Mavzu: Soxibkorlik faoliyati va soxibkorlik kapitali



Yüklə 57,5 Kb.
tarix09.06.2022
ölçüsü57,5 Kb.
#89154
Soxibkorlik faolyati va soxibkorlik kapitali


Mavzu: Soxibkorlik faoliyati va soxibkorlik kapitali.
Reja:

  1. Tadbirkorlik faoliyatining moxiyati, vazifalari va asosiy shakllari

  2. Tadbirkorlik kapitali, uning xarakat boskichlari, doiraviy aylanishi va turlari

  3. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va turlari

  4. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi

  5. Ish haqining iqtisodiy mazmuni, tashkil etish shakllari va tizimlari

Tadbirkorlik faoliyati bozor iqtisodiyotida iqtisodiy faoliyatning ajralmas kismi xisoblanadi. Tadbirkorlik tushunchasi XVIII asrlardan boshlab paydo bo‘lgan.


Tadbirkorlik faoliyati deganda mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida qonun doirasida mulkiy javobgarlik aosisda tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatga aytiladi. Tadbirkorlik faoliyati yaratuvchilik, ishlab chiqarish va xizmat kursatish faoliyatidir.
Biznes deganda qonun doirasida xar kanday pul topishga karatilgan faoliyatlar yigindisiga aytiladi. Biznes keng tushuncha bo‘lib uning bir kismini tadbirkorlik tashkil etadi.
Tadbirkorlik - moddiy va pul mablaglarini foyda olish maqsadida sarflab, bozorga kerakli tovarlar va xizmatlarni etkazib berib, kishilarga naf keltiruvchi , ularning xojatini chikaruvchi faoliyat tushuniladi.
Tadbirkorlik faoliyati quyidagi vazifalarni bajaradi?

  1. Tadbirkor foyda olish maqsadida ishlab chiqarish omillarini birlashtirish tashabbusini oladi.

  2. Tadbirkor biznesni yuritish, foydani kupaytirish buyicha asosiy karorlar kabul kiladi.

  3. Tadbirkor - yukori foyda olish orkasidan kuvib, yangi maxsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki xatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini tijorat asosida joriy qilishga xarakat qiluvchi tashabbuskor shaxs xisoblanadi.

  4. Tadbirkorlik faoliyati - bu taxlikaga boruvchi faoliyat.

O‘zbekiston Respublikasi «Mulkchilik tug‘risida»gt qonuniga muvofik iqtisodiyotdagi barcha mulkchilik shakllari tadbirkorlik bilan shugullanishga xaklidirlar. SHundan kelib chikkan xolda xozirda quyidagi tadbirkorlikning asosiy shakllari amal kiladi:

  1. shaxsiy tadbirkorlik

  2. xususiy tadbirkorlik

  3. jamoa tadbirkorligi

  4. davlat tadbirkorligi

  5. aralash tadbirkorlik

YUkoridagilardan tashkari tadbirkorlik faoliyati ishtirok etuvchilar soniga va faoliyatining cheklangan yoki cheklanmaganligiga karab quyidagi turlarga bulinadi:



  1. kichik tadbirkorlik

  2. urta tadbirkorlik

  3. yirik tadbirkorlik

O‘zbekistonda kichik va xususiy tadbirkorlikni kullab-kuvvatlashning mintakaviy dasto‘rini amalga oshirish maqsadida faqat 2000 yilning uzida 39,8 mingga yakin korxonalar, jumladan 12,7 ming fermer xujaliklari yuzaga keltirildi.
Xozirgi kunda butun mamlakat iqtisodiyotida band bo‘lgan axolining 53%dan kuprogi kichik va urta tabirkorlik soxasida mehnat kilmokda.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muxim turi bu aksionerlik jamiyatidir. Aksionerlik jamiyati huquqiy shaxs makomiga ega bo‘lgan nizomli jamiyat bo‘lib, belgilangan tartibda va ma’lum ruxsatlar asosida tashkil etiladi.
Aksiya - bu uning egasi xissadorlik jamiyati kapitaliga uzining ma’lum xissasini kushganligiga va uning foydasidagi dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvoxlik beruvchi kimmatli kogozdir.
Aksiyada ifodalangan pul summasi aksiyaning nominal qiymati deyiladi. Aksiya bozorida sotilgan baxo aksiya kursi deyiladi. Aksiya kursi quyidagicha aniklanadi:
dividend
Aksiya kursi k --------------------------- x 100
ssuda foizi
Obligatsiya - uning egasi jamiyatga kabul qilingan foiz olish sharti bilan pul kuyganligini tasdiklaydi.
Aksiyaning oddiy, imtiyozli, nomi kursatilgan va boshqa turlari ham mavjud.
Menejment deganda korxonani boshqarish sifati va maxoratiga aytiladi. Menejment nazariyasi birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi olim Teylor tomonidan yarailgan. Menejment tamoyillari fransuz olimi Fayol tomonidan yaratilgan, ya’ni:

  1. oldindan kura bilish

  2. idora etish

  1. uygunlashtirish

  2. nazorat qilish

Marketing deganda istikbolni kuzlab bozor xolatini o‘rganishga aytiladi. Marketing quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. bozor xolatini o‘rganish

  2. mijoz tuplash va kupaytirish

  3. marketing strategiyasini belgilash

  4. korxona istikbolini belgilab berish va xk.

Tadbirkorlik kapiali deganda tadbirokr ixtiyoridagi barcha modiiy vositalar, tovarlar va pul mablaglari yigindisiga aytiladi.
Tadbirkorlik kapitali xarakatining 3 boskichi mavjud:

  1. Pul kapitali. Bunga pul mablaglari va pulga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar kiradi

  2. Unumli kapital. Bunga ishlab chiqarish omillariga aylangan barcha iqtisodiy resurslar kiradi

  3. Tovar kapitali. Bunga iste’molga tayyor bo‘lgan turli xil tovarlar kiradi.

Tadbirkorlik kapitalining uzluksiz xarakati uning doiraviy aylanishi deyiladi va ko‘rinishi quyidagicha: PKIvIk... UK(Ich j)...T - P1
Tadbirkorlik kapitali ikki turga bo‘lib urganiladi:

  1. Asosiy kapital deganda bir necha ishlab chiqarish jarayonida uz qiymatini asta-sekinlik bilan maxsulot tannarxiga utkazuvchi kapitalga aytiladi. Masalan, mehnat kurollari.

  2. Aylanma kapital deganda bir ishlab chiqarish jarayonida uz qiymatini tulik maxsulot tannarxiga utkazuvchi kapitalga aytiladi. Masalan, mehnat predmetlari, ishchi kuchi.

Rakobatli bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlarning narxi uni ishlab chiqarish uchun ketgan sarf-xarajatlarga hamda bozordagi talab va taklif xajmiga bog‘likdir.


Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovarlarni va xizmatlarni yaratish uchun ketgan barcha sarf-xarajatlar yigindisiga aytiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi, ya’ni xom-ashyo, materiallar, yokilgi-energiya, yarim fabrikatlar, ishchi kuchi xarajatlari, sugurta ajratmalari, pensiya fondiga jaratmalar, soliqlar va byudjetga tulovlar, korxonaning boshqa tulovlari va majburiyatlari, amortizatsiya ajratmalari va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy resurslardan foydalanish, uzgarishi va muddatiga karab quyidagi turlarga bulinadi:

  1. Iqtisodiy resurslardan foydalanish darajasiga karab:

  1. tashki xarajatlar (xom-ashyo, material, yarim fabrikatlar, ishchi kuchi va boshqalar)

  2. ichki xarajatlar (asosiy kapital uchun amortizatsiya ajratmalari va xk.)

  1. Uzgarish darajasiga karab:

  1. doimiy xarajatlar (ijara haqi, amortizatsiya ajratmalari, raxbar xodimlarning ish xaklari, kredit uchun tulovlar, soliqlar va xk.)

  2. uzgaruvchan xarajatlar (xom-ashyo, yokilgi, energiya, yarim fabrikatlar, ishchi-xizmatchilarning ish xaklari)

  1. Muddatiga karab:

  1. kiska davr xarajatlari

  2. uzok davr xarajatlari

Urtacha xarajatlar deganda bir birlik maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan sarf-xarajatlar yigindisiga aytiladi va quyidagicha aniklanadi:
UX
UXk---------------------------
MM
Qushimcha xarajatlar deganda kushimcha maxsulot birligini yaratish uchun ketgan xarajatga aytiladi:
UX
QXk---------------------------
MM
Foyda deganda kushimcha maxsulotning puldagi ifodasiga aytiladi.
Maxsulotni sotishdan kelgan pul tushumidan umumiy xarajatlarni chegirib tashlasak (balans foyda) iqtisodiy foyda vujudga keladi.
Foyda normasi deganda xar bir qilingan sarf-xarajat evaziga kanday foyda kelayotganligini bildiradi va quyidagi formula buyicha xisoblanadi:
FM
FNk---------------------------
UX
Ish haqi deganda bajarilgan ish va xizmat birligi uchun yoki yaratilgan tovarlar va xizmatlar miqdori uchun tulanadigan xakga aytiladi.
Ish haqi - ishchi va xizmatlar mehnatining miqdori, sifati va unumdoriligiga karab milliy maxsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.
Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqidir.
Real ish haqi - bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori, ya’ni nominal ish haqining xarid etish layokatidir.
O‘zbekistonda ish haqini tashkil etish va tartibga solish uyicha ish haqining yagona tarif tizimi joriy qilingan. U uz ichiga 22ta razryad va xar bir razryadga tegishli koeffitsientlariga ega.

Takrorlash uchun savollar:



  1. Tadbirkorlik, biznes tushunchalarini ayting va farqini kursating

  2. Aksiya kursiga ta’sir etuvchi omillarni aytib bering

  3. Tadbirkorlik kapitali nima?

  4. Ishlab chiqarish xarajatlarini kanday turkumlarga bo‘lib urganasiz?

  5. Foyda miqdoriga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat

  6. Ish haqining mazmunini tushuntiring

  7. YAgona tarif tizimi nima

Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə