Mavzu: Talab va taklif elastikligiga ko`ra soliq yukini hisoblash. Reja: Kirish


Soliq yukini iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida taqsimlanishini tovar elastikligiga ko‘ra tahlili



Yüklə 21,84 Kb.
səhifə7/8
tarix29.11.2023
ölçüsü21,84 Kb.
#140277
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Talab va taklif elastikligiga ko`ra soliq yukini hisoblas-fayllar.org

4. Soliq yukini iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida taqsimlanishini tovar elastikligiga ko‘ra tahlili
Elastiklik nazariyasi firmalar va davlatning iqtisodiy siyosatini belgilashda muhim qurol bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi, ularning elastiklik koeffitsiyentlari miqdorining qzgarishiga ko‘ra o‘zgaradi. Talab va taklifning elastik yoki elastik bo‘lmasligi soliq yukining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida qanday gaqsimlanishini, ya’ni soliqning qancha qismini iste’molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to‘lashini aniqlab beradi. Faraz qilaylik, davlat bir birlik tovarga t miqdorda (o‘zgarmas) soliq belgilasin. Bu o‘z navbatida taklif chizig‘ini S holatdan yuqoriga Ś–holatga siljitadi
Umumiy soliq iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida taqsimlanib, o‘z ichiga soliq yuki ortiqchaligini oladi. Ushbu soliq yuki ortiqchaligi “o‘lik yuk” bo‘lib, jamiyat uchun sof yo‘qotish hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi to‘laydigan soliqni ko‘rsatuvchi P2MBP0 to‘rtburchak yuzasi iste’molchi to‘laydigan soliqni ifodalovchi P0BE1P1 to‘rtburchak yuzidan katta.

Chunki, talab elastikligi yuqori bo‘lganda (ED>1) soliq kiritilishi tufayli narx oshganda, iste’molchilar bunga talabni qisqartirish bilan javob qaytaradilar. Buning natijasida sotuvchilar daromadi sezilarli darajada pasayib kertishi mumkin. Shu sababli sotuvchilar soliq yukining katta qismini o‘z zimmalariga olish orqali talab qisqarishini kamaytirishga urinadilar. Talab qancha noelastik bo‘lsa (ED<1) uning chizig‘i shuncha tik bo‘lib boradi va soliqning ko‘p qismini to‘lash iste’molchilar zimmasiga tushadi.


Umumiy soliq iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o’rtasida taqsimlanib, o’z ichiga soliq yuki ortiqchaligini oladi. Ushbu soliq yuki ortiqchaligi “O’lik yuk” bo’lib, jamiyat uchun sof yo’qotish hisoblanadi.

Xulosa.
Istemolchi talabi barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga xos bo’lib, u o’z doirasini to’xtovsiz kengaytirib bormoqda. Iqtisodiy munosabatlarni samarali tashkil etish va resurslarni oqilona joylashtirish avvaldan insoniyat diqqatini, ayniqsa iqtisod ahlini jalb etib kelmoqda.

Ma’lumki jamiyat ixtiyoridagi ishlab chiqarish imkoniyatlari, mehnat resurslari, tabiiy boyliklar, yer, ya’ni bu resurslar chegaralangan bo’lib ulardan foydalanish, joylashtirish oqilona yondashuvni talab etadi. Hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti hukmronligi resurslarni samarali taqsimlab joylashtirish va iqtisodiy o’sishni tezlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash va yuqori turmush darajasini ta’minlash imkonini tug’diradi. Bunday tizim mehnatni rag’batlantirishning ma’qul usullaridan keng foydalanish va shaxsiy boylikni, milliy boylikning ortib borishini tezlashtiradi.


Bozorni asosan talab va taklif, raqobat, baho kabilar shakllantiradi, tartibga solib turadi. Talab va taklif qonunining harakati va bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti insoniyat jamiyati uchun juda ahamiyatli bo’lgan barcha boyliklardan foydalanish samarasini ko’tarish va inson manfaatiga qaratishda kata imkoniyatlar yaratishini qayd qilish mumkin. Bunda resurslardan to’la foydalanish, tabiiy boyliklar samarasini ko’tarish, yangi-yangi texnologiyalar tufayli yangi xom-ashyo, materiallarni yaratish juda muhimdir.
Hozirgi texnologiya asosan kam xarajat, ayniqsa kam moddiy sarfli ishlab chiqarishni yuqori darajaga ko’targan bo’lib, bularning hammasi bozor talabi natijasidir.
Ishlab chiqarishning talab asosida har tomonlama va keng miqyosda taraqqiy eta olishi inson turmush tarzining yuqori darajasini ta’minlab boradi.
Talab va taklif qonuni ta’sirida rivojlanayotgan iqtisodiyot mavjud imkoniyatlardan inson manfaati uchun eng samarali foydalanish imkonini tug’diradi.Bozor iqtisodiyotining ustunligi ham avvalo shu bilan belgilansa kerak.

Yüklə 21,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə