Mavzu: sinfda oʻqish va sinfdan tashqari oʻqish metodikasi reja: Kirish



Yüklə 102,32 Kb.
səhifə1/16
tarix30.05.2023
ölçüsü102,32 Kb.
#114409
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
SINFDA OʻQISH VA SINFDAN TASHQARI OʻQISH METODIKASI


MAVZU: SINFDA OʻQISH VA SINFDAN TASHQARI OʻQISH METODIKASI


Reja:
Kirish

  1. Sinfdan tashqari o’qishning ahamiyati. Sinfdan tashqari o’qishni har bir sinfda tashkil etish, uning o’ziga xos tomonlari.

  2. Sinfdan tashqari o’qish darslarini olib borishda o’qituvchi va o’quvchining vazifalari.

  3. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslarini bog’liqligi.

  4. Bolalar yozuvchilari bilan tanishtirish ular bilan uchrashuvlar o’tkazish. O’tilgan asarlarni sahnalashtirish.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonoda ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi-kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og’zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir.
Sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi:
1-bosqichda o’qish doirasi, ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.
2-bosqichda shu o’quv materiallari asosida bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.
Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga ko’ra 1-sinfda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi.
Sinfdan tashqari o’qish va qiroatxonlik saboqlari 1-sinfda haftada 1 marta saboq o’rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtiriladi. Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg’otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir. Asosan bu sinf o’quvchilariga kitob bilan muomala qilish, kitob o’qish qoidalari, kitobni asrash, asar qahramonlarining hatti harakatini kuzatish, ijobiy tomonlarini o’rganish, obrazli qilib qayta hikoya qilib berish bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Bu sinf o’quvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi. O’qituvchi bolalarning his-tuyg’ularini o’stiradigan kitoblarni o’qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz, uning go’zal shaharlari, qishloqlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, o’tmishi, insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiriladi. Ularda bilimga havas uyg’otadi. 
2-sinfda o’quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o’qituvchining yordami va topshirig’i asosida mustaqil o’qishga o’tadilar. Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari o’qish darsi o’tkaziladi. Ona – Vatan va ota-bobolar jasorati, o’simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarni o’qituvchi topib, tanlab o’quvchilarga o’qishga tavsiya etadi.
3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida o’quvchilarning mustaqil o’qishlari uchun kishilarning hayoti, yorqin tasvirlangan, ularning ma’naviy-ahloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. 3-4 sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslari ikki haftada bir marta o’tkaziladi. Bu sinflarda o’qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo’lgan o’quvchilar yoshiga mos kitoblarni to’plashni davom ettiradi. Sinfdan tashqari o’qish burchagi turlicha bezalishi mumkin. Bunda o’qituvchi va o’quvchi hamkorlikda ish olib boradi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o’qish bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, bog’lanishni, nutqni o’stirish, adabiy – estetik tafakkurni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bolalar adabiyoti avvalo o’zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go’zalligi, tilning ifodaliligi, she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko’rsatadi.bolalar adabiyoti o’quvchiga jonajon o’lka tabiatini, kishilarning mehnati, hayoti, ularning qilayotgan ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqealarni, bolalarning o’yinlari, ertaliklari, orzu istaklarini hikoya qilib beradi. Bu borada ertaklar katta ahamiyatga ega. 
Xalqimizning tarixi, uning urf odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari barcha orzu istaklari ming yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda. Kishilar o’z orzu havaslariniyosh avlodda o’g’il-qizlarida ko’rishni istaydilar. Shu sababdab ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi. Ertak o’qigan bola qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo’lishga intiladi. O’quvchi yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman, men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak,desagina o’z xalqini munosib farzandi bo’la oladi. Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiyalaydigan baynalminal badiiy quroldir. “Uch og’ayni botirlar”, “Zumrad va Qimmat”, “Egri va to’g’ri” kabi bir qator ertaklar o’quvchilarning sevimli ertaklaridir. O’quvchilar bu ertaklardan kishi o’z mehnatiga ishonib yashashi kerakligini, birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik kerak degan hayotiy xulosalarni o’qituvchi yordamida tushunib yetadilar.
“Ur to’qmoq” ertagining bola harakterining shakllanishida alohida o’rni bor: ertak yaxshiga-yaxshi, yomonga yomon bo’lish kerak degan muhim qoidani o’rtaga tashlaydi. Haqiqatan ham xalqning “Qayna xumcha”, “Ochil dasturxon”larini zo’ravonlik bilan tortib oladigan shaxslarga nisbatan “Ur to’qmoq”larni ishlatish zarurligini uqtiradi.
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib boriladi. O’quvchilar o’ituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir nechta kitob bilan tanishsalar, so’ngrabolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab o’qishga o’tadilar. Bunda asosan o’qituvchi o’quvchilarni maktab kutubxonasiga, 3-4 sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak, hikoyalar o’qishga yordam beradi.
Sinfdan tashqari o’qish, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usuli. Demak maktab kutubxonasi, bolalar gazeta va jurnallari bilan hamkorlik qilishdir.
Sinfda va sinfdan tashqari o’qish boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha predmet dasturlarining bolimlari bilan bevosita bog’liq. O’z navbatida grammatika va to’g’ri yozuv, tabiatshunoslik, tasviriy san’at, musiqani o’rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko’nikmalar o’qish darslaridan o’qish darslarida foydalaniladi. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. 
KIRISH

O’quvchilarda og’zaki va yozma hisoblash ko’nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo’nalishlaridan biridir. Arifmetik amallarni o’rganishdan oldin bolalar ongiga uning ma’nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy ishlarni bajarish asosida o’tkaziladi. Masalan, ,,o’nlik’’ mavzusini qo’shishi va ayirish amallarining ma’nosi 2 to’plam elementlarini birlashtirish va to’plamdan uning qismlarini ajratish kabi amaliy amallar yordamida olib boriladi. Ko’paytirishni uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog’lanishlarni o’rganish esa bo’lish amalini o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Demak, o’qitishning 1-bosqichida abstract bo’lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirish uchun aniq asos bo’lib xizmat qiladi. Turli hisoblash usullarining o’zlashtirilishi uchun dasturda arifmetik amallarning ba’zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Masalan, 1-sinfda 10 ichida qo’shish va ayirishni o’rganishda bolalar qo’shishning o’rni almashtirish xossalari bilan tanishadilar. Dasturda arifmetik amallarning xossalarini o’rganishdan tashqari arifmetik amal hadlari va natijalari orasida bog’lanishlarni tanishtirishni ham ko’zda tutadi. Bu ish amallarni tenglamalarni tekshirishda muhim axamiyatga ega. Masalan, 6*4=24 bo’lsa, uni bo’lishga bog’lab 24:6=4, 24:4=6 kabi holler hosil qilinadi.


Bu informatsiyalarni qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish, fikrlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilimning bu usullarinioʻrgatish matematika oʻqitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Mazkur mavzuning dolzarbligi ham mana shundadir.Malakaviy ishining maqsadi. 2- sinf matematika kursining asoslaridan biri boʻlgan 100 likka doir masalalarni yechishni oʻrganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib oʻrganish. Malakaviy ishining vazifasi. Boshlangʻich sinflarda murakkab masalalarni oʻrganishni tahlil qilish;2-sinfda mavjud 100 likka doir murakkab masalalar turlari ustida ishlash. Uni matematik tilga oʻtkazish usullarini tahlil qilish, hamda yangi pedagogik texnologiya koʻrinishidagi didaktik oʻyinlarni masalalar yechishga joriy etish yoʻllarini izlash. Shu asoda ilgʻor pedagogi texnologiyalarini sinab k`orish.Ishda 100 likka doir masalalarni yechishning boshlangʻich sinf oʻquvchilarining fikrlash doiralarini kengaytirishdagi ahamiyati yetarlicha asoslab berilgan va boshlangʻich sinf oʻquvchilarida murakkab masalalarni yechish malakalarini shakllantirish lozimligi haqida toʻxtalib oʻtilgan.Masalalarning yechimlarini topish asosan bolalarning fikrlash doiralarini kengaytiradi, ularning masala yechishga boʻlgan qiziqishlarini orttiradi, undan tashqari ularning logik tafakkurlarini rivojlantirish imkonini beradi, ularda masala yechishda uchraydigan qiyinchiliklarni yengish uchun qat’iylik va matonatlilikni tarbiyalaydi.

Yüklə 102,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə