Mavzu: Tarjima jarayonini lingvo-kognitiv modellashtirish



Yüklə 81,71 Kb.
səhifə2/7
tarix24.03.2022
ölçüsü81,71 Kb.
#84695
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Tarjima jarayonini lingvo-kognitiv modellashtirish

Diskurs tushunchasi hozirgi davrda o‘ta jadallik bilan sodir bo‘layotgan fanlar integratsiyasini o‘zida yaqqol namoyon etadi. U adabiyotshunoslik, tilshunoslik, falsafa, tarix, sotsiologiya, antropologiya, pedagogika, siyosatshunoslik kabi fan sohalarining har birida maxsus definitsiyaga ega bo‘lishi bilan birga, bugungi kunda yangi yo‘nalishlardan biri hisoblangan diskursiv tahlilning ham markaziy muammolaridan biriga aylandi.

Ma’lumki, diskurs (fr. Diskours – nutq, harakat) termini dunyo tilshunosligida bir necha ma’noda talqin qilinadi. Bu termin dastlab bog‘lanma matn tushunchasini ifodalagan bo‘lsa, keyinchalik suhbat, dialog tushunchalariga nisbatan ham qo‘llanila boshlandi45. Antropotsentrik paradigmaning rivojlanishi natijasida diskurs termini yanada kengroq ma’noga ega bo‘lmoqda. Mazkur termin ostida hozirgi kunda o‘zida nolisoniy, xususan, psixologik, ijtimoiy va shaxs ongi bilan bog‘liq omillarni mujassam etgan nutq tuzilmasini tushunish tendensiyasi kuchayib bormoqda46. SHu bilan birga, diskurs so‘zi ifodalagan hodisani sof tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etib bo‘lmasligi, bunda shaxs omili bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha fanlarning hamkorligi taqozo etilishi ham ayni kunda e’tirof etilgan haqiqatdir47.




Yüklə 81,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə