Mavzu: tashkilotning kadrlar tuzilmalarining asosiy turlari



Yüklə 311,13 Kb.
səhifə1/3
tarix21.04.2023
ölçüsü311,13 Kb.
#106590
  1   2   3
inson resurslari

Mavzu:tashkilotning kadrlar tuzilmalarining asosiy turlari

Bajardi:muradov b

Reja;

  • Kadrlar siyosatini shakllantirish bosqichlari
  • Tashkilotning kadrlar tarkibi tahlili
  • Kadrlar siyosatini shakllantirish yo‘llari
  • Xulosa

Jahonning rivojlangan mamlakatlari korxonalarida kadrlar siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha umumiy belgilangan standartlar mavjud emas.
Ammo bu yo‘nalishda barcha korxonalarning o‘ziga yarasha mavjud xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir mehnat jamoasining faqat o‘ziga xos odat va ko‘p yillardan beri mavjud an’analarga asoslangan va amalda ko‘p marotaba sinalgan kadrlar siyosati amaliyoti mavjud. Har bir korxona, tashkilot va kompaniya kadrlar siyosatini shakllantirishni bevosita o‘zi ishlab chiqadi.

Korxonaning kadrlar siyosati uzoq yillar davomida kadrlar bilan samarali ishlashni taqozo etadi va uni doimiy tarzda takomillashtirishga qaratilgan. Korxona amaliyotidagi kadrlar siyosatining samaradorligi mehnat jamoasining rivojlanishi, tashkilotni boshqarish izchilligi, an’analari va mentalitetini saqlab borish va shu asosda ishlab chiqarish jarayonida mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish va uning unumdorligini oshirib borish imkonini beradi.
Kadrlar siyosati mulkdorlar, yuqori bo‘g‘in boshqaruv menejerlari va korxonaning kadrlar xizmati tomonidan ishlab chiqiladi. Kadrlar siyosatiga umumiy rahbarlikni korxona rahbari amalga oshiradi. Kadrlar siyosati korxonaning o‘rta bo‘g‘in va funksional bo‘linmalari rahbarlari hamda kadrlar xizmati tomonidan ijro etiladi.

Tizimli kadrlar siyosati, odatda, yirik va o‘rta korxonalarda ishlab chiqiladi. Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sohasi korxonalarida ham ishlab chiqilgan kadrlar siyosati xodimlarning tashkiliy-mehnat va jamoaviy madaniyat darajasi rivojlanishiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Korxonaning kadrlar siyosati jamoada ijtimoiy mehnat munosabatlari rivojlanishining asosiy strategik yo‘nalishlarini hisobga olgan holda shakllanadi. U o‘zgaruvchan va xavf-xatarlari bilan murakkab bo‘lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida realistik, tez moslashuvchan, yuqori malakali kadrlarni jalb qilishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashadigan bo‘lishi kerak
  • Unga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar o‘z vaqtida hal qilinishi kerak: - kadrlar uchun zamonaviy innovatsiya tamoyillariga asoslangan talablar tizimini shakllantirish; - turli darajadagi kasb-malakaga ega kadrlarga mehnat bozoridagi talabni maksimal darajada ishonchli prognozlashtirish va o‘z vaqtida mavjud bo‘sh va yaratiladigan ish o‘rinlarini to‘ldirishga erishish; - korxonadagi kadrlar tarkibini rivojlantirish ustunliklarini aniqlash; - kadrlarni saralash, tanlab olish, ishga rasmiylashtirish hamda ularning mehnatini baholash shakllari va usullarini takomillashtirish; - xodimlarni rag‘batlantirish, rivojlantirish, kasbiy-mansabli ko‘tarilish samaradorligini oshirib borish; - rahbar bo‘g‘inlardagi kadrlar zaxirasi bilan ishlashni takomillashtirish; - kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining faoliyatini takomillashtirib borish; - kadrlar siyosatini amalga oshirishga qodir o‘ta samarali kadrlar xizmatini barpo etish.

Kadrlar siyosatining asosiy maqsadi korxonada samarali mehnat faoliyati va innovatsion rivojlanish uchun personalni boshqarish tizimini maqbullashtiradi

Yüklə 311,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə