Mavzu: ‘Tarbiyasi qiyin’ o’quvchilar bilan ishlashning psixologik asoslari



Yüklə 6,3 Mb.
səhifə2/5
tarix24.06.2022
ölçüsü6,3 Mb.
#90056
1   2   3   4   5
psixologiya Shokirova Ziyoda 104A

“Tarbiyasi og’ir” o’quvchilarning uchta asosiy guruhini va tegishli ravishda ular bilan olib boriladiga tarbiyaviy ishning uch yo’nalishini ajratib ko’rsatishga harakat qilamiz. Birinchi guruh – tarbiyasi og’irligini “o’tish davri” ning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan o’quvchilar. Hayoti va tarbiyasining noqulay sharoitlarida ba’zi bolalarda krizis, ya’ni jismoniy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishdagi jiddiy o’zgarishlar davrida qiyinchiliklar paydo bo’lishini sezish qiyin emas. Bu davrda bola va o’smirning rivojlanishi ikki xususiyat: intensiv va notekis rivojlanish bilan harakterlanadi. Mana shuning uchun ham bolaning jismoniy, psixik va ijtimoiy rivojlanishida to’xtalish, xatto o’zgarishlar bo’lishi mumkin Ikkinchi guruh – tarbiyasi qiyinligi jismoniy va psixik rivojlanishida chetga chiqish holatlari bilan bog’liq bo’lgan bolalar va o’smirlardir. Bu aqliy jihatdan o’smay qolgan yoki xaddan tashqari erta va jadal rivojlangan bolalardir. Bundan tashqari u turli organlarning rivojlanishida jismoniy kamchiligi bor, jismoniy majruh va mayiblar ham bo’lishi mumkin. Yana bu bolalar xaddan tashqari kasalmandligi, odatdagi, surunkali kasallik, turli tipdagi bolalar xastaligi va boshqalardir. Uchinchi guruh – bu tarbiyasi qiyinlik holati pedagogik qarovsizlik bilan belgilanadigan bolalar va o’smirlardir. Bunda ularning ongida xulq-atvorida va emotsional-irodaviy chetga chiqish pedagogik sabablar bilan bog’liq bo’lib, barqaror harakter kasb etgan bo’ladi. Pedagogik qarovsizlik belgilari: ongidagi chetga chiqish asosiy hayotiy tushunchalarni, axloqiy, estetik, siyosiy, iqtisodiy va boshqa kategoriyalarni noto’g’ri tushunish, baholashning buzilgan mezonlari bilan harakterlanadi.

-Balog’atga yetmagan bolalarning qarovsizligi va qonunbuzarliklarining oldini olishni maktab tomonidan amalga oshirilayotgan yaxlit sistemaning bir qismi deb qarash lozim. Ana shu jarayon doirasida pedagoglarning sayi-harakatlari quyidagilarga qaratilishi kerak: -O’quvchi shaxsini tarkib toptirishga salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar ta’sirining oldini olishga, bola huquqlarining buzilishiga va buning oqibati sifatida o’quvchi tarbiyasining qiyinlashuviga olib keluvchi sabab va sharoitlarni yo’qotishga; -Butun tarbiya jarayonini tuzatishga uning normallashuvi ikki darajada ro’y beradi; -a) bolaning rivojlanishidagi salbiy tomonlarni to’xtatish va barcha salbiy ta’sirlarni engib o’tish; -b) ancha yuqori daraja axloqiy, ijtimoiy barqaror va garmonik rivojlangan shaxsni tarkib toptirish. Uning asosida haqiqat, to’g’rilik, yaxshilik, go’zallik, ma’suliyat, ong va xatti-harakat birligi yotadi.


Yüklə 6,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə