihatdan tashkil etilish sohasi.

Muloqotning interaktiv tomoni – bu insonlarning muloqot jarayonida bir-birlariga o`zaro ta`sir etishidir.

  • Muloqot va birgalikdagi faoliyat ijtimoiy nazorat sharoitlarida amalga oshiriladi.
  • Ijtimoiy nazorat esa ijtimoiy normalar – jamiyatda qabul qilingan,kishilarning o`zaro ta`sir va munosabatlarini tartibga soluvchi xulq-atvor namunalari asosida olib boriladi.

Ijtimoiy nazorat mexanizmlari:

  • Ma`qullamaslik.
  • Ayblash.
  • Jazolash.

Muloqotning pertceptiv tomoni – bu muloqot jarayonida o`zaro bir-birini tushunish va bir-birini idrok qilish.


O`zaro bir-birini idrok
etish
mexanizmlari
Identefikatciya
Refleksiya
Stereotiplashtirish

Identefikatciya – bu insonning o`zini boshqa

Identefikatciya – bu insonning o`zini boshqa

insonga,guruhga o`xshatishidir.

Refleksiya – bu insonnig muloqotdagi sheriklari

uni qanday idrok etishlarini anglash

va shunga qarab o`z hatti-harakatini

to`g`rilash.

Stereotiplashtirish-xulq-atvor shakllarini tasniflash va ularning sabablarini avval ma`lum bo`lgan, y`ani ijtimoiy stereotipga javob beruvchi holatlarga kiritish orqali tahlil qilishdir.

Shaxsalaro munosabatlar psixodiagnostikasida qo`llaniladigan metodlar:


Sotsiometriya
So’rovnomalar
Proyektiv metodikalar
Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasida proektiv metodlar
Oila rasmi
Rozentsveyg metodikasi
TAT
Yüklə 121,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə