Mavzu. Transformatorlar bo’yicha



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə4/4
tarix20.04.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#85714
1   2   3   4
Transformatorlar
Sinxron mashina-hozir.org, O’zgarmas tоk elеktr mashinalari, Natural son va nol tushunchasining vujudga kelishi haqida qisqacha tarixiy ma\'lumot.
Yuklama rejimi. Bu rejimda kuchlanish yuklamaga bog‘liq emas.
Transformatorning ikkilamchi chulg‘amini biror yuklama ga ulaganimizda EYuK E2 ta’sirida undan I2 yuklama toki Z2n o‘ta boshlaydi. Bu tok hosil qilgan magnitlovchi yoki kuch 2̅ w2 po‘lat o‘zak va havo orqali tutashgan, tarqalgan magnit oqimi Ф2S ni hosil qiladi (4.7-rasm).



Qisqa tutashuv rejimi. Bu rejimda ikkilamchi chulg‘am uchlari o‘zaro tutashib, tashqi qarshilik Z2n = 0 bo‘ladi. Transformator uchun bunday rejim nomaqbul rejim hisoblanadi. Bunda ikkilamchi, shuningdek birlamchi tok nominalidan 18- 20 marta
ortib ketadi. Bu hodisaga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun real sharoitlarda transformatorni qisqa tutashuv tokidan saqlash maqsadida avtomatik ajratkichlar o‘rnatiladi. Transformatorlarni laboratoriya sharoitida tekshirish uchun «qisqa tutashuv» pasaytirilgan kuchlanishlarda amalga oshiriladi.
Transformator nominal yuklama bilan ishlaganda uning chulg‘amlaridan nominal tok o‘tib, chulg‘amlar qiziydi. Keltirilgan quvvat bir qismining issiqlik tarzida atrof-muhitga tarqalishi miss chulg‘amlardagi quvvat isrofi Pm deyiladi, uni
transformatorning qisqa tutashuv rejimida ishlash tajribasidan (4.9-rasm) aniqlanadi.
Sxemadan ko‘rinadiki, transformatorning ikkilamchi chulg‘ami ampermetr A2 orqali qisqa tutashtirilgan.



Tajriba vaqtida birlamchi chulg‘amga potensiometr P yordamida ikala chulg‘amdan ham nominal toklar (I1 = I 1 nom ; I 2 = I 2 nom) o‘tadigan darajada pasaytirilgan kuchlanish beriladi. Bu kuchlanish transformatorning qisqa tutashuv kuchlanishi (Uq) deyiladi:



Qisqa tutashuv kuchlanishi transformator nominal kuchla- nishining kichik ulushini (U k ≈ 0,1U1n) tashkil etgani uchun po‘lat o‘zakdagi quvvat isrofi P n ≈ 0 deyish mumkin. U holda qisqa tutashuv paytida vattmetr ko‘rsatgan quvvat Pq miss
chulg‘amlarning qizishiga sarf bo‘lgan quvvat isrofi P ga teng bo‘ladi, ya’ni:

Tajribadan olingan ma’lumotlar bo‘yicha transformatorning qisqa tutashuv parametrlarini aniqlash mumkin:





Foydalanilgan adabiyotlar


1. A.I.Xonboboyev, N.A.Xalilov “Umumiy elektrotexnika va
elektronika asoslari” Toshkent 2000y
2. G.N. Aleksandrova “Teoriya elektricheskix apparatov”
M.Energiya 1985g.
3. Rodshtyeyn L.A. “Elektricheskie apparat” Energiyoatomizdat 1989g.
4. Sh.T.Nasriddinov “Kon elektrotexnika” , “Konchilik
korxonalarining elektr uskunalari” O’quv qo’llanma
Toshkent 1995y.
Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə