Mavzu: tokarlik stanoklari


Tokarlik stanoklarini ishlatilishi



Yüklə 440 Kb.
səhifə4/14
tarix11.04.2022
ölçüsü440 Kb.
#85277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
15-MAVZU TOKARLIK STANOKLARI

Tokarlik stanoklarini ishlatilishi. Har xil, hatto eng yaxshi stanoklarning son jihatidan yetarli bо‘lishi korxonaning yuqori unum bilan ritmik ishlashiga oid masalani xali hal qiladi, deb bо‘lmaydi. Ishlab chiqarishni tegishlicha tashkil etishdan tashqari, uskunalarnn tо‘g‘ri ishlatish ham nixoyatda muhim ahamiyatga ega.Stanoklarni tо‘g‘ri ishlatishning vazifasi stanokning uzoq vaqt ishlashini va aniqligi ta’minlangan holda uning ish unumini oshirishdan iborat. Stanokning eng yuqori ish unumiga kesuvchi asbobni tо‘g‘ri tanlab olish va uning yuqori sifatli bо‘lishi, tо‘g‘ri kesish rejimlari belgilash, stanokni tо‘g‘ri sozlash va rostlash natijasida erishiladi.Ikkinchi tomondan, stanoklar bugun ishlatilish davrida barqaror yuqori ish unumini ta’minlashi kerak. Stanoklarni tо‘g‘ri ishlatishga nisbatan qо‘yiladigan talablar ularni aniq va tо‘g‘ri joylash, tashish, sexlarda о‘rnatish, ishlatish, pasportlash, remont qilish va takomillashtirishni о‘z ichiga oladi. Stanoklar tо‘g‘ri joylansa va tо‘g‘ri tashilsa, ular buzilmaydi va sinmaydi. Stanokni tо‘g‘ri о‘rnatishning barcha shartlariga rioya qilish uning sifatli ishlashini ta’minlaydi. Stanoklarni sinab kо‘rish, odatda, ularning statikaviy va dinamikaviy aniqligini, stanokni quvvati, bikrligi va titrashga chidamli-ligini hamda boshqa xususiyatlarini tekshirish uchun zarur.Stanoklarning ishlab chiqarish korxonalarida ishlatilishi ularni tozalash va moylash, moylash-sovitish suyuqliklari tanlash, ishlatilib bо‘lgan moylash va artish materiallarini yig‘ish hamda tiklash kabi tadbirlarni о‘z ichiga oladi. Stanokning pasporti undan barcha kо‘rsatkichlari hamda vazifasi jihatidan tо‘g‘ri foydalanishga imkon beradi.Uskunalarni hozirgi zamon talablariga muvofiq va sifatli ravishda remont qilish korxonaning ritmik ishlashining muhim shartidir. Eskirib qolgan stanoklar takomillashtirilishi loznm, bu hol stanoklardan ularning ma’naviy eskirishigacha foydalanish muddatini oshiradi. Stanoklarni ishlatishda xavfsizlnk texnikasi tadbirlariga katta ahamiyat beriladi.Ammo stanoklardan muvaffaqiyatli foydalanishning asosiy sharti zavodlarimizning stanoklarni ishlatish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarining yuqori unumiy texnikaviy savodidir. Buning uchun barcha ishchilar stanokning tuzilishi tо‘g‘risida, stanokka tо‘g‘ri qarab turishning ishga ta’siri, uzellarni moylashning hamda rostlashning о‘z vaqtida о‘tkazilishi va boshqalar tо‘g‘risidagi asosiy tasavvurlarga ega bо‘lishi zarur. Korxonaning injener-texnik xodimlari ham stanoklarning ishlatilishiga oid bilimlarga ega bо‘lishi kerak.

TOKARLIK-VINT QIRQISH STANOGINING ASOSIY UZELLARI VA ULARNING VAZIFASI. Tokarlik-vint qirqish stanogi amalda bir tipli kompanovkaga ega, bunday kompanovkaga 1K62 stanogi misol bо‘la oladi. Uning asosiy uzellari jumlasiga stanina, oldingi (shpindelli) babka, keskich tutkich va fartuqli support, ketingi babka kiradi; oldingi babkaga tezliklar qutisi, surishlar qutisi joylashtirilishi mumkin.

Stanina stanokning barcha asosiy uzellarini о‘rnatish uchun xizmat qiladi va stanokning asosi xisoblanadi. 1K62 tokarlik-vintqirqish stanogining umumiy kо‘rinishi:

A—oldingi babka (shpiidel babkasi); V—sulport; V—ketingi babka; G—fartuq; D—stanina; YE—surishlar qutisi;1, 4—tezliklar qutisini boshqarish dastasi; 2—qadamni oshirish zvenosini qayta ulash gribogi; 3—о‘naqay va chapaqay rezbalar qirqish uchun reversni boshqarish grnibogi; 5—supportni dastaki ravishda bо‘ylama siljitish chambaragi; 6—fartuqning reykali tishili g‘ildiragini ulash va ajratish uchun tugmachali polzun; 7—supportni kо‘ndalang yо‘nalishda dastaki ravishda siljitish dastasi; 8—knopka stansiya; R—supportning yusorigi qis-iini dastaki siljitish dastasi; 10—supportni tez siljitishni ulash knopkasi; 11—supportni bо‘ylama va kо‘ndalang yо‘nalishlarda surishni ulash, ajratish va reverslash dastasi; 12, 14—shpindelning aylanishini ulash, ajratish va reverslash dastalari; 13—fartuq asosiy gaykasini qо‘shish dastasi; 15, 16—surishlar qutisini boshqarish dastalari,eng muhim qismi yо‘naltiruvchilaridir. Yо‘naltiruvchilar har xil shaklda: yassi, prizmatik va kombinatskyalashtirilgan shaklda bо‘lishi mumkin. Support karetkasi va ketingi babka ana shu yо‘naltiruvchilar bо‘ylab suriladi.Oldingi babka staninaning chapki qismiga mahkamlanadi. Oldingi babkada stanokning tezliklar qutisi bо‘ladi, tezliklar qutisining asosiy qismi shpindel bо‘lib, u dumalash yoki sirpanish podshipniklarida aylanadi. Shpindel’, odatda, boshidan oxirigacha teshik bо‘ladi, ishlov beriladigan chiviq material ana shu teshikdan о‘tkaziladi. Shpindelning oldingi uchi patron yoki planshayba о‘rnatish uchun о‘tqazish yuzlari, ichida esa markazning quyrug‘i kiritilishi mumkin bо‘lgan konusaviy teshik bо‘ladi.

Rasmda 1K62 stanogi shpindelining old tomoni kо‘rsatilgan. Ariqcha 1 stanok tо‘xtaganda patronning о‘z-о‘zidan buralib bо‘shab ketishiga yо‘l qо‘ymaydigan saqlagichlar uchun mо‘ljallangan. Oldingi babka korpusiga tezliklar qutisi mexanizmi ham joylashtirilgan. 1K62 stanogi tezliklar qutisining yoyilmasi (kesilgan holdagisi). Ba’zi stanoklarda tezliklar kutisi staninaning oldingi tumbasiga joylashtirilgan. Bunday holda tezliklar qutisi shpindel bilan tasmali uzatma vositasida bog‘langan. Bunday stanoklar ajratilgan yuritmali stanoklar deb ataladi.




Yüklə 440 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə