Mavzu: tokarlik stanoklari


Yangi tipdagi tokarlik stanoklari



Yüklə 440 Kb.
səhifə12/14
tarix11.04.2022
ölçüsü440 Kb.
#85277
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
15-MAVZU TOKARLIK STANOKLARI

Yangi tipdagi tokarlik stanoklari.

Tokarlik – vintqirqish stanoklari avtomatlashtirish darajasi bо‘yicha mashinalarning birinchi guruhini tashkil etuvchi dastaki boshqariladigan universal stanoklar qatoriga kiradi. Bunday stanoklarni asosiy xususiyati shundaki, zagatovka va asbobning ish harakatlarini (asosiy harakati va surish harakatini) stanok bajaradi, yordamchi harakatlarni va boshqa harakatlarni esa odamlar knopka (tugma) dasta, richag, chambarak va hokazo yordamida bajaradi. Universal stanoklar muntazam takomillashtirilib borilsa (mexanizatsiyalash va kichik avtomatlashtirish vositalari bilan jihozlansa) ham ularning jarayonida odam doim bо‘lishi va qatnashishi lozim. Odam bunday ishni bajarganda bir yо‘la kо‘p stanoklarga xizmat kо‘rsta olmaydi. Kо‘p stanoklarga xizmat kо‘rsatish mehnat unumdorligini oshirishning istiqbolli usullaridan biridir. Bundan tashqari, odam detallarga ishlov berish jarayonida qatnashganda ish unumiga va ishlov berish aniqligiga subyektiv ta’sir kо‘rsatadi. Dastaki boshqariladigan universal stanoklarning afzalligi ularning yuqori darajada universal va tez о‘tuvchanligidan iborat.Universal deganda stanokning turli detallarga ishlov berishiga moslanish qobiliyati tushuniladi. Tez о‘tuvchanlik bir detalni chiqarishdan boshqa detalni chiqarishga qayta moslash (о‘tish) vaqti bilan aniqlanadi.Dastaki boshqariladigan universal stanoklar о‘ziga xos xsusiyatlari tufayli donalab, mayda va о‘rtacha seriyali ishlab chiqarish sohalarida qо‘llaniladi.Bu sohalar uchun stanoklarning kam unumli ishlashi hal etuvchi ahamiyatga ega bо‘lmaydi.Lekin bu sohalarda stanoklarning yuqori darajada universal va tez о‘tuvchan bо‘lishi ularga qо‘yiladigan eng muhim talablardan hisoblanadi.Keyingi yillarda stanoklarning ish unumini va aniqlikni oshirish, mehnat sarfini kamaytirish talablari qо‘yilganligi munosabati bilan ayniqsa mayda va о‘rtacha seriyali ishlab chiqarishda avtomatlashtirish usullari va vositalarini izlash asosiy yо‘nalish bо‘lib qoladi.Ishlab chiqarilayotgan maxsulotning kо‘p qismi mayda va о‘rtacha seriyalab ishlab chiqarish sohasiga tо‘g‘ri keladi.Bu sohadagi muammolar raqamli dastur bilan boshqariladigan (RDB)(stanoklarni qо‘llanish yо‘li bilan hal etiladi).RDB stanoklar maxsus avtomatlashtirilgan stanoklar uchun xos bо‘lgan yuqori darajada aniqlik va unumdorlik dastlabki boshqariladigan universal stanoklarga xos bо‘lgan moslanuvchanlik va tez о‘tuvchanlik xususiyatlariga ega.Navoiy mashinasozlik zavodida 16K20 modelli stanok asosida yaratilgan NT- 250I modelli tokarlik-vintqirqish stanogi. Bu stanok interpolyator va raqamli indekatsiya (dastur bilan boshqarishning siklli tizmi) bilan jihozlangan.Stanok tashqi va ichki silindrik, konussimon va shakldor yuzalarga ishlov berish, cherviyaklar tayyorlash, bir va kо‘pqirqimli rezbalar, shu jumladan, о‘zgaruvchan qadamli rezbalar yasash uchun mо‘ljallangan.



METALL KESISH STANOKLARINI PROGRAMMAVIY BOSHQARISH.

Stanokni programmaviy boshqarish deganda uning ishlashini sonlar yoki simvollar tarzida berilgan va stanokning ijro etuvchi organlari siljishlarining qiymati va xarakterini belgilovchi programma asosida boshqarish tushuniladi. Bunday boshqarish stanokni avtomatlashtirilgan stanokni qayta rostlashga imkon beradi, avtomatlashtirilgan stanokda esa kulachok yoki kopirlarni almashtirish, tiraklarni va oxirgi viklyuchatellarni va boshqalarni almashtirib qо‘yish talab etiladi. Ishining mohiyati jihatidan olganda kulachokli avtomatlar, kopirlash stanoklari va shunga о‘xshash avtomatlar ham programma vositasida boshqariladigan stanoklardir, ammo ularni qayta rostlash ancha murakkab. Shu sababli avtomatik boshqarishning bunday sistemasiga ega stanoklardan kо‘plab va yirik seriyalab mahsulot ishlab chiqarish sharoitida foydalanish qulay.

Programma asosida boshqariladigan stanoklarning asosiy farqi va afzalligi shundaki, ularni qayta rostlash oddiydir, bu esa mayda seriyalab va yakkalab mahsulot ishlab chiqarishda iqtisodiy jihatdan foydali avtomatlashtirish sistemasi barpo etishga imkon beradi.

Programmaviy boshqarishdan foydalanishda stanokning ijro etuvchi organlari ishi programmasining berilishi ikkita usulning biri bilan amalga oshiriladi; bu usullardan biri sig‘imi cheklangan programmy bо‘lganda — uni stanokda bevosita terish yо‘li bilan, ikkinchisi esa sig‘imi amalda cheklanmagan programma bо‘lganda — programma stanokdan tashqarida tayyorlanadi.

Birinchi usul, odatda, pog‘onali tо‘g‘ri tо‘rtburchaklik shaklidagi murakkab bо‘lmagan detallarga avtomatik ishlov berish stanoklarida qо‘llaniladi, detalga ishlov berish, masalan, stanok ish organlarining о‘zaro perpendikulyar yо‘nalishlarda navbatma-navbat siljishi natijasi bо‘lganda avtomatik ishlash stanoklarida qо‘llaniladi. Bunda avtomatlashtirishdan kо‘zlangan maqsad stanok ish organlarining harakatlarini muayyan ketma-ketlikda ulash va ish organlari berilgan vaziyatga yetganda bu harakatlarni tо‘xtatishdan iborat bо‘ladi. Bu holda programma bevosita stanokning о‘zida tumblyorlar, shtekkerli kommutatorlar, kо‘p pozitsiyali pereklyuchatellar va shu kabilar yordamida tanlab olinishi mumkin.Programma berishning ikkinchi usulining mohiyati shundan iboratki, bundan stanokning ish programmasi sonlar va bu sonlarning qо‘zg‘aluvchi katta sig‘imli programma elituvchidagi maxsus kodi tarzida beriladi, undan informatsiya uning harakatlanishida birin-ketin о‘qib olinadi va stanok ish organlarining harakatlarini boshqarishda foydalaniladi. Ayni holda programma elituvchi sifatida perfolentalar, magnitaviy lentalar, qog‘oz lentalar, perfokartalar (beruvchi qurilma bilan birga), kompakt disk, kinolentalar va boshqalardan foydalanishi mumkin. Programma elituvchi, odatda, stanokdan tashqarida hisoblash texnikasidan va programmani yozib oluvchi bir qancha maxsus qurilmalardan foydalangan holda tayyorlanadi.Ba’zan, programma tayyorlashda tajribali ishchi birinchi detalga ishlov berishda bajarilgan harakatlar yozuvidan foydalaniladi; bunda stanok ish organlarining harakatlari elektrik sngnallarga aylantiriladi, bu signallar esa magnitaviy lentaga yozib olinadi. Informatsiyani magnitaviy lentaga detalning kattalashtirilgan chizmasining ustidan maxsus fotokopirlash qurilmasi yordamida yuritib chiqishda ham yozib olish mumkin.Programmani programma elituvchiga yozib olishning eng muhim afzalliklaridan biri shuqi, uni uzoq vaqt saqlash va birmuncha vaqt о‘tgach undan kо‘p marta foydalanish mumkin.Soniy programmaviy boshqarish sistemalaridan koordinataviy yoki pog‘onali siljishlar uchun (tokarlik va karusel stanoklarida pog‘onali yuzalarga ishlov berish, yо‘nib kengaytirish stanoklarida ishlov berilayotgan teshik о‘qini shpindel о‘qiga tо‘g‘ri keltirish va shu kabilar uchun), ayrim ish organlarining siljishlari orasida funksional bog‘lanish bо‘lgan taqdirda konturiy yuzalarni va fazoviy murakkab yuzalarni ishlash uchun foydalanilishi mumkin. Sobiq Sovet Ittifoqida programmavyy boshqariladigai 34 tipdan ortiq stanok ishlab chiqarilmoqda, shundan keyingi yillarda bunday stanoklar ishlab chiqarish nomenklatura jihatidan ham, son jihatidan ham ancha oshiriladi. Buning sababi shuqi, mashinasozlik korxonalarida seriyalab va mayda seriyalab mahsulot ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning hal qiluvchi faktorlaridan biri bu korxonalarni programmaviy boshqariladigan stanoklar bilan ta’minlashdan iborat.




Yüklə 440 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə