Mavzu: Tarjima jarayonini lingvo-kognitiv modellashtirish



Yüklə 81,71 Kb.
səhifə6/7
tarix24.03.2022
ölçüsü81,71 Kb.
#84695
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Tarjima jarayonini lingvo-kognitiv modellashtirish

Hayrat konsepti. Bu juda go‘zal manzara edi, buni faqat usta rassomlarning suratlaridagina ko‘rish mumkin, biroq eng zo‘r musavvir ham uning qo‘shig‘iga bo‘yoq topolmagan bo‘lardi. Qizning ovozida bani dunyo o‘zaro uyg‘unlashib jaranglar, go‘yo xayol ham, go‘zallik ham, orzu ham qizning qiyofasiga kirib qo‘shiq aytardi. Qo‘shiqni tinglayotgan odam bahorni, yasharish faslini, sollanib turgan gullarni, shabadadan to‘kilay-to‘kilay deyayotgan qizg‘aldoq bargidagi shudringni, tuman qoplab olgan bog‘ni, varrak uchirayotgan bolalarni, yuksak-yuksaklarda parvoz qilayotgan, jilvalanayotgan bolalik xayolini ko‘z oldiga keltirishi mumkin edi. Bolalik kabi go‘zal, tiniq va orzumand bu ovoz quyoshning issiq taftidek o‘z ohangi bilan odamni eritib yuborar, ko‘ngilga yoqimli shabadaday esib kirardi. To‘rt hasharchi shunday taassurotlarni boshidan kechirar, ular qo‘shiqni oxirigacha eshitmoqchiday dong qotib turishardi. (N.Eshonqul. “Momoqo‘shiq” qissasi)

Qo‘rquv konsepti. YAna vujudini dahshat bosdi. Nazarida eri azroildek, kela solib, jonini oladiganday, yuragi qo‘rquvdan dukillab ura boshladi. Qo‘llari, bo‘g‘inlari, butun jismi titrab-qaqshab, ichi yaxlaganday, tuyg‘usiz bir maxluqqa o‘xshab o‘tirardi. Ayniqsa, Aziz ishdan qaytadigan vaqt yaqinlashgan sari battar vosvosga tushib, o‘zidan-o‘zi yig‘lagisi kelar... elga sovurilgan qadri, nomusining alamiga chidolmaganidanmi, Azizning qahridan qo‘rqqanidanmi, o‘ksib-o‘ksib, borgan sari o‘zini to‘xtatolmay yig‘lay boshladi... U irodasi va aqlini yo‘qotgan edi, bamisoli o‘pqonga tushgan xassimon, o‘zini butkul majruh tuyg‘ular qo‘liga topshirgan edi... (O‘.Usmon. “Girdob” romani)

YUqorida keltirilgan mikromatnlardan ko‘rinadiki, HOLAT konseptining turli ko‘rinishlarini ifodalash uchun turli vaziyatlar munosabatidan foydalanilgan. Jumladan, birinchi matnda musichaning ku-kulashi vaziyati ifodasi sog‘inch holatini ifodalashda vosita bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi matnda qo‘shiq aytayotgan ayolni eshitib turgan hasharchilarning qalbidagi to‘lqinlanish, hayrat hislari tabiat manzaralari tasviri vositasida namoyon bo‘lgan. Uchinchi matnda esa asar qahramonining qo‘rquvga tushgan holati, asosan, uning vujudida ro‘y berayotgan jismoniy o‘zgarishlarni ifodalovchi birliklar (yuragi qo‘rquvdan dukillab ura boshladi; qo‘llari, bo‘g‘inlari, butun jismi titrab-qaqshab, ichi yaxlaganday) orqali berilgan. Bu esa badiiy konsept ifodasi ko‘p hollarda implikativ xarakterga ega bo‘lishidan dalolat beradi.

Ma’lumki, metaforalar haqidagi nazariy qarashlar qadimgi davrlardayoq mavjud bo‘lgan. “Metafora hosila ma’no yuzaga kelishi hodisalarining eng faoli hisoblanadi.U, tilshunoslikda qayd etilishicha, hosila ma’no yuzaga kelishining hosil qiluvchi va hosila ma’no referentlari o‘zaro o‘xshash kelishiga asoslanadi”63.

XX asrning so‘nggi choragida ma’no ko‘chishining usullaridan biri hisoblangan bu hodisaning inson kognitiv faoliyatiga ham xos ekanligi haqidagi qarashlar ilgari surila boshladi. Bunday qarashlarning shakllanishida, xususan, o‘z tadqiqotlarida metaforaga antropologik nuqtai nazardan yondashgan M.Osborn, J.Jeyns, E.Kassirer, N.F.Alefirenko, J.Lakoff, M.Jonson kabi olimlarning fikrlari asosiy o‘rinni egallaydi.

Amerikalik tadqiqotchi J.Jeyns mavhum konseptlar konkret metaforalar yordamida shakllanishini ta’kidlab, noma’lum va notanish predmetni tasavvur qilishda bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan hamda sensor hissiyotlarimiz bilan bog‘liq bo‘lgan obrazni tanlay olish o‘rinli metaforani yuzaga keltirishini ta’kidlagan edi64.

O‘tgan asrning so‘nggi choragida kognitiv tilshunoslikning taniqli vakili bo‘lgan J.Lakoff hamda mashhur faylasuf M.Jonson tomonidan yaratilgan metaforalar to‘g‘risidagi tadqiqot65 bu boradagi qarashlarning tub burilishiga sabab bo‘ldi. Mazkur tadqiqotchilar kognitiv (konseptual) metaforalar nazariyasiga asos solib, metaforalar faqat til hodisasi bo‘libgina qolmay, inson tafakkurining ham ajralmas qismi ekanligini chuqur yoritib berdilar. J.Lakoff va M.Jonson: “Metaforalar nafaqat kundalik hayot, nafaqat til, balki tafakkur va faoliyatimizga ham kirib boradi. Bizning kundalik tushunchaviy tizimimiz ham o‘z mohiyatiga ko‘ra metaforikdir”, – deb ta’kidlagan edilar66.

“Blending nazariyasi” deb nomlanuvchi qarashni yaratgan olimlar – M.Terner va J.Fokone fikriga ko‘ra, kognitiv metaforalar murakkab dinamik va integratsion jarayonni namoyon etib, yangi – qorishiq mental maydonlar yaratilishiga sabab bo‘luvchi hodisadir67.

Rus olimi N.S.Valgina esa metaforalar biridan-biriga o‘tib boruvchi uch xil ma’nolar yig‘indisidan iborat, deb hisoblaydi: 1) to‘g‘ri ma’no – faktual axborotni ifodalaydigan ma’no; 2) ko‘chma ma’no – konseptual axborotni ifodalaydigan ma’no; 3) qayta anglangan ma’no (ramz) – ichki axborotni ifodalaydigan ma’no; tagma’no68.

Kognitiv metaforalar nazariyasiga ko‘ra, metaforalashtirish asosida bilim tuzilmalari (freym va ssenariylar) o‘rtasidagi o‘zaro aloqa jarayoni yotadi. J.Lakoff hamda M.Jonson fikriga ko‘ra, verbal tuzilmada eksplitsit ifodalanmagan mazmun freymlar haqidagi bilimlar asosida keltirib chiqariladi69.

Hozirgi vaqtda kognitiv metaforalar nazariyasi ko‘plab sohalarga tatbiq etilgan bo‘lib, bilish, tushunchani kategoriyalashtirish, konseptuallashtirish, baholash va olamni tushuntirishning samarali usullaridan biri hisoblanadi. Kognitiv metaforalar haqidagi nazariyalarga asoslanib, bu hodisaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: kognitiv metafora – shaxs kognitiv faoliyatiga xos hodisa bo‘lib, bir tushuncha yoki hukm haqidagi bilim tuzilmalari asosida ikkinchi tushuncha yoki hukmni konseptuallashtirishdir. Masalan: Matvey Semyonovich yal-yal yonayotgan qip-qizil, yirik yoqutni ta’zim bilan olar ekan, uning qiymati juda baland ekanini sezdi (P.Qodirov. “Humoyun va Akbar” romani) gapidagi baland so‘zining metaforik ma’noda qo‘llanishiga matn tuzuvchining tezaurusida uzual holatda mavjud bo‘lgan NARX BU – VERTIKAL UZUNLIK tuzilishidagi kognitiv metafora asos bo‘lgan. Buni nutqimizda qo‘llanuvchi narxi pasaydi, narxi o‘rtacha, narxi baland, narxi osmonda kabi birikmalar ham isbotlaydi.

J.Lakoff va M.Jonson tadqiqotida tahlil etilgan vaqt bu – pul, vaqt bu – cheklangan zaxira, vaqt bu – qimmatbaho buyum kognitiv metaforalari o‘zbek tilida so‘zlashuvchi nutq egalari tezaurusida ham mavjudligi (Masalan: Bu ishga ko‘p vaqt


Yüklə 81,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə