Mavzu: Ta'lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari



Yüklə 234,3 Kb.
səhifə4/8
tarix07.02.2023
ölçüsü234,3 Kb.
#100364
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Ta\'lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyala - 1

O 'quv ishlari bo 'yicha direktor o 'rinbosari o’z faoliyatida to’garak, seksiya, klublarni tashkil qilish, o’tituvchining o’quvchilar bilan indevidual ishlashini, yashash joyida bolalar bilan konsultatsiya o’tkazish, alohida pedagogik e’tiborga muhtoj bolalar bilan ish olib borishni nazorat qiladi.
Alohida fanlardan dars beruvchi o'qituvchilar bolalarning qiziqishlarini o’rganib chiqib, ularni turli to’garak va seksiyalarga jalb qilishadi. Maktabda turli tadbirlar o’tkazishadi. Bu tadbirlarni o’tkazishda ota-onalar va sobiq o’quvchilar yordamidan foydalanishadi, maktabga mashhur kishilarni chaqirishadi.
Maktab yoshidagi bolalarning asosiy ijtimoiylashtiruvchi omili bolalar submadaniyatini shakllantiruvchi tengqurlar jamoasidir. ijtimoiy pedagog bu hodisalarning funksiyalarini bilishi, ularning o’quvchilarning shaxsiy hislatlari va ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishdagi o’rinlarini ko’ra olishi lozim.
Maktab ijtimoiy pedagogikasining asosiy muammosi tarbiyasi og’ir o’spirinlar hisoblanadi. 12-16 yoshli o’g’il-qizlar o’spirin hisoblanishadi. Bu davr shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga ham o’smirlar ham tarbiyachilar uchun qiyin davrdir.
O’spirinlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o’zgaradi, ruhiyatining qayta qurilishi ro’y beradi. Tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo bo’ladi. Jamoada o’spirinning ijtimoiy maqomida o’zgarishlar ro’y beradi,ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi
Bu yoshda o’spirinning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir bo’ladi. O’spirinning shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda u rasmiy jamoa va norasmiy muomala guruhini tanlash bilan band bo’ladi va oxir oqibat o’zini qulay sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo’linadigan guruhni tanlaydi. Bu sport, texnika to’garagi bo’lishi mumkin. SHu bilan birga bu guruh o’smirlar yig’ilishib, ichib-chekib o’tirishadigan yerto’la ham bo’lishi mumkin.
Bu yoshda o’spirinlarning kattalar xususan ota-onalar bilan muammolari paydo bo’ladi. Ota-ona o’z farzandiga yosh bolaga bo’lganday qarashadi, bola esa bu g’amxo’rlikdan chiqib ketmoqchi bo’ladi. SHuning uchun uning kattalar bilan


- 8 -




munosabatida ko’p nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o’zgaradi: bo’ysunish pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o’tmoqchi bo’ladi. Bir vaqtning o’zida tengdoshlar bilan ham o’zaro munosabatlarning xarakteri o’zgaradi. O’zpirinda kattalik xissi tug’iladi va xissiyot mustaqil bo’lishga intilish, kattalarning xohish istaklariga qarshi chiqishda namoyon bo’ladi. Kichkina bolaga qaraganda o’spirinning qiziqishlari ham ancha o’zgaradi. Ijodiy faoliyatga intilish bilan bir qatorda o’spiringa qiziqishlarning beqarorligi ham xosdir.
Shunday qilib o’spirinlik yoshining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarni ajratsak bo’ladi: emotsional voyaga yetmaganlik, o’z xulq-atvorini to’liq nazorat qila olmaslik, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat va xohishlarini to’g’ri baholay olmaslik, katta bo’lishga intilish.
O’spirin yetarlicha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim xislatlari va jihatlari shakllanishi bosqichida bo’lgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik va kattalik o’rtasidagi davrdir. Shaxs hali o’zini katta deb hisoblashi uchun yetarli rivojlanmagan, biroq shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatga kirishishi va o’z harakatlarida ijtimoiy norma va qoidalar talablariga amal qilishi uchun yetarli rivojlangan.
O’spirin aqlli qarorlar qabul qilishga ongli harakatlar sodir etishga va ular uchun axloqiy va huquqiy jihatdan mas’ul bo’lishga qodir. Shuni ta’kidlash joizki, o’spirin o’z xatti-harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdir. Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham katta o’spirinlik va o’smirlik davrini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul qilsak bo’ladi.
Bola ijtimoiylashuvining shartlaridan biri tengqurlar bilan munosabatga kirishishdir. Bu munosabat bolalar bog’chasi guruhi, maktab sinflari, turli norasmiy bolalar va o’smirlar birlashmalari kabi kichik guruhlarda shakllanadi. Bolalar va o’smirlar guruhlarida tengdoshlar orasida fuknsional, emotsional shaxsiy munosabatlar o’rnatiladi.
Funksional munosabatlar bolalar faoliyatining alohida sohalari (mehnat, o’qish)da qayd etilgan bo’lib, kattalarning bevosita rahbarligi ostida guruhdagi xulq-atvor normalarini o’zlashtirish orqali shakllanadi. Tengdoshlar guruhhining hamma a’zolari ham yosh jihatdan teng bo’lmaydi. Bu guruhga har xil yoshdagi, biroq umumiy qadriyatlar, munosabatlar tizimi yoki qiziqishlari bilan birlashgan bolalar ham kirishi mumuikn. Tengdoshlar guruhi a’zolarining soni turlicha bo’lishi mumkin. O’rtoqlar guruhida 2-3dan 5 gacha, og’aynilar guruhida 7-9 gacha, assatsial guruhlarda 20 tagacha, rasmiy guruhlar-sinf, to’garak va boshqalarda 30-40 tagacha a’zo bo’lishi mumkin.
Tengqurlar guruhi odatda a’zolarining hududiy yaqinligi asosida shakllanadi. Tengqurlar guruhi individual qiziqishlarning mos tushishi, rasmiy tashkilot(sinf,skautlar guruhi va boshqalar) borligi va guruh a’zolari urtasida


- 9 -




shaxsiy munosabatlar mavjudligi tufayli shakllanadi. Bu munosabatlar guruh a’zolarining xarakter va o’zaro ta’sirlarida, shuningdek sinfda rollarni taqsimlashda namoyon bo’ladi.
Birinchidan yetakchi ajralib chiqadi. Eksperimental tadqiqotlarda yetakchisi bo’lmagan guruh aniqlanmagan. Sohaviy yetakchilar ham bo’lishi mumkin. Masalan, aqliy, emotsional, ishbilanmon yetakchi bo’lishi mumkin. Tenqurlar guruhini bir necha parametrlar bo’yicha tasniflashimiz mumkin:
Ijtimoiy tizimidagi yuridik maqomiga ko’ra tengqurlar guruhlari rasmiy, ya’ni jamiyat tomonidan tan olingan, biror bir davlat yoki jamoat tashkiloti bilan bog’liq bo’lgan guruhlar va norasmiy-o’z-o’zidan mavjud bo’lgan guruhlarga bo’linadi.
ijtimoiy psixologik maqomiga ko’ra ular ikkiga bo’linadi, ya’ni mansublik guruhi-uning haqaqiy a’zolari mavjud (sinf, sport klubi va boshqalar) va referent guruhi- bunga inson mansub emas, biroq hayolan tayanadi.
Faoliyat yuritishning barqarorligi va uzoq muddatliligiga qarab doimiy, vaqtinchalik hamda hodisaviy guruhlarga ajratiladi.
Hudud jihatidan ular hovli, mahalla yoki biror bir muassasa tarkibida faoliyat yuritishlari mumkin.
Etakchilik borasida ular demokratik va avtoritar guruhlarga bo’linishadi.
So’nggi 10 yilliklarda tengqurlar guruhlari voyaga yetayotgan avlod ijtimoiylashuvida eng muhim mikroomillardan biriga aylandi. Avvalgi davrlarga qaraganda ularning o’rni ancha jiddiylashdi, bunga bir qator jarayonlar o’z ta’siri ko’rsatdi.
Urbanizatsiya shunga olib keldiki, borgan sari ko’p bolalar, o’smirlar shaharlarda yashashyapti va u yerda ko’proq tengdoshlar bilan muomala qilish imkoniga ega bo’lishmoqda. bu muomalani kattalar to’liq nazorat qila olishmaydi. Katta oilaning kichiklashuvi bir bolali va to’liqsiz oilalarning ko’payishi, oilalarning noto’g’ri tashkillashtirilganligi bolalar uchun oiladagi emotsianal aloqalarning yetishmovchiligini uydan tashqarida to’ldirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Umumiy o’rta ma’lumot OAVlar shunga olib keladiki, voyaga yetayotgan avlod o’zlarining savodxonliklari va madaniy rivojlanishlari darajasiga ko’ra ancha tenglashib qolishdi. SHuningdek, bolalarning tengqurlar guruhlariga birlashishlariga nafaqat kiyim-kechak yoki turmak, balki hayot tarzini ham belgilab beruvchi moda ham ta’sir ko’rsatmoqda.
Bolalar, o’smirlar va o’spirinlar bir vaqtning o’zida bir necha bir-birdan farqlanuvchi guruhlarga a’zo bo’lishlari mumkin. Rasmiy guruhlar (sinf, sport to’garagi va boshqalar) bolalar ijtimoiylashuviga ular hayotiy faoliyatining mazmuni, ularda shakllangan o’zaro munosabatlarning xarakteriga bog’liq ravishda ta’sir ko’rsatadi. Norasmiy guruhlar bolalar, o’spirinlar va o’smirlar

  • 10 -




ijtimoiylashuviga ularning tarkibi, yo’naltirilganligi yetkachilik turiga ko’ra ta’sir ko’rsatishadi.
Turli yosh va ijtimoiy madaniy xususiyatlarga ega bo’lishiga qaramay tengqurlar guruhining ijtimoiylashuvdagi funksiyalari universaldir. Birinchidan, guruh a’zolarini shu jamiyat madaniyatiga o’rgatadi, ya’ni ularning xulq-atvorini guruh a’zolarining milliy, diniy, mintaqaviy, ijtimoiy mansubligiga moslashtiradi. Ikkinchidan, tengqurlar guruhlarida ijobiy xulq-atvorga o’rgatiladi. Bu ularga namunaviy xulq-atvorlarni ko’rsatish, g’ayri ijtimoiy xulq-atvorlarga nisbatan chora qo’llash orqali amalga oshiriladi. Uinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar, o’smirlar va o’spirinlarning kattalar, xususan ota-onalar ta’siridan avtanomlashuvlari jarayonida muhim o’rin tutadi. To’rtinchidan guruh o’z a’zolariga yosh submadaniyatidan mustaqil bo’lish imkonini beradi.
O’rtoqlar va og’aynilar guruhlari kiyinish, yurish-turish borasida tengdoshlar jamiyatiga mos bo’lishga harakat qilishadi. SHu bilan bir vaqtda o’z mustaqilliklarini ham saqlashadi. YA’ni boshqa bolalarni o’z guruhlariga qo’shmaslikka harakat qilishadi. Beshinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar tomonidan o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini belgilab olish masalalarini yechishga qulay yoki noqulay sharoitlar yaratib beradi. Oltinchidan, guruh o’z a’zolari tomonidan “ekologik chuqurlik” sifatida qabul qilinadigan spetsifik ijtimoiy tashkilot hisoblanadi.
Guruhda emotsional va shaxsiy munosabatlar ham shakllanadi. Bolalar va yosh o’smirlar guruhlarida emotsional munosabatlarning asosiy funksiyasi tengqurlar xulq-atvorini umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga moslashdir. Bu holatda do’stlik rishtalari, simpatiya birinchi o’ringa ko’tariladi. Aslida ular ontogenezda ancha avval paydo bo’lishgan. Agar maktabgacha yoshdagi bola ularga amal qilsa, bu holat boshqa bolalar tomonidan ijobiy qabul qilinadi.
SHaxsiy munosabatlar guruhdagi o’zaro bog’liqlik bo’lib, bunda bir bola xulq-atvorining sababi boshqa bola uchun shaxsiy ma’noga ega bo’ladi. SHaxsiy munosabatlar bola atrofdagilar bilan munosabatda kattalar rolini bajarganda yorqin namoyon bo’ladi.
Bolalar hamjamiyati bolalar submadaniyatining tashuvchisi hisoblanadi. Bolalar submadaniyati-bu bolalarga jamiyatga ko’nikishlariga va o’z normalarini yaratishlariga ko’maklashuvchi madaniy hudud va muomala doirasidir.
Bolalar submadaniyati bolaning ilk ijtimoiylashuvi vazifasini bajaradi. O’smirlar, o’spirinlar submadaniyatining namoyon bo’lishiga ijtimoiy harakatning yangi shakllarini tuzish kiradi. Bu ijtimoiy pedagog tomonidan to’g’ri qabul qilinishi kerak. O’smirlar kichkina bolalardan ancha faollar va o’z o’rinlarini topishlari uchun yangi faoliyat va xulq-atvor shakllarini qidirishadi. Biroq ular ancha tavakkalchi va bunga tayyor emaslar. O’spirinlik davrining inqirozi ham

  • 11 -




ko’p borada yangi muqobil faoliyat normalarini yaratishga bog’liq. SHuning uchun o’spirin-o’smir submadaniyati nafaqat ijtimoiylashtiruvchi, balki konstruktiv ijodiy funksiyani ham bajaradi. O’smirlar va o’spirinlar submadaniyatini kattalar olamidan ajratib turuvchi omillar madaniy va texnologik o’zgarishlar, yolg’izlik OAVlarning qarama-qarshi ta’siri, ijtimoiy muhitning beqarorligi bilan bog’liq. Bu hollarda o’spirinlar va o’smirlar guruhlari turli g’ayri-ijtimoiy xarakatlarga intilishlari xam mumkin.
O’spirinlar va o’smirlar submadaniyati rivojlanishining ikki yo’nalishi mavjud. Birinchisi u umumiy jihatlarga ega bo’lib, turli mintaqa va yo’nalishlarga ajraladi. Ikkinchi yo’nalish yoshlar submadaniyatiga g’ayri madaniyatlarning ta’siriga bog’liq. Bu holatda biz mavjud jamiyatning huquqiy asoslariga tajovuz qilmaydigan, birq axloq umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga qarshi chiquvchi yoshlarni uchratishimiz mumkin. g’ayri madaniyatning borligi va uning tarqalishi u yoki bu jamiyatning inqirozidan hamda insonlarning qoniqmayotganligidan dalolat beradi.

  1. Ta’lim muassasasida ijtimoiy - texnologiyalar haqida tushuncha.

Ijtimoiy texnologiyalar” tushunchasi sotsiologiyada vujudga kelgan va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi asosi bo’lgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog’liq.
Ijtimoiy texnologiyalarning turlaridan biri ijtimoiy ish texnologiyalari bo’lib ular ijtimoiy pedagogik texnologiyalarga juda yaqin, chunki yuqorida ta’kidlagandek ijtimoiy pedagog va ijtimoiy ishchi faoliyatining jihatlari ko’p.
Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o’z tuzilishiga ega ekanligiga bog’liq. ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi. Bularni mutaxassislar yechishlari lozim, ya’ni bolada muomala ko’nikmalarini shakllantirish, unga yangi muhitga ko’nikishga yordam berishdir va boshqa maqsadlar o’z navbatida faoliyat mazmuni, uning amalga oshirish metodlari va uni tashkillashtirish shakllarini aniqlab beradi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadi, uning natijalari va mazmuni qanchalik to’g’ri aniqlanganligi, unga yerishish uchun qanday metodlar tanlanganligiga bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va usullari majmuasidir.


- 12 -




Ijtimoiy pedagogning aralashishni talab qiluvchi har qanday muammoni hal qilish unga tashhiz qo’yishdan boshlanadi. Tashhiz qo’yish axborot taxlili, to’plash va tizimlashtirishdan iborat.
Keyingi bosqich bu muammoni hal qilish yo’llarini qidirish. Buning uchun tashhiz asosida maqsad qo’yiladi va unga muvofiq faoliyatning aniq vazifalari belgilanadi.
Ijtimoiy pedagog qanday texnologiyani qo’llashga ko’ra shunga mos tushuvchi faoliyat metodlari va shakllarini tanlaydi. Ish yakunlanganidan so’ng ijtimoiy pedagog bola muammosi qanchalik to’g’ri hal qilinganiga baho berishi lozim.
Keng tarqalgan va effektiv ijtimoiy pedagogik texnologiyalardan biri trening hisoblanadi. ijtimoiy pedagogik trening-jamoaviy ish olib borishning faol metodlariga asoslangan pedagogik ta’sirdir. Bu tashkillashtirilgan muloqatning maxsus turi bo’lib, uning davomida shaxs rivojlanishishi, kommunikativ malakalar paydo bo’lishi, psixologik yordam ko’rsatish masalalari hal qilinadi.
Mashg’ulotlar davomida o’smirlarda ichki qurilmalar almashuvi sodir bo’ladi, bilimlar kengayadi, o’ziga va atrofdagilarga ijobiy munosabat tajribasi shakllanadi.
Trening mashg’ulotlari paytida har bir o’smirga g’amxo’rlik ko’rsatiladi. U boshqalarning yordamiga tayanishi mumkin. SHuning uchun turli muomala stillarini sinab ko’rishi, odamlararo ishonishni o’rganishi, avval unga xos bo’lmagan kammunikativ malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirishga qodir. Bu mashg’ulotlar jamiyatda yanada faol hayotga tayyorlaydi. ijtimoiy pedagogik trening guruhining vazifasi har bir ishtirokchiga o’zini individual vositalar bilan namoyon qilishga yordam berishdir. Biroq buning uchun o’z-o’zini anglab olishi lozim.
Shaxs o’z-o’zini tarbiyalashni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiradi:

  1. o’z “men”ini boshqalar bilan qiyoslash orqali qabul qilish, ya’ni inson boshqalar chetdan kuzatish qulayligi uchun bundan foydalanadi. Bu esa o’zini guruhning boshqa a’zolari bilan qiyoslashga ajoyib imkoniyat yaratadi.

  2. O’zini boshqalarning qabul qilishlari orqali qabul qilish, ya’ni atrofdagilar berayotgan ma’lumotlarni qayta munosabat asosida ishlatish. Bu atrofdoshlarning so’zlari, xis-tuyg’ulari, xulq-atvor reaksiyalari orqali o’ziga bo’lgan munosabatini bilib olishga yordam beradi.

  3. O’zini faoliyat natijasi orqali qabul qilish, ya’ni inson nima qilganiga baho berish. O’z- o’zini baholashning bu usuli o’z imkoniyatlari haqidagi fikrni mustahkamlaydi.

  4. O’zini tashqi qiyofa bahosi orqali qabul qilish.

  • 13 -


Shaxsning rivojlanishiga imkon yaratuvchi trening maqsadlari:



  1. ishtirokchilarning ijtimoiy masuliyatini oshirish, ularning boshqalar bilan faol munosabatga kirishish qobiliyatini o’stirish.

  2. o’smirlarning faol ijtimoiy pozitsiyasini shakllantirish va o’z hayotlarida o’zgarish sodir eta olish qobiliyatinirivojlantirish.

v) psixologik madaniy darajasini ko’tarish. Treningning asosiy tamoyillari:

  1. Ishtirokchilarning o’zaro hurmati va ishonchiga asoslangan to’laqonli shaxslararo muomala.

  2. Doimiy qayta aloqa, ya’ni ishtirokchi boshqa ishtirokchilar xatti- harakatlariga baho beruvchi ma’lumotlarni olishi.

  3. O’z-o’ziga tashhiz qo’yish .

  4. Rivojlanishning optimallashuvi.

  5. Aqliy va emotsional sohalarning uyg’unlashuvi.

  6. Trening va uning alohida mashg’ulotlarida ixtiyoriy qatnashish.

  7. Guruh dinamikasiga yordam beruvchi guruhning doimiy tarkibi.

  8. Yakkalik.

  9. Mikroguruhlarda ishlash imkonini beruvchi erkin hudud.

Texnologiyalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatiga joriy qilish mablag’ni
iqtisod qilish ijtimoiy pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil qilishni ta’minlaydi, ijtimoiy pedagog oldida turgan vazifalarni hal qilishning effektivligiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagog texnologiyalar ijtimoiy pedagogning keng ko’lamdagi vazifalari-tashhiz qo’yish, ijtimoiy profilaktika, ijtimoiy adaptatsiya va ijtimoiy reabilitatsiyani yechishga yordam beradi.


- 14 -





  1. Yüklə 234,3 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə