mavzu soat juftlik Emotsiya va hissiyot. Emotsiya nazariyalari Reja


Hissiyot. Hissiyot va emotsiyaning bog’liqligi hamda farqi



Yüklə 72,34 Kb.
səhifə4/5
tarix28.02.2023
ölçüsü72,34 Kb.
#101675
1   2   3   4   5
Umumiy 3-mavzu

Hissiyot. Hissiyot va emotsiyaning bog’liqligi hamda farqi.

Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa chet mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning ta’bassumlanishi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr oqibat, sevgi- muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi, yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar edi. SHu boisdan ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning o‘zaro bir-biridan qat’iy cheklab qo‘yish ham ba’zi anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala sub’ekti o‘zining shaxsi hamda jamiyati uchun ahamiyati hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va faoliyatiga aloqador (xoh foydali, xoh zararli bo‘lishdan qat’i nazar) omillar, qo‘zg‘ovchilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, himoyalanish, qo‘rqish va boshqalar) bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar «emotsiya» deyiladi. Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudodlarga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatlardir. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin tafovutlanadi. Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi bilan, muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish joizki, hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat sub’ekti sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik) his-tuyg‘ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.
Hissiyot bilan emotsiya (uning yuksak darajalari nazarda tutiladi) inson shaxsining ijtimoiy hayotiy shart-sharoitlarida yuzaga kelgan, odamning ijtimoiy tarixiy taraqqiyotida shakllangan (evolyusion yo‘sinda), muayyan ijtimoiy muhitda (jamiyatda) istiqomad qiluvchi kishilar tomonidan o‘zlashtirilgan g‘oyalar, me’yorlar, qonun-qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuyg‘ular, murakkab ichki kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir.
Hissiy holatlarning ifodalanishi
Hissiy holatlarning ifodalanishi birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo’l, oyoq harakatlari), ikkinchidan organizmdagi turli hodisalarni, ya'ni ichki a'zolar faoliyatining va holatining o’zgarishida, uchinchidan tabiatda, ya'ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo’ladigan o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi.
His-tuyg’ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo-ishora, vajohat va qadduqomatning o’zgarishi, ayiruv, tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (so’lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o’zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning faol o’zgarishlari, "ovoz mimikasi" va gaplar tarkibining sintaksis o’zgarishi, "tutilmasdan gapirish", yoki alo?ida "silliqlik" hamda "ifodalilik"ning yuzaga kelishi nihoyat hissiyot o’zining to’la qisman ifodasini topadigan xattiharakatlarga taalluqlidir. Kishining emosional kechinmalari vaqtida nutqining tezligi o’zgaradi. Ko’pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ahamiyati o’zgaradi. O’tkazilgan tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, g’amginlik va ma'yuslik hislarini ifodalovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi, so’zlashgan kishining tovushi ham bo’linib-bo’linib chiqadi. Hissiyot kechinmalari turli holatlarda turlicha tezlik bilan paydo bo’ladi. Ba'zan hissiyot to’satdan, darhol paydo bo’ladi. Masalan, kishi birdan xursand bo’lib ketadi, darhol g’azabga keladi, achchiqlanadi va hokozo. Lekin ba'zan shu hissiyotlar o’zi dafa'tan qo’zg’almaydi, balki asta-sekin tug’ila boshlaydi. Shunday hissiy kechinmalarning qay darajada tez paydo bo’lmasligini belgilash qiyin yoki butunlay bilib bo’lmaydi. Emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo’lishi mumkin. Hissiyotlarni kuchi avvalo yoqimli va yoqimsiz tuyg’ularning naqadar kuchli bo’lishidadir. Hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros bilan kechirilganligi bilan belgilanadi.
Hissiyotning qo’zg’alish xususiyatlari paydo bo’lish yo’lini kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga bog’liqdir. Atrof-muhitning holati shu paytdagi ehtiyojlarning kuchi shu xislat tuzilishiga sabab bo’lgan hodisalarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu xislat qanday vaziyatda paydo bo’lishi va o’tmishi hamda shaxsning individual xususiyatlariga bog’liqdir. Hislarning ayni vaqtda naqadar tez kuchli va barqaror bo’lishiga ko’ra histuyg’ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, stress, kayfiyat va boshqalar.
3. U. Djems - G. Lange “Periferiyu” nazariyasi, U. Kennon - P. Bard nazariyasi, emotsiyaning psixoanalitik nazariyasi, P.K. Anoxinning emotsiyani biologik nazariyasi, P.V.Simonovning emotsiyaning axborotlar nazari
Uzoq vaqt davomida psixologlar hissiyotlar tabiati haqidagi masalani echishga uringanlar. XVIII-XIX asrlarda ushbu muammo bo‘yicha hech qaday nuqtai nazarlar mavjud emas edi. Keng tarqalgan qarashlardan hissiyotlarning organik ifodalanishlari – bu psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalil asosida paydo bo‘lgan intellektuallashtirish nuqtai nazaridir. Tasavvur fundamental psixologik dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida o‘rnatiladigan aloqalarga mos keladi, va tasavvurlar o‘rtasidagi nizolika nisbatan ta’sirlanish sifatida ko‘rib chiqiladi, deb hisoblagan I.F. Gerbart, bu nazariyaning aniq ifodasini keltirdi. V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. SHunday qilib, hissiyotlarni tadqiq qilishda ular haqidagi sub’ektiv, ya’ni, hissiyotlarning psixik tabiati haqidagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma’lum organik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
1872 yilda CH. Darvin «Inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi» asarini chop etdi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida umumiyliklar mavjud. O‘z fikrini u hayvonlar va odamlar turli emotsional holatlarining tashqi ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi. Ushbu kuzatishlardan olingan ma’lumotlar evolyusion ta’limot nomini olgan hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga asosan, hissiyotlar tirik mavjudotlar evolyusiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan organizmning yashash sharoitlari va vaziyatlariga moslashishni ta’minlovchi moslashish mexanizmlari sifatida yuzaga keldi.
Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884 yilda U. Djemsning «Hissiyot nima?» maqolasining chop etilishidan boshlanadi. U. Djems va undan mustaqil ravishda G. Lange hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar, unga asosan, hissiyotlarning paydo bo‘lishi hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va tizimlar sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar, emotsional kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha, «yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz; qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz uchun xursand bo‘lamiz». Bu hissiy xabar miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum hulq-atvorni o‘t oldiradi, teskari somatosensor va visserosensor afferentatsiya esa hissiyotni yuzaga keltirishini bildiradi.
Lekin Djems-Lange konsepsiyasi bir qator e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Organik va emotsional jarayonlarning nisbatiga U.Kennon qarama-qarshi fikr bildirdi. Uning aniqlashiga ko‘ra, insonda sun’iy tarzda hosil qilinadigan organik o‘zgarishlar har doim ham hissiyotli kechinmalar birgalikda kuzatilmaydi. Keyinchalik, P.Bardning ko‘rsatishicha, haqiqatda, tana o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotli kechinmalar deyarli bir vaqtda paydo bo‘ladi, bosh miya tuzilishidagi barcha qismlardan esa hissiyotlar bilan talamusning o‘zi emas, balki, gipotalamus va limbik tizimning markaziy qismlari bog‘lanadi.
Kognitivistik nazariyalar qatoriga P.V. Simonovning hissiyotlar axborot beruvchi konsepsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini baholashi bilan belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.V. Simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: H = E (M – A), bunda H – hissiyot, uning kuchi va sifati; E – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga xos xususiyati; M – dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; A – ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli axborot.
Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda ehtiyojlar mavjud bo‘lmasa (E = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (H = 0); ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan holatda ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining sub’ektiv baholanishi yuqori bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi.
Inson hissiyotli kechinmalarida ikkinchi signal tizimi katta ahamiyatga ega, chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar, fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya, tomosha qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin. Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, ahloqiy, estetik yuksak insoniy hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi.
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi vaqtgacha hissiyotlar tabiatiga nisbatan yagona nuqtai nazar mavjud emas. Hissiyotlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar hozirda ham o‘tkazilib kelinmoqda. Hozirda to‘plangan tajribaviy va nazariy material hissiyotlar tabiatining ikkilanganligidan dalolat beradi. Bir tomondan, hissiyotlar – turli psixik hodisalar, shuningdek, kognitiv jarayonlar, inson qadriyatlari tizimi tuzilmasining xususiyatlari va boshqalar kabi sub’ektiv omillar hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, hissiyotlar individning fiziologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar ma’lum seskantiruvchi ta’siri natijasida paydo bo‘ladi, bu esa inson moslashishi va hulq-atvorining boshqarish mexanizmlari ifodasining xuddi o‘zginasidir. Inson kayfiyati, affektlari, hislari va ehtiroslari yig‘indisi uning emotsional hayotini va emotsionallik kabi individual sifatni tashkil etadi. Emotsionallikni insonning hayotiga tegishli bo‘lgan turli xil sharoitlardan hissiyotli ta’sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi va sifati turlicha bo‘lgan emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar kuchining tafakkur va hulq-atvorga ta’siri sifatida ta’riflash mumkin.

Yüklə 72,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə