Mavzu: tarixiy manbalar



Yüklə 17,21 Kb.
tarix12.05.2022
ölçüsü17,21 Kb.
#86784
Tarixiy manbalar


MAVZU: TARIXIY MANBALAR

Reja:

  1. Tarix fani haqida

  2. Tarixiy manba

  3. Moddiy manbalar

  4. Yozma manbalar



Tarix fani haqida

Tarix o‘tmish haqidagi fandir.

«Tarix» arabcha so‘z bo‘lib, «o‘tmish», «o‘tgan voqealar haqida hikoya» degan ma’nolarni anglatadi.

Tarix odamlarning eng qadimgi zamonlardan to hozirgacha  bosib o‘tgan hayot yo‘li, bugungi hayotni qanday qurganligi haqida ma’lumot beradi. Tarixni o‘rganish orqali odamlarning uzoq va yaqin o‘tmishda nima bilan mashg‘ul bo‘lganliklarini, qanday yashaganliklari hamda qanday tarixiy voqealar yuz berganligini  bilib olasiz.



Tarixiy manba

Tarix fani tarixiy manbalar asosida yaratiladi. Xo‘sh, tarixiy manba nima o‘zi?

Tarixiy manba tarixdan ma’lumot beruvchi barcha tarixiy narsalar va yozib qoldirilgan turli xil hujjatlar hamda kitoblardir.

Manbashunos olimlar ularni  sinchiklab o‘rganadilar va tarix fani uchun zarur ma’lumotlar to‘playdilar.

Tarixiy manbalar, o‘z navbatida, moddiy (ashyoviy) va yozma manbalarga bo‘linadi.

Moddiy manbalar

Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari, ular yashagan makon, turarjoylarning, shuningdek, qal’a va shaharlarning, sug‘orish inshootlarining, uy-ro‘zg‘or hamda  zebziynat buyumlarining qoldiqlari zarb etilgan tangalar, gerblar, muhrlar hamda mehnat qurollari moddiy manbalarni tashkil etadi. Moddiy manbalarni  arxeologlar to‘plashadi.

Ular o‘tmishda odamlar yashagan deb taxmin qilingan manzilgohlarda qazish ishlarini olib boradilar. Shu yo‘l bilan moddiy manbalarni tashkil etuvchi turli ashyolarni topadilar. Ularning yaratilgan vaqtini va yoshini  aniqlaydilar.

Yozma manbalar

Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turidir. Bundan qariyb besh ming yil avval ayrim xalqlar yozish uchun alohida belgilar yaratdilar. Qoyatosh va qattiq buyumlarga o‘yib tushirilgan bitiklar, hayvon terisi, daraxt  po‘stlog‘i, keyinchalik qog‘ozga yozilgan yozuvlar, turli davrlarda yozilgan qo‘lyozmalar, kitoblar, shuningdek, arxivlarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar yozma manbalardir.



O‘zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba «Avesto» kitobidir. Unda qadimgi tariximizga oid juda qimmatli ma’lumotlar mavjud. Qadimgi Xorazm, sug‘d, baqtriya va turkiy yozuvlarida bitilgan yozma manbalar ham Vatanimiz tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, qadimgi Eron hukmdorlarining bitiklari, qadimgi Yunoniston (Gretsiya), Rim va Xitoy olimlarining asarlarida ham Vatanimiz tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan.
Yüklə 17,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə