Mavzu: Umumiy osteologiya. Skelet haqida umumiy tushuncha. Satxlar haqida tushuncha. Boshlangich terminologiya. Suyaklarning tuzilishi. Bo’yin, ko’krak, bel va dumg’aza umurtqalari, ularning yoshga doir xususiyatlari



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə9/10
tarix19.03.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#84571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Amaliy mashg\'ulot

Ko‘krak umurtqalarining tanasi – corpus vertebrae (tepadan pastga qarab) hajmi jihatidan kattalasha boradi. Ko‘krak umurtqalarining ikki yonboshiga va ko‘ndalang (processus transversus) o‘simtalariga 12 juft qovurg‘aning bo‘g‘im hosil qilib qo‘shilib turishi ularni boshqa umurtqalardan ajratib turadi. Aksariyat qovurg‘alarning boshchalari yonma-yon joylashgan ikkita umurtqa tanalarining yonbosh oralig‘iga o‘rnashgan bo‘ladi. Shuning uchun aksariyat umurtqalarning ikkala tomonida (tepa va pastida) yarimtadan chuqurchasi (foveae costales sureriores et inferiores) bo‘ladi. Bundan birinchi umurtqa mustasno bo‘lib, tanasining yuqori qirrasida birinchi qovurg‘a uchun bitta butun qovurg‘a chuqurchasi (foveae costalis superior), tanasining pastida ikkinchi qovurg‘a uchun yarimta qovurg‘a chuqurchasi (foveae costalis inferior) bo‘ladi. O‘ninchi umurtqada esa (X qovurg‘a uchun) bitta yarim chuqurcha va XI–XII umurtqalarda har birining ikki yonboshida (tegishli qovurg‘alar uchun) bittadan to‘la chuqurcha joylashgan.

Umurtqa tanasi bilan uning ravog‘i o‘rtasida umurtqa teshigi (foramen vertebrale) bor. Yuqori va pastdagi bir juftdan frontal holatda joylashgan bo‘g‘im o‘simtalari (processus atriculares superiores) bilan umurtqalar o‘zaro birlashib turadi. Umurtqa tanasining ikki yonboshidagi ko‘ndalang o‘siqlarining old tomonida bo‘g‘im yuzachalari (fovea costalis processus transversus) joylashadi. Umurtqa ravog‘ining o‘rta qismida o‘tkir qirrali o‘siq (processus spinosus) joylashgan.




Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə