Mavzu: Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi
Mavzu: Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi.
Reja:
1.Shaxslararo munosabatlar haqida tushuncha.
2.Shaxslararo munosabatlarning turlari va ularning o’zaro ta’siriga xos xususiyatlar.
3. Sotsiometriya. Sotsiometrik vositalar.
Tayanch tushunchalar: shaxslararo munosabatlar, simpatiya,
muloqot, kommunikatsiya, kinestetika, paralingvistika, ekstrolingvistika, proksemika, muloqotning interaktiv tomoni, ijtimoiy nazorat, muloqotning perseptiv tomoni, identefikatsiya , refleksiya, stereotiplashtirish.
Shaxslararo munosabatlar - bu obyektiv tarzda boshdan kechiriladigan, turli darajada anglanadigan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalardir.
N.N.Obozov fikriga ko‘ra, shaxslararo munosabatlar asosini o‘zaro ta’sirga kiruvchi insonlarning emotsional holati va ulaming psixologik xususiyatlari tashkil etadi. Shaxslararo munosabatlarning
rivoji jins, yosh, milliy xususiyatlar va boshqa ko‘pgina omillar bilan belgilanadi. V.N.Drujinin fikricha, ayollarda muloqot doirasi erkaklarga nisbatan torroq. Shaxslararo muloqotda ular o'zini namoyon qilish, o‘o‘zlari haqida boshqalarga informatsiya berish ehtiyojini his qiladilar.Ayollar uchun shaxslararo munosabatlarda ifodalanuvchi xususiyatlar ahamiyatli bo‘lsa, erkaklar uchun ish bilan bog'liq xislatlar muhimroq hisoblanadi.
Ish yuzasidan bo'ladigan munosabatlar guruh tarkibi bilan birga hujjatlarda qayd etiladi. Shaxsiy munosabatlar esa simpatiya, bogliqlik, do'stlik, o'rtoqlik, antipatiya asosida vujudga keladi.
Shaxslararo munosabatlar o‘zining dinamikasiga ega:
•Tarkib topadi;
• Mustahkamlanadi;
•Muayyan cho‘qqigako‘tariladi;
•Susayadi yoki tugallanadi.
Shaxslararo munosabatlar darajalari:
• Simpatiya,antipatiya asosida vujudga keluvchi munosabatlar.
• .Ish yoki o'qish yuzasidan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar.
•Insoniy munosabatlar yoki chuqur, ishonchga asoslangan
o‘zaro munosabatlar. Simpatiya (grekcha “sympatheia” - ichki tortish, yoqimlilik) - bu boshqa kishilarga nisbatan barqaror ijobiy munosabat bo‘lib, xushmuomalilik,samimiylik kabi muloqotga undovchi xususiyatlarda namoyon bo‘ladi va diqqat-e’tiborlilik,yordam ko‘rsatishga intilishda (altruizm) ifodalanadi.
Kovalev A.G. ta’rificha, simpatiya - insonning boshqa kishiga unchalik anglanmagan munosabati va moyilligi.
Simpatiya yuzaga kelish sabablari:
1.Anglangan - qarash, g‘oya, qadriyatlar, qiziqishlar, ma’naviy ideallar birligi.
2.Kam darajada anglangan - tashqi jozibadorlik,xarakter xislatlari, xulq-atvor manerasi. Shaxslararo munosabatlar muloqot vositasida amalga oshiriladi.
Muloqot - bu ikki yoki undan ortiq kishilaming o‘zaro ta’siri, ular o'rtasida bilish yoki affektiv baholash xarakteridagi axborot almashinishdir.
Muloqot ko‘p qirrali, murakkab jarayon boiganligi sababliuning tuzilishida 3 ta tomonni farqlash mumkin.
Bular:
> Muloqotning kommunikativ tomoni;
>Muloqotni ng interaktiv tomoni;
> Muloqotning perseptiv tomoni.
Kommunikatsiya - inglizcha so‘z bo‘lib, xabar qilish, aytish ma’nosini anglatadi. Kommunikatsiya insonlar o‘rtasidagi tasavvur, fikr, his-tuyg‘u,kayfiyat almashinuvidan iborat boiib, ularning o‘zaro ta’siri orqali amalga oshiriladi.
Kommunikator - axborot beruvchi. Retsipiyent - axborotni qabul qiluvchi. Muloqot jarayonida kommunikator va retsipiyent navbatmanavbat o‘rin almashadilar.Kommunikatsiya verbal va noverbal vositalar yordamida
amalga oshiriladi.Verbal kommunikatsiya - nutqiy.Noverbal kommunikatsiya - imo-ishora, mimika, pantomimika,
y’ani belgilaming optiko-kinetik tizimi; intonatsiya, pauza kabi vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi.
Noverbal kommunikatsiya shakllari:
1 .Kinestetika - tana,qo‘l harakatlari (jestikulyatsiya), mimika,
pantomimika.
2.Paralingvistika - bu ovoz tembri,diapazoni, tonalligi.
3.Ekstrolingvistika - nutq tempi, pauzalar, tomoq qirish, yig‘-lash, kulgi va h.k.
4.Proksemika - muloqotni vaqt va fazoviy jihatdan tashkil
etilish sohasi.
Muloqotning interaktiv tomoni - bu insonlarning muloqot jarayonida bir-birlariga o‘zaro ta’sir etishidir.
•Muloqot va birgalikdagi faoliyat ijtimoiy nazorat sharoitlarida amalga oshiriladi.
•Ijtimoiy nazorat esa ijtimoiy normalar - jamiyatda qabul qilingan,kishilaming o'zaro ta’sir va munosabatlarini tartibga soluvchi xulq-atvor namunalari asosida olib boriladi.
Ijtimoiy nazorat mexanizmlari:
•Ma’qullamaslik.
•Ayblash.
•Jazolash.
Muloqotning perseptiv tomoni - bu muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini tushunish va bir-birini idrok qilish.
O'zaro bir-birini idrok etishning mexanizmlari:
> Identifikatsiya.
>Refleksiya.
> Stereotiplashtirish.
Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasida qo‘l!aniIadigan metodiar:
• Sotsiometriya
•So‘rovnomalar (T.Liri metodikasi,Tomas metodikasi)
•Proyektiv metodikalar (“Oila rasmi, Rene Jil metodikasi).
Sotsiometriya metodi. Ushbu metod shaxslararo munosabatlarda guruh a’zolarining egallagan mavqeini aniqlash imkonini beradi. Sotsiometriya metodining asoschisi J.Moreno hisoblanadi (1934 yilda taklif etilgan). Sotsiometrik tahlil ma’lumotlari shaxsning guruhda tutgan o‘mi, guruhdagi shaxslararo munosabatlar xususiyatlari, guruh lideri, (guruhning tan olingan sardori), guruh yulduzlari, guruh a’zolarining guruhdagi mavqei, guruhning
yakkalanib qolgan a’zosini aniqlash imkonini beradi. Sotsiometriya metodikasi quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Guruhdagi jipslik yoki tarqoqlikni aniqlash;
Guruh a’zolari orasidagi simpatiya va antipatiyani aniqlash;
Guruhdagi norasmiy liderlar va yakkalanib qolganlami aniqlash.
Guruh a’zolarining o ‘zaro munosabatlaridagi mavqeini
(statuslari)ni aniqlash.
“SINDIKAT” METODI
“Sindikat” (yunoncha “birgalikda harakat qilish”, “maslakdoshlarim”) metodi talabalarda mavzuni ijodiy o‘rganish, nazariy bilimlarni umumlashtirish, tizimlash asosida fikmi qisqa va aniq bayon qilish qobiliyatini tarbiyalashga xizmat qiladi. Har bir guruh yagona topshiriqni 3 xil variantda hal etishi lozim. Masalan, o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini 1-guruh sxema, 2- guruh klaster, 3-guruh esa jadval tarzida ochib berishi kerak. GuruhIar topshiriqni bajarib boiishgach, ular tomonidan taqdim etilgan yechimiar jamoa tomonidan muhokama qilinadi.
“Oila rasmi” strukturasini taxlil qilish va chizilgan hamda real oila tarkibini taqqoslash
Odatda, oilada ijobiy emotsiyalarni his qiluvchi bola oilani to’laligicha aks ettiradi.
Tadqiqotlarda ko’rsatilishicha, 6-8 yoshli, normal intellektga ega bo’lgan bolalarning 85 %(oilasi bilan yashovchi) rasmda oila a’zolarining to’liq rasmini chizadi. Agar oila a’zolaridan birortasi tushib qolgan bo’lsa, bunga alohida e’tibor berilishi talab qilinadi.
Chunki u emotsional ziddiyat, oiladagi mavjud vaziyatdan qoniqmaslikdan dalolat beradi.
Ba’zi hollarda rasmda umuman odamlar aks ettirilmasligi yoki oilaga umuman
aloqasi bo’lmagan odamlar aks ettirilganligini ko’rish mumkin.Bunday holatlar juda kam uchraydi. Buning sababi – oila bilan bog’liq bo’gan salbiy kechinmalar, rad etilganlik hissi, himoyasizlik hissi, Yuqori darajadagi havotirlanish hamda psixologning o’rganilayotgan bola bilan yahshi aloqa o’rnata olmaganligi bo’lishi mumkin.
Ba’zan bolalar oila a’zolaridan birini tushirib qoldirishlari ham uchrab turadi. Buning sababi - o’sha oila a’zosining emotsional yoqimsizligi, u bilan nizoli munosabatning mavjudligidir. Ko’proq aka yoki singillar rasmi chizilmay qoladi. U yoki bu oila a’zosi rasmi nima uchun chizilmagan degan savolga himoya javobi beriladi - masalan,“joy qolmagani uchun chizmadim”. Ba’zida esa ochiqdan- ochiq “Chizgim kelmadi, chunki u men bilan urishadi”.
Ba’zan real o’ila a’zolari o’rniga bola biror hayvoncha, qushcha rasmini chizishi mumkin. Bunda psixolog uchun bola ular bilan kimni identifikatsiya qilayotganligi muhim”.
Ba’zi rasmlarda bola o’z rasmini chizmaydi yoki oilasi o’rniga faqat o’zini aks ettiradi. Bu bolaning o’zini oila tarkibiga qo’shmasligidan, oilada hamjihatlik mavjud emasligidan dalolat beradi. Rasmda “Men”ning mavjud bo’lmasligi qabul qilinmaslik, rad etilish hissini boshidan kechirayotgan bolalar uchun xarakterli.
Oila tarkibining kattalashtirilishi ham bizga ba’zi ma’lumotlar berishi mumkin.
Odatda bu psixologik ehtiyojlarning qondirilmaganligi bilan bog’liq. Oilada yolg’iz farzand bo’lsa, affiliyatsiya ehtiyojlari qondirilmasa, qarindosh yoki qo’shni bolalar yoki ba’zida kuchukcha, mushukcha rasmini aks ettirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |