Mavzu: sotsiologiya fanining asosiy vazifalari



Yüklə 197,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix04.01.2022
ölçüsü197,78 Kb.
#82571
  1   2   3   4
sotsiologiya-fanining-asosiy-vazifalari (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 

MAXSUS  

TA’LIM VAZIRLIGI 

 

AL-

ХОRAZMIY NОMIDAGI  URGANCH DAVLAT  

UNIVERSITETI 

 

Pedagogika faqulteti 303-BT va STI guruxi talabasi 



Madaminova Gulzodaning  

SOTSIOLOGIYA fanidan  

“Sotsiologiya fanining asosiy vazifalari” 

 mavzusida yozgan 

  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




REFERATI

 

 

 

 

 



                                  QABUL QILDI: QUTLIMURATOV SARDOR. 

                                     

 

                                             URGANCH-2013 

 

MAVZU: SOTSIOLOGIYA FANINING ASOSIY 



VAZIFALARI. 

 

REJA: 



 

 

1.Sotsiologiya fanining predmeti, obhekti. 

2.Sotsiologiya fanining asosiy vazifalari. 

3.Sotsiologiya fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o’rni. 

 

 


1.Sotsiologiya fanining predmeti,obhekti. 

 

     Sotsiologiya  fanini o’rganishga kirishgan har  bir kishi bu fanning 



o’ziga xos so’zlari bilan atamalari, rivojlanish  yo’nalishlari, bugungi 

ahvoli va istiqboli xususida tasavvurga ega bo’lishi kerak. Sotsiologiya 

fanini mukammal o’rgangan kishi  ijtimoiy  jarayon  va ijtimoiy 

jamoalar mohiyatini, ularda yuz berayotgan zoxiriy va botiniy 

o’zgarishlarni, shuningdek ijtimoiy taraqqiyot qonunlari mohiyatini  

chuqurroq tushunadi, ilmiy amaliyotga nazariy metodologik jihatdan 

qurollangan holda kirisha oladi, keng jamoatchilik fikrini shakllantirish 

va istiqlol  yo’liga to’la  safarbar  etish  amaliyoti sirlaridan voqif 

bo’ladi. Sotsiologiya tadqiqotlarini tashkil etish va amaliyoti mazmunini 

o’rganish jiddiy  ilmiy ishga  tayyorgarlik  demakdir. Kishilar jamiyatda  

doimo ro’y beradigan xilma-xil ijtimoiy hodisalarning mohiyati va 

sababini tushunishga asrlar davomida intilib kelganlar. Ko’pgina 

 

mutafakkir olimlar ijtimoiy munosabatlarning mohiyatini aniqlabgina 



qolmay, jamiyat taraqqiyotini  boshqaruvchi kuch nimada, murakkab 

ijtimoiy voqealar va to’xtovsiz ro’y berayotgan o’zgarishlar tasodifiymi 

yoki ular  muayyan  obhektiv  qonunlarga  asoslanganmi, degan 

savollarga javob topishga intilganlar. 

     Xullas, kishilik jamiyati nima, u qanday qonunlar asosida 

 

rivojlanadi, kishilar ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini o’rganib, ularni ‘z  



foydalariga ishlatishlari mumkinmi va shunga o’xshash ko’pgina 

masalalar uzoq  davrlardan beri inson tafakkurini o’ziga jalb qilib 

kelgan. Bunday savollarga to’g’ri va aniq javob beradigan fanning  

paydo  bo’lishi   tarixiy   zaruriyat edi. Ilmning sistemalashtirilgan bu 




sohasi X|X asrning o’rtalariga kelib yaratildi. 

    “ Sotsiologiya” so’zi 

lotincha “ (jamiyat) va grekcha “ “(tahlimot 

tushuncha) so’zlaridan olingan bo’lib, jamiyatning paydo 

bo’lishi, 

amal qilishi, taraqqiyot hamda  sotsial munosabatlar va sotsial birliklar 

haqidagi fan sifatida tahriflanadi

1



     “Sotsiologiya” termini  birinchi  marta  X|X  asr o’rtalarida

 

yashagan frantsuz olimi O.Kont (1798-1857) tomonidan kiritilgan 



bo’lib, dastlab jamiyatshunoslik mahnosida ishlatilgan. O.Kont  falsafasi  

ilmda  “pozitivizm” nomini olgan. pozitivizm yo’nalishi, ayrim fanlar 

chiqargan umumiy qoidalarning oddiy  yig’indisiga asoslanadi. Bu 

printsipni O.Kont sotsiologiya faniga ham tadbiq qiladi. 

     SHunday qilib, O.Kont fikricha, sotsiologiya fanining vazifasi 

ijtimoiy hayotning ayrim fakt va  jarayonlarini kuzatish, ularni bayon 

etish, sistemalashtirish bilan chegaralanadi.  O.Kont asos solgan bu 

yo’nalish sotsiologiyada  «pozitivizm yo’nalishi» deb ataladi. 

     “Sotsial “degan termin ikki  xil mahnoda 

ishlatiladi: 

1. Keng mahnoda sotsial jamiyatni  ifodalaydi hamda  ijtimoiy  degan 

tushunchaga deyarli mos keladi. 

2.Tor mahnoda esa bu tushuncha insonlar  o’rtasida  yuzaga  keladigan 

turli xil aloqalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. 

     SHunday qilib, sotsiologiya-jamiyatning muayyan tarixiy tiplarining 

rivojlanish qonunlari va bu qonunlarning insonlar,sotsial guruhlar, 

sinflar, xalqlarning faoliyatida namoyon bo’lish va amal qilish 

mexanizmlari   haqidagi fandir. 

     Har qanday fan singari sotsiologiya fani ham  o’zining 

izlanish  

                                                           

1

 Sotsiologiya. O’quv qo’llanma. 



Т.2002.21-bet. 


obhekti va o’rganish predmetiga egadir. 

Ob’ekt-bu tadqiqotlar qaratilagan narsa (jamiyat). 

     predmet-bu o’rganilishi  kerak  bo’lgan  muammo (insonlar 

o’rtasidagi aloqa va munosabatlar). 

     Sotsiologiya  fani murakkab tarkibiy tuzilishga egadir.  Jamiyat 

hayoti  sotsiologiya fani doirasida umumsotsiologik, maxsus sotsiologik 

va empirik  sotsiologik tadqiqodlar asosida o’rganiladi. 

Umumsotsiologik nazariyalarda,  u yoki bu ijtimoiy hodisalarning kelib 

chiqishi, amal qilishining chuqur sabablari aniqlanadi va jamiyatni 

rivojlantiruvchi   kuchlar nimalardan iborat ekanligi ko’rsatiladi. 

Maxsus  sotsiologik nazariyalar esa ijtimoiy hayotning alohida bir 

sohasini, ijtimoiy  guruh yoki ijtimoiy institut muammolarini o’rganadi. 

Masalan: iqtisod sotsiologiyasi, shahar va qishloq sotsiologiyasi, 

madaniyat sotsiologiyasi, tahlim sotsiologiyasi, oila 

sotsiologiyasi, 

yoshlar sotsiologiyasi, bo’sh vaqt sotsiologiyasi va hokazo. 

Empirik  sotsiologik tadqiqotlar asosan anketalashtirish, og’zaki so’rov, 

kuzatish va boshqa ko’rinishlarda amalga oshiriladi. 

Umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalar 

sotsiologiyaning nazariy qismini, empirik tadqiqotlar esa amaliy qismini 

tashkil etadi. Ular o’zaro dialektik aloqadorlikda  bo’lib, yagona 

sotsiologiya fanini tashkil etadi. 

SHunday qilib, nazariy va amaliy  sotsiologiya bir-biridan tadqiqot 

obgpekti yoki metodlari bilan emas, o’z  oldiga  qo’ygan  maqsadlari 

bilan farq qiladi. SHu bilan birga sotsiologlar o’z fani  doirasida makro 

va mikro sotsiologik darajalarini ajratib ko’rsatadilar. 

Makrosotsiologiya asosan yirik ijtimoiy tizimlar, hamda uzoq 



davom etadigan ijtimoiy tarixiy jarayonlarni o’rganish bilan 

shug’ulanadi (masalan, sinflar, ijtimoiy tartibotlar, shaharlar, dinlar va 

hokazo). 

 Mikrosotsiologiya darajasida esa kishilarning o’zaro kundalik 

shaxslararo munosabatlar tahlil etiladi (masalan, talabalar, rahbar-

xodim, advokat-mulkdor va hokazo ). 

 Sotsiologiya jamiyatni murakkab ijtimoiy organizm  sifatida 

 

o’rganadi. Sotsiologiya jamiyatni mavjud tarkibiy tuzilmalari mohiyati 



ularning harakat tendentsiyalar va taraqqiyot qonunlarini sotsiologik  

tashkil  etilgan tizimda 

tadqiq etadi. SHuningdek, sotsiologiya 

 

asosiy  ehtiborni jamiyatni har-xil ijtimoiy va hududiy  tizim  



bosqichlarida  vujudga  keladigan keng mahnodagi  

insonlararo  

munosabatlar va jamoatchilik fikrini o’rganishga qaratuvchi fandir. 

     Sotsiologiya fani jamiyatning  turli sohalari iqtisodiy, ijtimoiy, 

siyosiy, mahnaviy, axloqiy va 

boshqa tarmoqlarida tadqiqotlar 

‘tkazadi. 

     O’zbekiston  sharoitiga moslab, zamonaviy sotsiologiyada biz 

quyidagi o’rganish obhektlarini ajratamiz: 

I.   Ijtimoiy bosqich:  1; Jamiyat; 2.Ijtimoiy qatlam; 3.Ijtimoiy guruh; 4. 

Mahalla ; 5. Oila; 6.SHaxs. 

II.    Milliy bosqich:  1.Millat 2.Elat  3. Etnik guruh 4.Avlod;    

  5.Milliy oila; 6.Individ. 

III.   Tarmoqlar bosqichi: 1.  Iqtisodiyot;2.Siyosat;  3.  Madaniyat 4.Fan.  

5.Tahlim 6.Mahnaviyat va   mahrifat; 7. Ekologiya va boshqalar. 

IV. Hududiy bosqich:   1. Mintaqa 2. Mamlakat; 3. Viloyat 4. SHahar.  

5.Tuman; 6. Qishloq 7. Mahalla.   



Sotsiologiya fanida ijtimoiy mavqe,  ijtimoiy rol,  ijtimoiy norma 

tushunchalari mavjud. Ular  orqali har qanday shaxs yoki ijtimoiy 

tashkilotning xususiyatlariga chizgi berish mumkin.  

    O’zbekistonda hozir yangi ijtimoiy siyosiy va mahnaviy iqlim 

shakllandi. Ijtimoiy hayotning 

barcha sohalarida o’zgarishlar 

kuzatilmoqda,   sotsial tarkibda ‘zgarishlar  qayd qilinmoqda, yangi  

ijtimoiy institutlar va munosabatlar paydo bo’lmoqda. Mamlakatimizda 

sotsiologiyaning roli ortib boryapti.Sotsiologiya hech qanday t’siqsiz 

rivojlanish va mustaqil  ijtimoiy fan sifatida o’zini anglash imkoniyati 

tug’ildi. Jamiyatimizda kuzatilayotgan ijtimoiy o’zgarishlar va 

jarayonlar sotsiologiya fanining diqqat markazida turibdi.Jamiyatimizda 

kuzatilayotgan murakkab jarayonlarni sotsiologik tahlilsiz to’g’ri 

tushunish mumkin emas. Demak, sotsiologiya ijtimoiy hayotning bir 

sohasi bilan  chegaralanib qolmay, u  inson mansub bo’lgan barcha 

guruhlar, qatlamlar,  jamoalar, muassasalar, hamda odamlarning 

kundalik 

maishiy hayotlari masalalari bilan ham 

 

qiziqadi. Boshqacha qilib aytganda, sotsiologiyaning bosh maqsadi- bu 



inson va unga aloqador ijtimoiy tashkilotlarning hatti-harakatlarini 

oqilona tarzda tushuntirishdir. Buning  natijasida esa jamiyatda mavjud 

bo’lgan muammolar o’ziga xos yechimini topadi.   

 


Yüklə 197,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə