sarfladim; Vaqtim tugay deyapti; Behuda ishlar vaqtni o‘g‘irlaydi) bir qator kognitiv metaforalarning kognitiv-semantik universaliya ekanligidan dalolat beradi.
Bu o‘rinda quyidagi savolning paydo bo‘lishi tabiiy: tafakkurga xos bo‘lgan bu jarayonni o‘rganish tilshunoslikka nima beradi? Nazarimizda, bu savolga E.S.Kubryakovaning quyidagi so‘zlari juda o‘rinli javob bo‘la oladi: “Har qanday til hodisasi kognitsiya va kommunikatsiya kesishgan nuqtada tadqiq etilsagina o‘rinli tavsiflangan va izohlangan deb hisoblanishi mumkin”70. Zero, lingvokognitologiyaning asosiy maqsadlaridan biri ham tilni axborot uzatish va uni idrok etish tizimi sifatida tadqiq etishdir.
Kognitiv metaforalar implikatsiyani yuzaga keltiruvchi omillardan biri sifatida so‘z, so‘z birikmasi, jumla yoki matnda o‘z “izi”ni qoldiradi. Metafora asosida ma’nosi (mazmuni) ko‘chgan birliklar “kognitiv aysberg” (Fakkonier iborasi) ning yuza qismi bo‘lib, uning asosiy qismi bizning lisoniy ongimiz tubida yashirin holda mavjud bo‘ladi. Aytish joizki, yuqoridagi kabi holatlarni o‘zida namoyon etuvchi kognitiv fon hodisasi o‘zbek tilshunosligida hali tadqiq obyekti bo‘lgan emas. Kognitiv fon hodisasini metafora, metonimiya, o‘xshatish, jonlantirish kabi hodisalar bilan bog‘liq holda o‘rganish antropotsentrik tilshunoslikning zaruriy muammolaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |