Mavzu. Transformatorlar bo’yicha



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/4
tarix20.04.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#85714
1   2   3   4
Transformatorlar

E1 = 4,44 · f · w1 · Ф

E2 = 4,44 · f · w2 · Ф

(4.1)

(4.2)



bu yerda f - o‘zgaruvchan tokning chastotasi, Gs;
w1 w2 - birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning o‘ramlari soni;
Ф - asosiy magnit oqimi, Vb

Demak, (4.1) va (4.2) ifodalardan ko‘rinadiki, chastota 1 va magnit oqimi Ф o‘zgarmas bo‘lganda chulg‘amlarda induksiyalangan EYuK E1 va E2 lar ularning o‘ramlari soniga prporsional ekan, ya’ni





Bu nisbat transformatorning transformatsiya koeffitsienti hisoblanadi, ya’ni


Mazkur koeffitsient transformatorga berilgan kuchlanishning necha marta
o‘zgarishini ko‘rsatadi. Agar W1 > W2 va k>1 bo‘lsa, transformator kuchlanishini pasaytirib beruvchi, agar W1 < W2 va k<1 bo‘lsa, kuchlanishni orttirib beruvchi hisoblanadi

Agar 4.5-rasm, a da ko‘rsatilgan transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga yuklama (Z2n ) ulasak, EYuK ta’sirida undan tok (i2 ) o‘ta boshlaydi. Shunday qilib, kuchlanishi u1 tok kuchi i1 bo‘lgan manbaning elektr energiyasi transformator yordamida kuchlanishi u2 va tok kuchi i2 bo‘lgan elektr energiyasiga aylantirib, iste’molchiga uzatiladi.

Transformatorning manbadan (tarmoqdan) olayotgan birlamchi quvvati

P1 = U1 · I1 · cosφ1 bo‘lsa, uning iste’molchiga berayotgan ikkilamchi quvvati P2 = U2 · I2 · cosφ2 Agar transformatordagi quvvat isrofi hisobga olinmasa, bo‘ladi.

Birlamchi va ikkilamchi zanjirlardagi faza siljish burchaklarini taxminan bir xil desak, U1 · I1 = U2 · I2 deyish mumkin. Agar kuchlanishlar bir-birlari bilan xuddi EYuK lar kabi nisbatda bo‘ladi desak, transformatsiya koeffitsientini quyidagicha

qayta yozish mumkin:



emak, transformator chulg‘amlaridagi toklar kuchlanishlarga teskari

proporsional.

Transformatorlarning asosiy turlari:

1. Bir fazali va uch fazali kuchli transformatorlar - ular elektr energiyani olisga

uzatishda, iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlashda ishlatiladi.

2. Avtotransformatorlar - iste’molchiga beriladigan kuchlanishni biroz

o‘zgartirish yoki noldan boshlab oshirish uchun ishlatiladi.

3. O’lchov transformatorlar yuqori kuchlanishni va kata toklarni oddiy o‘lchov

asboblari bilan lchashga imkon beradi.

4. Payvandlash transformatorlari. Metall buyumlarni, konstruktsiyalarni va

hokazolarni eritib, o’zaro ulash uchun xizmat qiladi.

Har qanday elektr mashinalaridagi kabi transformatorlarda ham keltirilgan energiyaning bir qismi uning o‘zida isrof bo‘ladi. Bu quvvat isroflari quyidagilardan iborat:

1. Tokning issiqlik ta’siri tufayli mis chulg‘amlarda yuzaga kelgan quvvat isrofi




2. Magnit oqimining o‘zgaruvchanligi tufayli yuzaga kelgan po‘lat o‘zakdagi gisterezis va uyurma toklarga sarf bo‘ladigan quvvat isrofi Pn = Pr + Py Bu quvvat

isrofi po‘lat o‘zakning materialiga, magnit induksiyasiga va o‘zgaruvchan tokning chastotasiga bog‘liq.

3. Transformatorning konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lgan quvvat isrofi Pk.

Bulardan Pm va Pn asosiy isroflar hisoblanadi. Mis chulg‘amlardagi quvvat isroflari yuklamaga bog‘liq bo‘lgani uchun o‘zgaruvchan, po‘lat o‘zakdagi quvvat



isroflari Pn esa transformatorning ish jarayonidan o‘zgarmas (nominal kuchlanish chegarasida) dir.

Transformatorlardan normal foydalanish maqsadida uning pasportida quyidag nominal kattaliklar ko‘rsatilgan bo‘ladi:
1) transformatorning turi;
2) chiqish tomonidagi nominal quvvat Snom, kVA;
3) birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal liniya kuchlanishlari (U1nom va U2nom ) kV;
4) salt ishlagandagi quvvat isrofi (P0 = Pp ) , kVt;
5) mis chulg‘amlardagi, ya’ni qisqa tutashuv paytidagi quvvat isrofi (Pm= Pk) kVt;
6) qisqa tutashuv kuchlanishi (uq ) %
7) yuklama nominal va uning yarmiga teng hamda cosφ2 =1 dagi foydali ish koeffitsienti.
Transformator birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarining nominal toklari esa uning nominal kattaliklaridan hisoblab topiladi.



Kichik quvvatli transformatorlarning nominal kuchlanishi va toki xujjatda
ko‘rsatilgan bo‘ladi.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya