Mavzu: tuproqning morfologik tuzilishi reja: I. Kirish


Tuproq morfologik belgilarini o’rganishning tuproqshunoslikdagi ahamiyati



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə7/16
tarix13.05.2022
ölçüsü157,5 Kb.
#87027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Tuproqning morfologik tuzilishi1

Tuproq morfologik belgilarini o’rganishning tuproqshunoslikdagi ahamiyati. Tuproq morfologik belgilarini o’rganish tuproq paydo qiluvchi jarayonlarni hamda ayrim gorizontlarning tarkibi, xossalari, xarakteri asosida tuproq tiplari, tipchalari va turlarini aniqlash imkoniyatini beradi va tuproqlarni aniqlash uchun zarur. Tuproqlarni aniqlash uni u yoki bu tipga, tipchaga, xil va ayirmalarga mansub ekanligini aniqlashga imkon beradi.
Masalan, agarda tuproq qora tusli, donador yoki mayda kesakli strukturali, uning qora tusli chirindili qatlami 50-70-100 sm ga ega, va nihoyat chirindi osti qatlam xlorid kislotasi ta’sirida qaynasa (ya’ni karbonatliligining belgisi), bunday tuproqni biz ishonch bilan qora tuproqlar tipiga kiritishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilgan xususiyatlar qora tuproqlarni bildiradigan tip belgilari hisoblanadi. Tipga xos bo’lgan belgilarning qay darajada ifodalanishiga ko’ra o’z navbatida tipchalarga bo’linadi. Masalan, qora tuproqlar podzollangan, ishqorsizlangan, tipik, oddiy va janubiy tipchalarga bo’linadi. Ular bir-birlaridan qoramtir tusning namoyon bo’lish darajasi, chirindili qatlamining qalinligi (qalin - 1 m, o’rtacha 60-80 sm, kam < 60 sm va h.k.), strukturasining xarakteri va kislota ta’sirida qaynash chuqurligi kabi belgilari bilan farq qiladi. Tipchalar o’z navbatida avlodlarga, avlodlar turlarga, ular xillarga, xillar esa ayirmalarga bo’linadi.

Shunday qilib, tuproqlarning morfologik belgilarini o’rganishdan maqsad, ularni aniqlashda qaysi tip, tipcha, avlod, tur, xil va ayirmalardagi tuproq ekanligini aniqlashdan iboratdir. Bundan tashqari tuproqlarning morfologik belgilari ularning ichki xossalari bilan bog’liq bo’lib, kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalarini ham bildiradi va yaqincha aniqlashga yordam beradi.




Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə