Mavzu: ‘Tarbiyasi qiyin’ o’quvchilar bilan ishlashning psixologik asoslari



Yüklə 6,3 Mb.
səhifə4/5
tarix24.06.2022
ölçüsü6,3 Mb.
#90056
1   2   3   4   5
psixologiya Shokirova Ziyoda 104A

Shu narsa aniqlandiki uyda xotirjamlik hukm surib, janjal va nizolar bo’lmasa, bola uchun ham yaxshi, u qattiq uxlaydi, ishtaxasi ham bo’ladi. Shunday qilib , onada ham, bolada ham, bo’ladigan qiyinchiliklar avval boshidanoq umumiydir. Kattalar esa buni har doim ham anglab yetmaydilar. Faqat ayrimlargina bolaning kechinmalarini obektiv baholashga bo’ladilar. Agar ba’zilar bola biror narsadan iztirob chekganida yig’lashi xarxasha qilishini tushunsalar, boshqalar hech qachon bu haqida o’ylab ham ko’rmaydilar. Ular bolaning injiqligiga yo e’tibor bermaydilar, yoki uni har qanday usul bilan chalg’itishga urinadilar. Buning sababini o’ylab ko’rish, tushunish uchun ularning vaqti ham, tajribasi ham yetmaydi. Natijada kutilmagan vaziyat vujudga keladi: bola doimo “onaning psixologik xolatiga moslashadi”, onasi esa har doim ham bolaning holatini tushunmaydi. U bolasi xis qilayotgan qiyinchiliklarni uqib tushunib ololmaydi. U faqat kichkintoyini o’ziga qo’shimcha qiyinchiliklar tug’dirayotganini tushunadi xolos. Shundan keyin bola haqida qiyin, unga xalaqit beruvchi, tashvish uyg’otuvchi, majburiyat yuklovchi, xavotirliklar keltiruvchi dastlabki, barqaror tasavvur hosil qiladi. Shu tariqa “xulqi qiyin”, “tarbiyasi og’ir” bolalar paydo bo’ladi. U kattalarning vujudga kelgan vaziyatga yetarlicha baho bermagan, undan boshqa hech kim bolada paydo bo’lgan nuqsonlarni tuzata olmasligini, hech bir kimsa uning bolasini “muloyim” qilib qo’ymasligini anglagan vaqtda emotsional aloqaning buzilishi tufayli paydo bo’ladi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan chetga chiqish turlari bolalarning insonning rivojlanishiga, uning boshqa kishilar bilan bo’ladigan aloqalariga, o’smirlik yoshiga xos bo’lgan xilma-xil faoliyat turlariga kirishishning muvaffaqiyatli yoki muvofaqqiyatsiz bo’lishiga ta’sir etadi. Bu chetga chiqishlarning paydo bo’lishiga asos bor. Oilada ota yoki onaning yo’lqligi, bolaning yolg’iz ota yoki yolg’iz onaning tarbiyalashi, tashqi o’quv-tarbiya muassasalari ta’sir yo’qligi bunday sabablardan hisoblanadi. Bulardan tashqari tarbiyaviy ta’sirning omillari: ota-onalarning ichkilikbozligi va axloqsizligi, madaniy muhitning yo’qligi, bolalarni huquq normalariga zid faoliyatga jalb etish, ularni huquqlarini poymol qilish, bolalarga jismoniy va psixik zulm o’tkazish, tengdoshlarining salbiy ta’siri, maktab va oiladagi “tarbiyaning g’ayri pedagogik” metodlari ham bor.


Yüklə 6,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə