Mavzu: tuproqning morfologik tuzilishi reja: I. Kirish


Tuproqning yangi yaralmasi va qo’shilmasi



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə5/16
tarix13.05.2022
ölçüsü157,5 Kb.
#87027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Tuproqning morfologik tuzilishi1

Tuproqning yangi yaralmasi va qo’shilmasi. Tuproq paydo bo’lish jarayonlarida vujudga keladigan va tuproq gorizontlarida to’planadigan turli shakl va kimyoviy tarkibli moddalarga ya n g i ya r a l m a deb ataladi. Tuproqda boradigan fizikaviy, kimyoviy hamda biologik jarayonlar natijasida o’simlik va hayvonot olamining bevosita ta’siridan hosil
8- rasm. Tuproq strukturasining turlari va shakllari (S.A.Zaxarov bo’yicha)

I kubsimon tip: 1- yirik uvoqli; 2- yong’oqsimon; 3- donador;

4- changsimon.

II prizmasimon tip: 5- ustunsimon; 6 -yirik prizmatik.

III plitasimon tip: 7- yassi qatlamsimon; 8- yaproqsimon.
bo’lishiga ko’ra k i m yo v i y va b i o l o g i k ya n g i ya r a l a m a l a r ajratiladi. Kimyoviy yangi yaralma tuproqdagi turli kimyoviy jarayonlar tufayli hosil bo’ladigan har xil birikmalardan iborat. Tarkibiga ko’ra yangi yaralmalar: suvda oson eriydigan tuzlardan, asosan natriy xlorid, natriy sulfat, kalsiy va magniy oksid va gidrooksidlari (odatda fosfor kislotasi bilan birga), temirning oksid birikmalari va chirindi moddalardan iborat bo’lishi mumkin.

Tuproq jonivorlarining hayot-faoliyati va o’simliklar ildizining rivojlanishi davrida paydo bo’lgan joylarda har xil organik birikmalar hamda ayrim jonivorlar organizmi orqali chiqarilgan moddalar biologik yangi yaralma deb ataladi. Bularga kaprolitlar – yomg’ir chuvalchanglari chiqindilari; krotovinalar - yer kavlaydigan hayvonlar (ko’rsichqon, yumronqoziq, sug’urlar kabilar) ning bo’sh yoki chiqindilar bilan to’ldirilgan yo’llari; yirik ildizlar chirishidan to’planadigan ildiz qoldiqlari; struktura bo’laklari ustida qoldirilgan nozik ildiz yo’llari - dendritlar singarilar kiradi.

Tuproqdagi yangi yaralmalar xarakteriga ko’ra tuproq genezisi va uning agronomik xossalari haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin. Jumladan, tuproqning yuqori gorizontlarida ko’kimtir va qo’ng’ir zang dog’larining bo’lishi, bu tuproqlarning botqoqlanish sharoitida vujudga kelganini ifodalaydi. Agar bu alomat hozirgi vaqtda paydo bo’layotgan bo’lsa, qishloq xo’jalik ekinlari uchun juda noqulay sharoit hisoblanadi.
3- jadval

Tuproq strukturasi bo’laklarining klassifikasiyasi




Turlar

Xillar

Bo’laklarning kattaligi




1 tip Kubsimon




Palaxsasimon

yirik palaxsasimon

mayda palaxsasimon



> 10 sm

10 – 1 sm



Kesaksimon

yirik kesaksimon

o’rta kesakli

mayda kesakli


10–3 mm

3–1 mm


1–0,5 mm

Yong’oqsimon

yirik yong’oqsimon

yong’oqsimon

mayda yong’oqsimon


>10 mm

10–7 mm


7–5 mm

Donador

yirik donador

donador


mayda donador

5–3 mm

3–1 mm


1–0,5 mm





Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə