Mavzu: Tog‘ kon kimyo metallurgiya sanoati va atrof muhit muhofazasi



Yüklə 43,26 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü43,26 Kb.
#182155
1   2   3   4
Esanov Anvar 7

Qo‘rg‘oshin – em-xashak tarkibidagi 100 mg.kg qo‘rg‘oshin hayvonlarning o‘limiga sabab bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi qo‘rg‘oshin birikmalarining organizmga o‘tib saqlanish davomiyligi, metilsimob birikmasiga qaraganda uzoq bo‘lib, u o‘z ta’sir kuchini bir necha yillargacha saqlab turadi.
Tuproqda qo‘rg‘oshinning ko‘payishi mikroorganizmlarni, chuvalchanglarni va kemiruvchilarni kesuin kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Tuproqqa 0,1-0,5% qo‘rg‘oshin qo‘shilganda bakteriyalar kolonnasining rivojlanishi 50-75% kamayadi.
Mish’yak – tuproqqa, ko‘mir kuli, metallurgiya va mineral o‘g‘itlar sanoati chiqindilari orqali tushadi. Bu element juda zaharli bo‘lib ayni element bilan zaharlangan tuproqlarda yomg‘ir chuvalchanglari butinlay qirilib ketadi. Tuproq tarkibidagi mish’yakning miqdori 165 mg.kg ga etganda ayni tuproqqa ekilgan ekilgan makkajo‘xori hosil bermaydi. Bir kg tuproqdagi mish’yakning miqdori yuzdan bir mg ga etganda ayni tuproq mish’yak bilan o‘ta zaharlangan hisoblanadi, unda etishtirilgan hosildan iste’mol qilgan inson nobud bo‘ladi.

Atrof-muhitni sanoat ishlab-chiqarish ta’sir rivojlanishi bilan ifloslangan atmosfera havosining atrof-muhitga, inson sog‘lig‘i va turmush tarziga ta’siri X1X asrdan boshlab juda tez sur’atlar bilan shakillanib, XX asrda misli ko‘rilmagan darajaga etdi. Bunga asosiy sabab aksariyat kishilar hattoki ayrim soha mutaxassislari ham sayyoramiz cheki-chegarasiz shu sababli ham sanoat ishlab-chiqarishidan, avtotransport vositalaridan va boshqa xalq xo‘jaligi korxonalaridan ajralib chiqqan zararli ashyolar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi degan xulosa berdilar.


Haqiqatdan bunday emas sanoat korxonalari, xo‘jalik maishiy xizmat korxonalaridan chiqqan chiqindilar yillar davomida tuproqda, suvda yoki atmosfera havosida harakatlanib bir turdan ikkinchi turga o‘tib turadi. Xususan DDT (dust), qo‘rg‘oshin, Rux, mish’yak, miss, vanadiy, molibden, kadmiy, simob, surьma va boshqa bir qator kimyoviy elementlar vaqt o‘tishi bilan o‘ta zaharli birikmalar holida tuproqqa, suvga yoki havoda yig‘ilib boradi. Eng achinarli tomoni shundaki suv va havoda to‘plangan kimyoviy zaharli moddlar suv va havo bilan er kurrasi bo‘ylab aylanib yuradi.
SHu sababli ham eng uzoq Antarktida muzliklarida uch ming tonnadan ortiq dust (DDT) kimyoviy vositasi yig‘ilib qolgan bo‘lib, ushbu uzoq mintaqada yashovchi tyulenlar pingivin hattoki oq ayiqlarning jigarlaridan turli xil sanoat va qishloq xo‘jaligiga xos bo‘lgan kimyoviy zaharli moddalar aniqlangan.
Sanoati rivojlangan shaharlar atmosfera havosi tutun, qurum, chang hisobidan havoni tuman qoplab inson uchun foydali bo‘lgan quyosh nurlarini ergacha to‘la etib kelmasligi oqibatida yoshi ulug‘ kishilarda asab va yurak xastaligi bolalardan esa raxit kasalligi tobora ko‘payib bormoqda. Buning isboti misolida Erisman ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlariga murojaat qilsak, atmosfera havosidagi o‘rtacha yillik chang miqdori yashil yaylovlardagi 1M3havoda 0,01 MG, aholi yashaydigan avullarda 0,14 MG, shahar havosida 0,16 MG bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich sanoat rivojlangan markaziy sanoat shaharlarida 0,28 MG teng bo‘lgan. S.Golьdberg bergan ma’lumotlarga ko‘ra issiqlik ishlab chiqaradigan markaziy stansiyalar joylashgan rayonlarda 500 dan ortiq maktab o‘quvchilari tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazilganda, ularning 60% ning o‘pkasida turli xil nostandart holatlar kuzatilgan bo‘lib, 17,3% esa silikoz kasalligining boshlang‘ich bosqichlari qayd etilgan.
Sanoat korxonalarining rivojlanishi, transport vositalarining ortib borishi kommunal maishiy xizmat soxalarining kengayib borishi, shahar atrofida turli xil markazlashmagan oddiy gigiena talablariga javob bermaydigan axlatxonalarning ko‘payishi olidini olish hech kechiktirib bo‘lmaydigan gigiena-ekologik tadbir hisoblanadi.
Mazkur qaror bilan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va boshqa ma’sul davlat organlariga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • kon-metallurgiya sanoatida ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi me’yorlarni хalqaro yashil iqtisodiyot” maqsadlariga erishish indeksi (Global Green Growth Index) asosida jahondagi oʻnta eng yaхshi mamlakat darajasiga yetkazish;


Yüklə 43,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə