Mavzu: Shok va koma holatlarida reanimatsiya va intensive terapiya. Reja


Vrach kelguncha tez yordam choralari



Yüklə 20,4 Kb.
səhifə2/3
tarix14.03.2023
ölçüsü20,4 Kb.
#102467
1   2   3
1Shok va koma holatlarida reanimatsiya va intensive terapiya

Vrach kelguncha tez yordam choralari
1. Qon ketishini to'xtatish (tasma, siquvchi bog'lov, tomirni qisish, bosish, tikish va x.k)
2. Guruxi va rezus faktori mos bo'lgan 200ml qon quyish v/i/t (bolalarga 10ml/kg.v v/i/t)
3. Reopoliglyukin, poliglyukin 200-300ml v/i/t (bolalarga 15ml/kg/v v/i/t)
4. Gidrokartizon 3-5ml m/o (bolalarga 1-2ml m/o)
5. Askorbin kislota 5% 3-6ml m/o (bolalarga 1-3ml m/o)
6. Natriy gidrokarbonat 4% 100-150ml v/i/t (bolalarga 2-3ml/kg/v v/i/t)
7. Glyukoza 5% 300ml 12TB insulin v/i/t (bolalarga glyukoza 5% 150ml 4-6ml TB insulin)
8. Kislorod terapiya 15-20 daqiqa (bolalarga 10-15 daqiqa)
9. Kalsiy xlorid 10% 10ml v/i sekinlik bilan (bolalarga 0.2ml/kg/v v/i)
10. Vikasol 1% 2ml m/o
11. Rutin tabletkada ichishga
12. Kuchli nazorat olib boriladi v/i/t - vena ichiga tomchilatib v/i - vena ichiga m/o - mushak orasiga Bilib qo'ygan yahshi! Xoletsistit - o't pufagining yallig'lanishi!
ANAFILAKTIK SHOK haqida qisqacha
ANAFILAKTIK SHOK Anafilaktik shok - Anafilaktik shok — moddalarga, jumladan, organizmga mos kelmaydigan dorilarga nisbatan bo'ladigan allergik reaksiyaning eng og'ir ko'rinishlaridan. Penitsillin, streptomitsin, mahalliy og'riqni qoldiruvchi vositalar, qoqsholga qarshi va boshqalar zardoblar hamda vaksinalar ham anafilaktik shokga sabab bo'ladi. Anafilaktik Shok belgilari uni keltirib chiqargan moddaga bog'liq bo'lmagan holda bir xil — ko'ngil aynishi, qusish, qon bosimining to'satdan pasayib ketishi, nafasning tez va yuzaki bo'lishi, ba'zan hushdan ketish va boshqalar Ko'pincha teriga toshma (eshakem) toshadi, goho dori yuborilgan joyda shish paydo bo'ladi. Ba'zida tovush boylamlari shishib, bemor bo'g'ilib qolishi mumkin. Belgilari - bezovtalik, qichishish, qizarish, pufaklar, toshmalar, xansirash, puls tezlashgan (1 daqiqada 80-90 martagacha), yurak og'rig'i, qizish, yurak qisishi, xavo yetishmasligi, lab, qovoqlarning shishib ketishi, talvasa, qon bosimi 130/90 va undan ham baland bo'lishi mumkin.
Organizmga allergiya kirishini to'xtatish lozim (antibiotiklar, venaga yuboriladigan, teriga surtiladigan, ichiladigan dorilar to'xtatiladi)
1. Agar zaxarli gazandalar chaqgan bo'lsa, yuqoriroqdan tasma tortiladi. Dori yuborilgan, gazanda chaqqan joyga 0.1% 0.2-1ml adrenalin shprits orqali yuboriladi
2. Glyukoza 5 yoki 40% - 300ml + Adrenalin 0.1% 0.2-1ml v/i/t (bolalarga glyukoza 10- 20% - 50ml + adrenalin 0.1% 0.2-0.5ml v/i/t) qon bosimi kuzatib boriladi
3. Kordiamin 2ml m/o (bolalarga 0.2-0.8 ml m/o)
4. Eufillin 2.4% 10ml v/i sekinlik bilan (bolalarga eufillin 2.4% - 2.5ml v/i sekinlik bilan)
5. Suprastin 2% - 2ml m/o (bolalarga suprastin 2% - 1ml m/o) yoki Tavegil 2% - 2ml m/o (bolalarga tavegil 2% - 1ml m/o)
6. Gidrokortizon 3-5ml v/i/t sekinlik bilan (bolalarga 1-2.5ml)
7. Xiqildoq shishida, nafas olish qiyinlashgan paytda ko'rsatma bilan intubatsion nay qo'yiladi
8. Oyoq-qo'llarga issiq vannalar, isitgichlar qo'yiladi (pufaklar yo'q bo'lsa)
9. Kislorod terapiya 20 daqiqaga (bolalarga 5-10 daqiqa) v/i/t - vena ichiga tomchilatib v/i - vena ichiga m/o - mushak orasiga t/o - teri ostiga Bilib qo'ygan yahshi! Miokard infarkti - yurak mushaklarining 1 qismida o'tkir qon aylanishining buzilishi tufayli paydo bo'lgan ishemik nekrozdir.

Yüklə 20,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə